Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/263
Sana15.07.2022
Hajmi6,93 Mb.
#802099
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   263
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy pisxologiya

2.
 
Faoliyatning ekstreorizatsiyasi va 
interiorizatsiya haqida tushuncha. 


214
mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o’tish ro’y bergan 
bo’lsa, bunday jarayonni psixologiyada 
interiorizatsiya 
deb ataladi, aksincha, 
aqlda shakllangan g’oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi 
faoliyatga ko’chirilishi 
eksteriorizatsiya 
deb yuritiladi.
Tashqi, yaqqol faoliyat favquloddagi davrda ichki timsoliy (psixik) 
faoliyat tarzida his etiladi. Obyektlarga yo’naltirilgan yaqqol harakatlar 
ularning muhim xususiyatlariga mo’ljallangan timsoliy jarayon bilan 
almashtiriladi. Xuddi shu sababdan tashqi, yaqqol harakatdan, ichki, timsoliy 
harakatga mana shu tarzda o’tish jarayoni interiorizatsiya (ichki tarzga 
aylanish) deb ataladi.
Interiorizatsiya muammosi
psixolog olimlari L.S.Vigotskiy, 
A.N.Leontev, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari tomonidan turli jabhalarda 
tadqiqot qilingan.
Interiorizatsiya sharofati bilan inson psixikasi muayyan vaqt oralig’ida uning 
idrok maydonida yo’q narsalarning timsolidan foydalanish qurbiga ega bo’ldi. 
Shu narsa ma’lumki, bunday o’zgarishlarning muhim quroli bo’lib, so’z 
o’zgarish vositasi sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. Shuning uchun 
so’zlarni to’g’ri ishlatishga odatlanish favqulodda buyumlarning muhim 
xususiyatlarini axborotidan foydalanishning usullarini o’zlashtirish demakdir.
Bizning tuzilmalarimiz o’rganish va ta’lim berish haqidagi 
ishonchlarimizni ifodalashi hamda birlashish, qatnashish va jamiyat 
to’g’risidagi muammolarni aks ettirishi lozim. Agar biz tuzilmalarimizni 
o’rganuvchilarning turli xil bilim olishlari uchun ishlab chiqmasak, unda biz 
oliy ta’limning cheklovchi amaliyotinin davom ettirgan hisoblanamiz (Watson, 
2007). 
Mazkur g’oya, Glasgow Caledonian Universitetining innovatsion 
Saltmire Markazini tashkil etishda qatnashgan shaxslardan biri tomonidan 
taklif etilgan bo’lib, uning mohiyati guruh bo’lib ta’lim berishdan iborat. Oliy 
ta’lim tizimida ba’zi repetitorlar guruh sinfxonalari sharoitlariga aynan 
holatda ishlashadi. Biroq, qatnashish va o’zaro munosabatni rag’batlantirish 
uchun xonani jixozlashda ko’p ishlar qilinishi mumkin. O’zaro munosabatga 
ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan atrof-muhit omillari keng ko’lamda tadqiqot 
qilingan bo’lib, uning natijalari moddiy ta’minlashning katta ahamiyatga ega 
ekanligini ko’rsatadi.
Ma’lumki, agar ijtimoiy daraja yoki mavqeida farqlar kichik bo’lsa 
aloqalar ortadi. Shuning uchun repetitorning vazifalaridan biri bo’lib 
rollardagi farqlarni kamaytirish va shu jumladan o’zining hokimiyatini 
kamaytirish hisoblanadi. Bu muhokamaning erkin amalga oshishiga xizmat 
qiladi. Bu oson ish emas, chunki repetitor o’zining hokimiyatini kamaytirish 
bilan birgalikda doimo holatini nazoratda ushlashi kerak. Ijtimoiy mavqe 
o’rtasidagi farqlarni minimallashtirish kerakligi to’g’risidagi bu bilim 
repetitorning haqiqatda guruhda qaysi holatni egallaganiga ta’sir ko’rsatadi. 


215
Aslida, ko’zda tutilgan ma’lum natijalarga erishish uchun maxsus xonani 
tashkil etish mumkin. Quyidagi uch holat (Griffiths va Partington, 1992) bu 
nuqtai nazarga misol sifatida xizmat qiladi: 

 
Agar jaxldor talabalarning guruhdagi o’rni repetitorga mayilligi teskari 
(to'g'ridan-to'g'ri ko'z bilan aloqada) yoki xushli bo’lsa unda ularni ko’proq 
ishtirok etishi uchun imkon berish mumkin. 

 
Juda faol va shovqinli talaba repetitor qarama-qarshisida o’tqazilishi 
bilan tinchlantirilishi mumkin. 

 
Talaba ishtiroki va talaba bilan talaba muloqoti darajasiga xonaning 
o’zini tanlash orqali ta’sir ko’rsatish mumkin.
Repetitorning shaxsiy mavqei o’zining xonasi bilan birga talaba 
ishtirokiga ko’proq yoki kamroq qulay bo’ladimi? To’rt burchakli stol va 
maxsus kresloli bezalmagan, bo’sh seminar xonasi guruh faoliyatini 
boshqarishda qanday ta’sir ko’rsatadi.
114
 
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko’ra ham 
farqlanadi. Masalan, shunday bo’lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har 
bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat 
va ongning yo’nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o’tgach, bora-bora unda 
ongning ishtiroki kamayib, ko’pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy 
tilga o’girilganda, 
malaka 
hosil bo’ldi deyiladi.
Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o’rganganmiz. Agar 
malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi 
va talablariga ko’ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni
ko’nikmalar deb ataymiz.

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish