Iqtisodiy tarbiya – bu o’quvchilarda iqtisodiy tafakkur va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan jarayondir. Bozor iqtisodiga o’tayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. O’quvchilarda iqtisodiy tarbiya tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish kabi qobiliyatlarni kamol toptirishdir.
Iqtisodiy tarbiya–maktabda asosan tabiiy-matematik fanlar asosida beriladi. Unda o’quvchilar ishlab chiqarishning turli sohalari, bozor, oila byudjeti, iqtisodiy geografiya, marketing kabi ko’plab zamonaviy tushunchalar bilan qurollanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |