37
kilishga odatlantirsangiz, ularni yaxshi ishlarini ma’kullab, ragbatlantirib borsangiz, yomon ishlarini o‘z vaktida
kaytarib, bu ishning nima uchun yomonligini yotigi bilan tushuntirib borsangiz, farzandlaringizning kamoli,
o‘zingizning kelajakdagi roxat-farogatingiz uchun juda muxim va katta tarbiyaviy ishni amalga oshirgan bo‘lasiz.
Ulardagi mexr-okibatni, obro‘larini ko‘rib, o‘z xayotingizdan mamnun bo‘lasiz, farzandlaringiz tarbiyasi borasidagi
chekkan zaxmatlaringiz, mashakkatlaringiz unutiladi.
Kuyidagi tarbiyaviy masalalarni taxlil kiling:
Masala-1. O‘ziga to‘k otaxonning uch kiz, bir o‘gli bor edi. U kishi kariganlarida mexrni shu yagona o‘gillaridan
kutgan edi. Ammo kelini noboprok chikib, ular otaga karashmadi. Ikki katta kizi ham o‘z oilalari bilan bo‘lib, otadan
xabar olmas edilar. Otaning kuniga kenja kizi yaradi. Ok yuvib, ok taradi, ko‘nglini ko‘tarishga harakat kildi. Otaxon
olamdan o‘tganlaridan keyin kenja kizdan tashkari hamma meros talashib, yettisi o‘tmasdan janjallashishdi.
Masala-2. Besh oga-inining uchinchisi biznes kilaman deb katta qarzga botib koldi. Nixoyatda axvoli tang bo‘lgan uka
akalaridan qarz so‘radi. O‘ziga to‘k akalari qarzni kaytarib bera oladimi, yo‘kmi? deb unga qarz berishmadi. Uka nima
kilishini bilmay, o‘zini har tomonga urdi. Oxiri noiloj bir kaltis ishga ko‘l urib, kamalib ketdi. Mahallada: “Ukamning
bolalarini biz bokayapmiz, xech narsaga muxtojlik joyi yo‘k“,- deb ko‘kragiga urib yurgan akalarni kanday baxolaysiz?
TARBIYANING ASOSI OILADA SHAKLLANADI
Otasini ogritgan el ichida xor bo‘lar,
Onasini ogritgan parcha nonga zor bo‘lar.
Ma’naviy merosimizdagi tarbiyaviy goyalar rivojiga bir nazar soladigan bo‘lsak, kanchalik ma’naviy javoxirlarga ega
ekanligimizga ishonch hosil kilamiz. Ular tubsiz ummon, bitmas-tuganmas boylikdir. Har bir inson bu ummonga
sho‘ngiganda o‘zining fe’l-atvori, dunyokarashi, bilim saviyasi va boshka xususiyatlariga karab ulush olib chikishi
mukarrardir.
Tabarruk manbalarimiz bo‘lmish “Kur’on”, “xadis”lar, ajdodlarimiz ma’naviy merosi hisoblangan “Kobusnoma”,
“Shoxnoma”, “Temurnoma”, “Boburnoma”, “Guliston”, “Bo‘ston”, “Temur tuzuklari”, “Kutadgu bilig”, “Maxbub ul
kulub” kabi durdona asarlarni mutolaa kilgan har bir inson tarbiyaning inson shakllanishidagi muxim omil ekanligiga
ishonch hosil kiladi.
Tarbiyaning murakkabligi haqida Amir Temur :”Men farzand tarbiyalashda davlatni boshkarishdan ko‘ra chukurrok
mushoxada, undan ham chukurrok donishmandlik kerakligiga ishonch hosil kildim”,- desa, Avloniy “Turkiy guliston
yoxud axlok“ asarida tarbiyaning ahamiyatiga: ”Tarbiya bizlar uchun yo xayot, yo mamot, yo najot, yo xalokat, yo
saodat, yo falokat masalasidir”,- deb katta baxo beradi. Tarbiyani oiladan shakllantirib borish kerakligi, buning uchun
ota-onaning o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi kerakligi haqida uktiradi.
Bolalarga biror narsani va’da kilgan bo‘lsangiz va’daning ustidan chikish kerak. Bola oldida obro‘yingizni to‘kmang.
Chunki bolalar juda ishonuvchan va begubor bo‘ladilar. Sizning bergan va’dangizni sabrsizlik bilan kutadi. Vaktni,
dakikalarni sanab o‘tkazadi. Intizorlik bilan kutgan vakt kelganda: “Dada, bugun bizni parkka olib borasizmi”, desa-yu,
sizning bergan va’dangiz esingizdan chikib ketgan bo‘lsa, mulzam bo‘lib kolasiz. Shunday xolatlar 4-5 kaytarilsa,
bolangizning sizga bo‘lgan ishonchi yo‘koladi. Gaplaringizga ishonmay ko‘yadi. Obro‘yingiz ketadi. Shuning uchun
o‘zingizga ishonmasangiz va’da bermang. Uddasidan chika oladigan ishga va’da bering. Bo‘lmasa yaxshisi bolani
aldamaganingiz ma’kul.. Aks xolda bola ham katta bo‘lganida odamlarga va’da berib, uni bajarmasa ham bo‘lar ekan,
degan xulosaga kelib kolishlari mumkin.
Farzandlaringizning tugilgan kunlarini bir xil mexr bilan teng ko‘rgan xolda o‘tkazishga harakat kiling. Birini
ikkinchisidan kam ko‘rmasligingiz lozim. Bolalaringizning tugilgan kunlarini oilaviy kilib, sodda o‘tkazishga o‘rgating.
Farzandlaringizning tugilgan kunida oila a’zolaringizni ishdan yoki o‘kishdan vaktlirok kelishlariga odatlantiring.
Oldindan kelishib, farzandingizni tugilgan kuni bilan tabriklash uchun unga yokadigan eng kerakli biron-bir sovga harid
kiling. Yoki o‘zi anchadan beri olib bering deb yurgan narsasini olib bering. Yaxshi ko‘radigan taomi, shirinliklari va
mevalarini tayyorlang. Shu kuni tugilgan kuni nishonlanayotgan bolangizni kundalik ishlardan ozod kiling. Kolgan
farzandlaringiz barcha yumushlarda sizga yordam bersin.
Oila a’zolarining hammasini tugilgan kunlarini shunday o‘tkazishga ko‘nikma hosil kilgan farzandlaringiz keyinchalik
tugilgan kunlarni o‘zlari mustakil ravishda o‘tkazadigan bo‘ladilar. Bir-birlariga nisbatan mexr-okibatli bo‘ladilar. Bola-
chakali bo‘lganlarida bir-birlarini yo‘klaydigan, bir-birlariga yordam beradigan bo‘ladilar.
Bolani yoshligidan mexnatga o‘rgatib boring. Inson birdaniga mexnatkash bo‘lib kolmaydi. Siz buyurib ketgan
ishlaringizni bolalaringiz baxoli-kudrat bajarib ko‘yishibdimi, chala yoki kamchiligi bo‘lsa ham eng avvalo o‘z
xursandchiligingizni bildiring, ma’kul usullar bilan ragbatlantiring. Ishimni ko‘limdan oladigan bo‘lib kolibsizlar, deb
maktang. Dadasi yoki oyisi, xudoga shukur o‘gil-kizlarimiz katta bo‘lib kolishibdi, endi bemalol ularga ishonib
ishlarimizni topshiraversak bo‘lar ekan, deb bolalarning o‘zlarini oldilarida ularning nafsoniyatlariga tegmasdan,
bafurja tushuntiring.
Farzandlaringizni iloji boricha mustakil ishlashga, mustakil fikr yuritishga o‘rgating. Masalan, biror fandan sizdan
yordam so‘rasa, uni farzandingiz uchun ishlab bermang, fakat tushuntiring. Masalani mustakil xal kilib bo‘lgandan
keyin: “Mana o‘zing bemalol yechsang bo‘lar ekan-ku”, -deb ko‘nglini ko‘tarib ko‘ying. Ana shunda farzandingizda
o‘ziga ishonch hosil bo‘la boradi.
Farzandlaringizni uy ishlariga o‘rgatib boring. Yoshiga karab ko‘lidan keladigan ishlarni buyurib turing.
Mazangiz bo‘lmay koldi deylik. Bolalaringizning yoshiga karab uy ishlarini taksimlab bering. Sizning xolingizdan
xabar olib turishsin, o‘zingiz o‘rgatgan ko‘lidan keladigan ovkatni kilishsin. Buyurgan ishlaringizni o‘zlari rejalab,
o‘zlari mustakil ravishda kilishsin. Kichkinangiz bo‘lsa, unga boshingizni silab ko‘yishini iltimos kiling. U jajji
ko‘lchalari bilan boshingizni silaganidan keyin ancha yengil tortganingizni ayting. Sizning sogayishingizga uning ham
Do'stlaringiz bilan baham: |