Ekologik tarbiya – bu o’quvchilarda atrof-muhitga, tabiatga nisbatan Ekologik munosabatlarni shakllantirish jarayonidir. «Ekologiya » - yunoncha so’z bo’lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va tevarak atrofdagi muhit bilan o’zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o’rganadigan fandir.
Barkamol insonning muhim fazilatlaridan biri uning Ekologiya madaniyatidir. Ekologik madaniyatga ega shaxs barcha tirik mavjudotlarning yashash sharoiti, muhiti, qonun-qoidalarini puxta biladi, tabiat muvozanatini saqlashga hissa qo’shadi. U atrof-muhitga nisbatan beparvo bo’lmaydi, aksincha uni yaxshilashga, sog’lomlashtirishga hissa qo’shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |