16-Mavzu: Maktabgacha ta’limda pedagogik tizim.
REJA:
Boshqarishning metod va stilini aniqlash. Ta’lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy printsiplari.
Boshqarish printsiplari va ularning jihatlari.
Maktabgacha ta’limni boshqarishda – bu printsipdan foydalanishning ahamiyati.
Har bir sohani boshqarishda avvalambor, prinsip-tamoyil, metod-usul, odil-boshqarish uslublarini bilishmiz kerak.
Printsip – ya’ni tamoyil bu – biror bir yangi nazariya yoki ta’limiy fanining asosiy natijasidir.
Boshqarish usuli – bu boshqarish g’oyasi va biriktirish yo’li bo’lib, ishlarni bajarish va ishlarning talabaga qarab shakllantirishga tushuniladi.
Boshqarish uslubi – bu shaxsning mustaxkam psixologik xarakteriga ega bo’lgan diqqat, tafakkur, idrok, sezgi, ong va boshqalar orqali boshqarishdir.
Bu tushumchalar, ya’ni printsip, metod etil o’zaro bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’lib, bularning hammasi kishilar o’rtasidagi munosabatlarda ko’rinadi.
Keyingi yillarda nazariya bilan amaliy boshqarish faoliyatida bir muncha klassifikatsion qarashlar yuzaga keldi.
Boshqarish usulining eng muhim belgilaridan biri bulimning ilmiylik – xususiyatidir. Faqat ilmiy nazariya bilan qarashgina boshqaruvchi shaxsga o’zining rahbarlik mehnatiga ko’p qirrali va mazmunli ish uslubini ko’rsata bilishi zarur.
Boshqaruvchi shaxs avvalo boshqarishdan oldin, albatta kerakli ilmni egallagan bo’lishi lozimdir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, "Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniy yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi" deyiladi.
Ilmiylik - nazariya bilan amaliyot bilan bir tushunchadir. Nazariya – amaliyot bilan chambarchas bog’liqdir. Amaliyotsiz nazariya ko’r odamni eslatadi. Amaliyot – nazariya oldida yangi vazifa va savollarni qo’yadi.
Nazariya bilan amaliyotni birlashtirish natijasida ilmiy asoslangan xulosalar, ta’lim-tarbiya ishlarini yechish, tarbiya metodikasini qayta ishlab chiqishda, metodik tadbirlar tashkil etish, maktabgacha ta’limni yanada yaxshilash ishiga qaraladi.
Kadrlar tanlash va ularni yanada o’stirish – bu boshqarishning tashkiliy asosidir.
"Kadrlar tanlashda – vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’usi bugun juda katta ahamiyatga egadir" –deyiladi. – "Buyuk maqsad yo’lidan og’ishmaslik asari". – I.A.Karimov.
Kadrlarni to’g’ri tanlashda:
sofdillik nuqtai nazari bilan;
siyosiy – ma’naviy – darajasiga;
ishga aqliy yondoshish nuqtai nazari bilan;
ma’muriy qobiliyatlari nuqtai nazari bilan.
Kadrlarni ilgari surish va ularni to’g’ri taqsimlashning moxiyati muximdir.
Kadrlarni tanlash va ularni tarbiya etish umumdavlat xarakterga ega bo’lib, bu vazifalarni hal etishni ilmiy asosda olib borish kerak.
2. Ta’lim sohasida Davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilar:
Ta’lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi;
Ta’limning usluksizligi va izchilligi;
O’rta maxsus, kasb hunar ta’lim yo’nalishini akademik litseyda yoki kasb - hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
Ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
Bilimli bo’lish va iste’dodni rag’batlantirish;
Ta’lim tizimida davlat va jamoa boshqaruvini uyg’unlashtirish.
Bu ustuvor printsiplarga tayangan holda Maktabgacha ta’limni boshqarishda:
Demokratik xalqparvarlik asosida, bunda O’zbekiton Respublikasi Konstitutsiyasi Xalq ta’limi buyruqlari asosida ishlarni tashkil etish.
Yakka boshchilik printsipi I maqsadga qaratilgan ish usuli bo’lib, maktabgacha tarbiya muassasalari yillik ish rejasini to’liq bajarishga qaratilgan ish usulidir.
Hamkorlik prinsipi: Jamoa bilan birgalikda muammolarni hal etishdir. Mutloq hamkorlik bekorga vaqt, o’tkazmaslik, tezkorlik, uddaburonlik, fikrlashuv natijalardir.
Aniqlik printsipi: Pedagogik metodik va xo’jalik ishlarni maqsadga qaratilgan holda aniq, puxta tashkil etish, kuzatish va taxlil qilishdir.
Xo’jalikni boshqarish printsipi. Bu sistemadagi mablag’larni to’g’ri taqsimlash ish yuritishni to’gri tashkil etish va uning ustidan nazoratni tashkil etishdan iboratdir.
Tanqid va o’z-o’zini tanqid. Bu printsipda rahbar o’z ishiga nisbatan talabchan intizomli, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, bajaradigan ishlarga tanqidiy yondashuvi ko’zda tutiladi.
Farq qilmoq, printsipi. Ishdagi ijobiy va salbiy tomonlarni ko’ra olish, ilg’or ish tajribalarni ko’ra olishdir.
Yangilikni his qila olish printsipi. Ta’lim sohasida o’zgarishlarni, yangiliklarni o’z ish faoliyatida qo’llay olish.
Maktabgacha ta’limni tashkil etish va unga rahbarlik qilish sohasining metodologik asosini: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Ta’lim to’g’risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi, Maktabgacha tarbiya to’g’risidagi Kontseptsiya va Nizomda ko’rsatib berilgan maqsad va vazifalarni tashkil etadi. Maktabgacha tarbiya muassasasi mustaqil ravishda, o’z tashabbusi bilan o’z faoliyatiga taalluqli, agar ular qonunchilikka va pedagogik printsiplarga monelik qilmasa, har qanday qaror qabul qilishga haqlidir.
Maktabgacha tarbiya muassasasi ta’lim-tarbiyaviy ishlar sifati, bolalar va ota-onalar huquqiga, jamiyat va davlat manfaatlariga rioya qilish uchun ma’suldir.
Maktabgacha tarbiya muassasasi mehnat jamoasi xalqchilik asosida o’z-o’zini boshqarish prinspiga muvofiq uning faoliyati bilan bog’liq barcha masalalarni hal qiladi.
Ushbu mikrorayonda istiqomat qiluvchi ota-onalarga bo’sh o’rin bo’lgan taqdirda maktabgacha tarbiya muassasasini tanlash huquqi beriladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasining faoliyati boshqa muassasalar, korxonalar, tashkilotlarning normal ish sharoitlarini buzmasligi, fuqarolar hayotini qiyinlashtirmasligi va yomonlashtirmasligi zarur.
Nazorat savollar
1. Boshqarishning metod va stilini aniqlash. Ta’lim soxasidagi Davlat siyosatining asosiy printsiplari nimalardan iborat?
2 .Boshqarish printsiplari va ularning jihatlari haqida ma’lumot bering?
Maktabgacha ta’limni boshqarishda – bu printsipdan foydalanishning ahamiyati qanday
Do'stlaringiz bilan baham: |