O`zbekiston Respublikasida nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi to`g`risidagi Nizom
1. Maktabgacha ta`limga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq aholiga ta`lim xizmatlari ko`rsatish nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasining (keyingi o`rinlarda «nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi» deb yuritiladi) asosiy faoliyati hisoblanadi.
2. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi ‘rezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasining ustavi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Ta`lim muassasasi ustavini ishlab chiqish tartibiga muvofiq ishlab chiqiladi, uning muassisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli davlat organlarida ro`yxatdan o`tkaziladi.
4. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim-tarbiya va sog`lomlashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog`lig`ini mustahkamlash;
bolaning shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;
bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta`minlash;
bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
bolalarni maktabda o`qishga tayyorlash.
II. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi
5. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi muassasa sifatidagi tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etiladi va qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko`rsatadi. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan nodavlat mulkchilik shaklidagi yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasining muassislari bo`lishlari mumkin.
6. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi yuridik shaxs maqomiga ega bo`ladi, mustaqil moliya-xo`jalik faoliyatini amalga oshiradi, dumaloq muhrga, burchakli shtam’ga va o`z logotipi yozilgan blankaga ega bo`ladi.
7. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta`lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo`ladi.
Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan, attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |