Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/263
Sana15.07.2022
Hajmi6,93 Mb.
#802099
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   263
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy pisxologiya

Ommaviy axborot vositalari.
Teleko‘rsatuvlar nihoyatda mashhur 
bo‘lib, har bir xonadonga kirib borga bir sharoitda ular orqali uzatiladigan 
axbarotlarning mazmuni, ijtimoiy yo‘nalganligiga mos ravishda yoshlarda u 
yoki faoliyat turini tanlash va unga yo‘nalish shakllanib boraveradi. Bu borada 
radio eshittirishlarining har o‘rni bor, lekin xususiy kanallar faqat tijorat 
maqsadlarida faoliyat yuritayotgan hozirgi sharoitda ularning nufuzi va roli 
ancha pastlagan. Lekin agar yoshlarni o‘smirlik hamda o‘spirinlik davrida turli 
maqola va kitob mahsulotlaridan foydalanishga o‘rgatish, oila davrasida yangi 
kitoblarda ko‘tarilgan muammolarga bola ongini yo‘naltirish, shov-shuvlarga 
sabab bo‘lgan maqola yoki yozma boshqa nashrlarni muhokama qilish, 
yoshlarning zamonaviy kasb tanlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
 
Ommaviy axborot vositalari orqali kasb haqida tasavvurlarni shaxs 
ongida muhrlashda kinoning ham alohida nufuzi va ta’siri bor. Kino bozori 
juda keng tarqalgan hozirgi sharoitda milliy kino asarlari bilan bir qatorda 
jahon kinolarini tomosha qilish, videorolliklar va kliplar, disk materiallari 
orqali kino suratlarga olingan mahsulotlarda bo‘lgan talabni qondirish qiyin 
bo‘lmay qoldi. Ko‘pgina milliy kinofilmlar an’anaviy kasb-hunarlardan 
tashqari, zamonaviy kasblarni, tadbirkorlik sohalari keng reklama qilmoqda. 
Bu xolat yoshlardan yanada aniq va mustaqil fikrli shaxs bo‘lishni talab 
etmoqdaki, uning hayotiy pozitsiyasi qanchalik teran shakllangan bo‘lsa, kasb 
tanlash va uni professional tarzda ado etish kabilarda qiyinchiliklar kam 
bo‘ladi. Albatta, bu borada reklamaning ham o‘rni bor. Shu bois O‘zbekistonda 
o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan kasblarni ijtimoiy reklama tarzida targ‘ib etishga 
ehtiyoj bor.
 
O’qituvchilar uchun o’rganish bu maktabda yoki sinflarda sodir 
bo’ladigan holatlarda o’z aksini topsa ham garchi har bir o’qituvchi 
tashqarida ham sodir bo’ladigan “o’rganish” larga misollarni tasvirlay 
olishadi. Xatto o’g’lim Mishel “o’rganish”ni dadasining tajribasi va tafakkuri 
qarshisidagi - sinfxonada sodir bo’ladigan o’qituvchining kuzatuvidagi holat 
bo’lib ko’rinishini 6 yoshida anglab yetgan edi.
121
 
Yuqorida ta’kidlangan kasbga shaxsni yo‘naltiruvchi omillar 
professional faoliyatning ichki vositalari bo‘lmish bilim, malaka va 
ko‘nikmalarning shakllanishini ta’minlaydi. Masalan, o‘quvchi maktabdayoq 
muayyan fanlar doirasida bilimlar olishdan tashqari, turli amaliy mashg‘ulotlar 
doirasida kasbning malakaviy va ko‘nikma hosil qiluvchi jihatlarini ham 
o‘rganadi. Ayniqsa, yurtimizda mustaqillik yillarida Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi doirasida joylarda tashkil etilgan va hozirda muvaffaqiyat bilan 
120
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 167.
121
Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 77-b.


227
yoshlarga kasb-hunar sirlarini o‘rganatyotgan professional kasb -hunar 
kollejlari bu borada juda katta ahamiyatga egadir. Chunki ularda yoshlar 
nafaqat bilim oladilar, balki aniq muayyan ixtisoslik bo‘yicha malaka va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar. Masalan, temir yo‘llari sohasida ochilgan 
kollejlar aynan shu soha uchun turli yo‘nalishli kasblarga yoshlarni o‘rgatadi, 
chuqur bilimlar beradiki, ular shu soha faoliyati uchun bilim, malaka va 
ko‘nikma manbai bo‘lib xizmat qiladi. Akademik litseylar esa malakali kadr 
bo‘lib yetishishga imkon beruvchi akademik bilimlar majmuini berib, yoshlarni 
oliy o‘quv yurtlariga tayyorlaydi. Bu kabi aniq yo‘naltirilgan tadbirlar 
yoshlarni kasbiy yo‘nalishiga mustahkam asos bo‘ladi.
 
Ma’ruzachi har bir ma’ruzani boshlashidan oldin talabalardan ularning 
mobil aloqa vositalarini oʻchirib qoʻyishlarini soʻrashi mumkin. Xattoki bu 
talab sizning PowerPoint taqdimotingizdagi birinchi slaydda ham aks 
ettirilishi mumkin. Agar biror mobil telefondan ovoq chiqsa shu tomonga 
qarab ishora bering. Yana bir bor ta’kidlashimiz mumkin, hazil-kulguli 
yondashuv bu holatda oʻrinli boʻlishi mumkin, lekin talabalarga qoidalarni 
buzib, ma’ruza oʻtishga salbiy ta’sir oʻtkazayotganliklarini hamda 
boshqalarga halaqit berayotganliklarini aytib oʻting. 
Ushbu holatda ma’ruzachi oʻzini bosiqlik bilan tutgan holda dars 
buzilayotganligini chehrasida aks ettirmasligi lozim. Yuqorida ta’kidlangani 
kabi, hazil-kulgu yondashuvi bu muammoning maqbul yechimiga aylanishi 
mumkin. 
Ma’ruzaga halaqit berayotgan talabalar bilan oʻqituvchi darsdan soʻng qisqa 
tanbeh berishga harakat qilishi darkor. Bema’ni xulq-atvor bilan bogʻliq 
muammolarni yechish stressli kechishi mumkin va bu holatda tajribasi 
kattaroq hamkasabalar bilan masahatlashishi yordam soʻrashi ham ijobiy 
oʻzgarishlarga sabab boʻlishi ehtimoldan holi emas. 
Agar mazkur muammo orqali dars jarayonini davom ettirish imkoni 
boʻlmay qolsa, u holda ushbu talabadan dars xonasini tark etishini soʻrash 
mumkin. Ammo bu yechim ma’lum ogohlantirish berishlar orqali amalga 
oshirilishi lozim. Qat’iyatlik va ortiqcha bema’ni harakatlar bilan bogʻliq 
muammolarni hal qilish rasmiy yoʻllar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. 
Talabalar tartib-intizomiga tegishli qoidalar barcha universitetlarda mavjud 
boʻlishi lozim. Bu tartib-intizom qoidalari ayrim kichik miqdordagi 
talabalarga nisbatan qoʻllanilishi va shu orqali bema’ni xulq-atvorni barxam 
toptirish mumkin.
117
 
Texnikani boshqarishga o‘rgatishda bevosita uning qismlarini ko‘rsatish 
qanchalik muhim bo‘lsa, maxsus trenajerlar yordamida o‘rtazilagan treninglar, 
mutaxassis sifatida turli ishchanlik o‘yinlari (deloviye igri) shunchalik uni o‘z 
kasbining mas’uliyatidan qo‘rqmaslik, dadil va iroda bo‘lishga, kutilmagan
ekstremal vaziyatlardan chiqishga ruhan hozirlaydi. Chunki texnik qobiyatlarni 
o‘stirish, texnika bilan “senlashish” uchun qanchalik maxsus trenajerlar muhim 


228
bo‘lsa, muxandis uchun odamlar bilan muloqot, ular bilan hamkorlikka hozirlik 
shunchalik muhimdir. Ikkala xil treninglar ham bo‘lg‘usi mutaxassisni kasbi 
borasidagi har qanday qiyinchilikka chidamli va hozir bo‘lishga imkon beradi. 
Bunda psixologiyaning ahamiyati juda kattadir.
Ko’p o’qitiuvchilarni ta’kidlashicha, ular asosiy foydali yordamni o’z 
fanlariga tegishli soxalar doirasida olishmoqda. Oliy Ta’lim Akademiyasi 
tarmoqlararo doirasida 24 Har xil yo’nalishdagi markazlar faoliyat 
ko’rsatmoqda va quyidagi ko’rsatilgan markazlar xususan muhandislik 
sohasiga aloqador:

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish