Ixtiyoriy adaptatsiya
- bu insonning xohishi,
moyilligi orqali ro‘yobga chiquvchi holatdir. Odam o‘ziga zid, hatto unga
yoqmaydigan salbiy, xohishga qarama-qarshi ijtimoiy hodisa va vaziyatlarga
ilojsiz ravishda moslashishi mumkin (tutqinlik, zo‘ravonlik, vahobiylik,
diktatura va hokazo). Bunday toifadagi ijtimoiy moslashuv -
majburiy
adaptatsiya
deb nomlanadi. Bu tipdagi adaptatsiya inson psixikasiga zarar
keltirishda, ya’ni shaxsning axloqiy, intellektual sifatlarining deformatsiyasi
hisobiga kechadi, unda mental va emotsional buzilishning avj olishi natijasida
muhitning
(makro, mikro, mize) o‘zgarishiga olib keladi, hatto inson o‘z ruhiy olamini
o‘zgartirish o‘quvidan ham mahrum bo‘ladi.
Ijtimoiy psixologiya sohalarida «adaptatsiya» termini bilan bir qatorda
«readaptatsiya»
tushunchasidan ham foydalaniladi. Insonning turmush tarzi
va faoliyati mazmuni shart-sharoitlarida tub o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi
tufayli uning shaxsiyatida, xarakterologik xususiyatlarida qayta qurilishlar,
yangilanishlar jarayonining kechishi readaptatsiya deb ataladi. Jumladan, tinchlik,
osoyishtalik holatidan harbiy vaziyatga, o‘z vatanini tark etib, o‘zga yurtda
qo‘nim topish, yakkay-u yolg‘iz turmush kechirish, oilaviy hayotiga
ko‘nikish va hokazo. Odatda, adaptatsiya bilan readaptatsiya tushunchalari
o‘zaro bir-biridan shaxs psixikasida qayta qurilishlar, yangilanishlar
kechishining darajasi bilan farqlanadi. Adaptatsiya jarayoni psixokorreksiya,
ruhiy qayta qurilishni tugallash, takroriy shakllanish, shaxs psixikasining ba’zi
funksional sistemasini qisman qayta qurish bilan bevosita bogliq. Readaptatsiya
qaerda shaxsning qadriyatlari, ma’noviy darajasi, maqsadi, xulq normalari,
extiyojiy-motivatsion doirasi mazmunan, usluban qarama-qarshilikka duch
kelsa, sodir bo‘ladiki, u holda muayyan darajada o‘zgarishlar amalga
oshiriladi. Mabodo readaptatsiya jarayoiida shaxsning hayoti va faoliyatida
oldingi sharoitlarga o‘tish, qaytish ehtimoli yuzaga kelsa, u taqdirda sub’ekt
o‘zida adaptatsiyaga nisbatan muhtojlikni his etishi mumkin. Masalan,
odamning tinch-osoyishta, hotirjam fuqarolik hayoti va faoliyatidan harbiy
sharoit, ekstremal vaziyatlarga o‘tishi odatiy adaptatsiyaning ro‘yobga
chiqishidan tashqari, uning psixikasida qayta moslashuvning amalga oshishini
taqozo etadi. Harbiy xizmatchilarning, turli qurolli tuzilmalarning askarlari
iste’foga chiqib, o‘zaro tenglik asosida qurilgan fuqarolik hayotiga qaytishida
84
ko‘pincha jiddiy psixologik asoratlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi
readaptatsiya jarayoni kechadi. Psixologiya fanida
Do'stlaringiz bilan baham: |