Guliston Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 52-19 guruh talabasi Rustamova Zulfiyaning mustaqil ishi guliston2021 Mavzu: Psixokorreksiya va psixoterapiya Psixologik korreksiya haqida tushuncha



Download 24,44 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2022
Hajmi24,44 Kb.
#687036
  1   2
Bog'liq
Документ (1)


Guliston Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 52-19 guruh talabasi Rustamova Zulfiyaning
MUSTAQIL ISHI

Guliston2021
Mavzu: Psixokorreksiya va psixoterapiya

Psixologik korreksiya haqida tushuncha
Psixologik xizmatning Psixokorreksiya yo‘nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta’sir o‘tkazishni taqozo qiladi. Xalq ta’limi tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan qoida,
mezonga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo‘lib, yosh davr xususiyatlariga binoan (bolalar, o‘quvchilar, talabalar) psixika- ning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi qommiyatlarini amaliyotda hisobga olgan holda faoliyat olib borish, o ‘qituvcbilar
jamoasiga bolalar, o‘quvchilar va talabalar ta’lim-tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyati, maylining darajasiga qarab o‘qituvchilarga korreksion ishlarni amalga oshirishda ko‘rsatmalar berishdan iborat. Psixologik xizmatning ushbu yo‘nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa - bu
bolalar, o ‘quvchilar, talabalar o‘sishida (rivojlanishida) kechikish (orqada qolish), ularda xulqning buzilishi, ta’limda o‘zlashtirishning yomonlashuvi hisoblanadi.
Psixik taraqqiyotni tuzatish “korreksiya qilish” atamasi dastlab defektologiyada kasal bolalarga nisbatan ishlatilgan bo‘Isa, amaliy yosh psixologiyasining rivojlanishi bilan “tuzatish” tushunchasi normal psixik taraqqiyot uchun ham qo‘llanila boshladi. D.B. Elkonin tuzatishning yo‘nalganligi korreksiya
xarakteriga bogTiq ravishda tuzatishning ikki usulini ajratishni taklif qiladi:
1. Taraqqiyotdan chetlashish belgilariga qaratilgan simptomatik tuzatish.
2. Taraqqiyotdan chetlashish sabablari va manbalariga qaratilgan tuzatish hisoblanadi.
Psixologik maslahat berish amaliyotida normal taraqqiyot korreksiyasi nonormal taraqqiyot korreksiyasidan farqlanadi. Normal taraqqiyotda tuzatishning mazmuniga ko‘ra quyidagi turlari ajratiladi: aqliy taraqqiyot korreksiyasi, shaxs taraqqiyoti korreksiyasi, salbiy holatlaming oldini olish korreksiyasidir. Psi­
xolog ishida korreksion vazifalarni yechish maqsadida psixologik yordamni tashkil etishga bogTiq ravishda uning turini ko‘rsatish mumkin: madaniy oqartuv ishlari, maslahat-tavsiyalar berish, individual va guruhiy korreksiya
Madaniy oqartuv ishlari - ota-onalar, tarbiyachilar, o‘qituvchilarga mo‘ljallangan boTadi. Bunda bola taraqqiyoti asosiy qonuniyatlari, yosh psixologik xususiyatlari, har bir yoshning qiyinchiliklari, muammolari va ularni bartaraf etish bo‘yicha umumiy tavsiyalar beriladi.Mehnatni ko‘p talab etadigan psixologning tuzatish ishi ota-onalar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar va bolalar guruhi yoki individual tarzda bir bola bilan hamkorlikda olib boriladi. Ishning ana shu turi mehnat, vaqt, ko‘p metod va metodikalarni qollashni talab etsa ham ancha natijali hisoblanadi.
2. Psixokorreksiya psixologik yordam ko‘rinishi sifatidaPsixokorreksion tadbirlar rivojlanishdagi og‘ishlarni to‘g‘ri- lashga yo‘naltirilgan. Shu tufayli bir qator dolzarb savollar paydo boladi:
- Rivojlanishdagi ogTshlar deganda nimani tushunish kerak?
- Psixologik korreksiyani amalga oshirishga doir qanday ko‘rsatmalar mavjud?
- Korreksion masalalaming maqsadga muvofiqligini belgilash mas’uliyatini kim o‘z bo‘yniga oladi va qaror qabul qiladi?
- Korreksiya samaradorligini kim va nimaga asoslanib baholaydi?
Psixokorreksion faoliyatni amalga oshirish quyidagi jarayonlardan iborat:
1. Psixolog bolalar, o‘quvchilar, talabalaming yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ular psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga butun
faoliyatini yo‘naltiradi, ijtimoiy o‘sish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy, etnopsixologik qonuniyatlar muhitida kamolotga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maqsad deb tanlaydi.
2. Amaliy psixolog bolalar, o‘quvchilar, talabalaming psixik taraqqiyotidagi, xulqi va muomalasidagi nuqsonlar hamda kamchiliklami asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish dasturini ishlab chiqadi va amaliyotga uni tatbiq etadi. Buning uchun ular
bilan maxsus mashg‘ulotlar, buzilishni kamaytirish mashqlarini o‘tkazadi, ijodiy (kreativ) qobiliyatlami o‘stirish maqsadida treninglar olib boradi.
3. Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar dasturi o‘z ichiga psixologik va pedagogik muammolami qamrab oladi. Korreksion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedagogik jihati esa
psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida o ‘tkaziladi va butun mas’uliyat uning zimmasiga tushadi.
4. Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi:
a) amaliy psixologning maxsus ishi, mashg‘uloti ayrim bolalar, o‘quvchilar va talabalar bilan alohida o‘tkazilishi rejalashtiriladi;
b) psixologlaming boshqa bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, bolalar, o‘quvchilar, talabalar guruhlariga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
v) ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg‘ulotlar olib borish nazarda tutiladi.
5. Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korreksion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatga yo‘nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari o‘z aksini topsin: dasturni xalq, etnos, millat, elat tarixi, an’analari, rasm-rusumlari, udumi, odati, stereotipi
kabilami hisobga olgan holda tuzish maqsadga muvofiq.
6. Kollej o‘quvchilari bilan murabbiylar o‘rtasidagi nomutanosiblikni yo‘qotish maqsadida maxsus mashg‘ulotlar o’tkazish: ulardagi o‘qishdan, ijtimoiy muhitdan, egallagan o‘rnidan, mavqeyidan qoniqmaslik hissini kamaytirish uchun trening, ishchanlik o‘yinlari, psixodramadan foydalanish.
7. Emotsional zo‘riqishning oldini olish va uni kamaytirish niyatida maxsus xonalar jihozlash (xona jahon standartlariga javob berishi, boshqaruv pulti, ekran vositalari, autotrening, sotsial trening, texnik vositalariga, ilmiy-amaliy metodikalarga ega bo‘lishi lozim).
8. Korreksion ishlar ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans bo‘yicha o‘tkazilishi shart. Bunda emotsional zo’riqishga uchragan shaxs millati, yoshi, jinsi, individual tipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi hisobga olinishi kerak; tuzatish ishlari mashg£ulot, faoliyat, kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo£lishi ta’sir o£tkazish samaradorligini oshiradi; unda yapon uslublarini qo£llash ham zarur ma’lumotlar to’plash va tanglikni yo£qotish imkonini yaratadi.
Bola psixik taraqqiyotini tuzatishning asosiy vazifalari quyidagilardan: bola shaxsiy va intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish asosida psixik taraqqiyotdan chetlashishlarni tuzatishdan, shaxsiy va axloqiy taraqqiyotida yoqimsiz salbiy yo£nalishlarning oldini olishdan iboratdir.
3. Zamonaviy maktab sharoitida psixologik korreksiyanitashkil etish bilan bog£liq muammolarHozirgi vaqtda psixologlar kam bo£lganligi uchun maktab psixologi universal mutaxassis bo£lishi va barcha ishlami bajara olishi kerak. Har bir psixolog o’zining qobiliyatlari va individual psixologik xususiyatlari negizida o’zini kasbiy va shaxsiy aniqlashi, individual tanlash muammosini hal qilishi mumkin.Tabiat va taqdir har bir insonga va har bir psixologga yuz, tana, ovoz, ruh, aql, temperament, xarakter, energiyani sovg’a qilganki, ulaming bari konkret insonning “rang, tovush, ta’m va hid”ini, uning psixoenergetik atmosferasini tashkil qiladi.30 yoshlardagi maktab psixologi o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan guruhiy treninglar o‘tkazadi. Umuman treninglar muvaffaqiyatli o ‘tadi, lekin mashg‘ulotlardan so‘ng kuchli charchoq sezadi, kasal bo‘lib qoladi. Uning fikricha, o' zini yomon his qilishi ishi bilan bog‘liq. Nima uchun? Haqiqatdan ham ayol psixologning fikri to‘g*ri bo‘lib, unda hayotiy tonusning pasayib ketishi u ko‘p shug‘ullanadigan psixologik ish usuli bilan bogdiq. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, “inson-inson” sohasida ishlaydigan mutaxassislarda, psixologiya ham ana shu fanlar sohasiga kiradi, individual yoki guruhiy ish usuliga layoqat mavjud bo‘ladi.Agar siz tabiatan guruhiy ishlrni yoqtirsangiz,charchamasdan a’lo darajada ma’ruzalar o‘qiysiz, uzoq davom etadigan seminar va treninglar o‘tkazasiz, individual konsultatsiyalar bo'Isa. sizdabir muncha qiyin kechadi, u k o ‘p energiya, kuch talab qiladi.Agar siz individual ishga layoqatli bo‘lsangiz, faoliyatning guruhiy turlarini uncha yoqtirmaysiz. Mijozingiz bilan individual
munosabatda bo‘lishni afzal ko‘rasiz.Psixolog maktabda o‘zini qanday tutishi kerak: qattiq qo'lmi yoki yumshoqmi?Vaziyatga bog‘liq ravishda, o‘zining va sherigining maqsadiga ko‘ra psixolog qattiq qo‘l va yumshoq bo‘lgan turli
uslublarni egallashi lozim.Psixolog tanlash imkoniyatiga ega bo‘lganda, o'z indi-
vidualligidan kelib chiqib, ish tutishi kerak.Ish texnikasini tanlash haqidagi savol bir muncha murakkab bo‘lib, har qanday psixoterapevtik texnikada o‘z uslubini aniqlash mumkin va o £z kasbiy qobiliyatlari, qiziqishlarini ifodalash
mumkin.“0 ‘z ish texnikasini tanlash haqida gap ketganda, ikki omilni hisobga olish darkor. Birinchidan, g‘arb psixoterapevtik texnikalari Vatanimiz psixopraktikasida endi tarqala boshladi, shuning uchun u yoki bu yo‘nalishdagi amaliyotchi psixologlarning yuqori kasbiy mahorati haqida gapirish erta.
Ikkinchidan, psixopraktika shunchalik ko‘p qirrali va har xilki yosh psixoterapevt mijozning muammolaridan kelib chiqib, har xil texnikalami birgalikda qo‘llaydi. o‘z ishida psixoanalizni yoqtiradigan psixologlar transakt analiz bo‘yicha unchalik yaxshi ishlamaydi, psixodrammaga qiziqadiganlar muloqot treningi guruhlarini zo‘r bazo‘r o‘tkazadilar. Urinib ko‘rish va xato orqali “o‘z texnikasini” topish
mumkin. 0 ‘zingizni kuchli va bo‘sh jihatlaringizni o‘rganing, imkoni bo‘lsa, psixologik seminarlarga qatnashing, “bu meniki” deb his qiladigan vaqt keldi.
Maktabda asosan qaysi yoshdagilar bilan ishlashni tanlash ham muammo. Maktab psixologi maktabda o ‘qituvchilar bilanham, barcha yoshdagi o‘quvchilar bilan ham ishlaydi. Lekin kuzatishlardan ma‘ lum bo ‘ lishicha, ba’ zi psixologlar boshlang ‘ ich sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashishni yoqtirishadi, boshqa
birlari o\spirinlarning “tilini tez topadi”, uchinchi birlari yuqori sinflarga kirib “yo‘qolib ketadilar”, to‘rtinchilari o‘qituvchilar bilan suhbatlashishni qoyillatadilar.Psixolog o‘zining ichki psixologik yoshiga mos bolalar bilan
muloqot qilishga intiladi. Psixologiyada insonning haqiqiy yoshi (pasport yoshi) farqlanadi. Insondagi bu ikki yosh ko‘pincha bir-biriga mos kelmaydi.
Psixologlarga maktabda turli muammolar bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi.Lekin har bir psixologning maktabda sevimli mavzusi yoki muammosi bo‘ladi. Uni tanlash ko‘p sabablarga bog‘liq: amaliy psixologning qiziqishlariga, mutaxassislik bo‘yicha o‘qilgan kitobga, kasbiy muloqot darajasiga, psixolog
ishlaydigan maktab ehtiyojlariga, m a’muriyat, o‘qituvchilarning buyurtmasiga bog‘liq.“0 ‘z muammosini” tanlashning ko‘p omillarga bog‘liqligiga qaramasdan, umumiy qonuniyatlar kuzatiladi. Psixologlar “o‘z mavzularini” tanlashda ikki asosiy shartga amal qiladilar.Ko‘pincha ular xarakterida va individual - psixologik
portretida ortiqcha bo‘lgan psixologik fenomenni o‘rganishga intiladilar.
- To‘g‘ri fikrlaydigan universitet bitiruvchisi tadqiqot predmeti sifatida o'quvchilarning tafakkur faoliyatini tanlaydi (m:kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda iste’dodni shakllantirish, o ‘smirlaming aqliy faoliyatini faollashtirish va boshqalar).Shu bilan birga ko‘pchilik psixologlar shaxsiy indivi-
dualligini, xarakterini, shaxsini qiziqtiradigan muammolar bilan shug‘ullanishga intiladilar.
4. Korreksion faoliyat shakl va metodlarini tanlashda yosh xususiyatlarini inobatga olish Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o‘quvchi shaxsiga psixologik jihatdan ta’sir ko‘ rsatishning zarur shartidir.
Psixologik korreksiya, yuqorida ta’kidlaganimizdek, mijozning qabul qilingan me’yorlarga mos kelmaydigan psixologik rivojlanish xususiyatlarini “to‘g‘rilashga” qaratilgan mutaxassis faoliyatini aks ettiradi.G.S.Abramova fikricha, shaxsiy psixologik Korreksiya - odamning ichki dunyosini diskret tavsifiga (psixologning) asosli tasir qilishidir.Odam - “Yerdagi jonli evolyutsiyaning so‘nggi pog‘onasidir”, ijtimoiy- tarixiy faoliyat subyektidir.
Shaxs - ijtimoiy rivojlanish fenomeni, ong va tushunchaga ega aniq tirik odam.
Shaxsga doir rivojlanish - ijtimoiylashuv va tarbiya natijasida odamzotning ijtimoiy xususiyati sifatidagi shaxsning shakllanish jarayonidir.
Tabiatan berilgan anatomik-fiziologik negizga ega bo‘lgan bola ijtimoiylashuv jarayonida shaxs sifatida shakllanar ekan, insoniyatning yutuqlarini o ‘zlashtirib olam bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Ushbu jarayonda yuzaga kelgan qobiliyat va vazifalar shaxs sifatlari kabi shakllangan odam sifatlarini takror ishlab
chiqaradi.Individ — (individuum ) inson zotiga taalluqli alohida birlikdir; qurol, ramzlardan foydalanuvchi va ular orqali shaxsiy fe’l-atvori va psixik jarayonlarga ega bo‘luvchi, tabiiy (biologik) chegaradan tashqariga chiquvchi ijtimoiy mavjudot.
Ushbu tushuncha bilan individuallik tushunchasi chambarchas bog‘ liqdir, u boshqa odamlardan ijtimoiy jihatlari bilan ahamiyatli farqlanadigan odamdir. Yosh esa shaxsiy rivojlanishning vaqtinchalik xususiyatlarini belgilash uchun xizmat qiladigan turkum. Psixologiyada yoshning xronologik tushunchalari muhokama qilinadi, xronologik yosh - “pasportda belgilangan” yoshdir, psixologik yosh xronologik yoshdan farqli ravishda organizm shakllanish qonuniyatlari; yashash, o‘qish va tarbiyalanish sharoitlarini asoslaydigan hamda muayyan tarixiy kelib chi-
qishga ega, ontogenetik rivojlanishning o‘ziga xos, aniq sifat tushunchasini bildiradi.
Yosh inqirozi - keskin psixologik o‘zgarishlar bilan
xarakterlanadigan ontogenezning alohida, nisbatan uzoq davom etmaydigan davrlaridir. Asabiy va jarohatli xarakterga ega tangliklardan farqli ravishda shaxs rivojlanishining izchillik qonuniyatlariga bo‘ysunadi.Stress - turli xil ekstremal ta'sirlar - stressorlarga javoban yuzaga keluvchi, keng doiradagi holatlarni belgilovchi holat.Frustratsiya - ma’lum maqsad yo‘lidagi mavjud mavhum
to‘siqlami paydo bo‘lishiga nisbatan hosil bo‘ladigan muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechiruvchi ruhiy holat.Psixokorreksiyaning asosiy maqsadi mijozning yosh va
tur xususiyatlaridan, uning subyektiv voqeligidan kelib chiqib shaxsiga doir resurslarini faollashtiruvchi va m e’yorga mos keluvchi holatga olib kelishdir.


Download 24,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish