Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/263
Sana15.07.2022
Hajmi6,93 Mb.
#802099
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   263
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy pisxologiya

3.
 
SHaxs temperamepnt 
tiplarining 
psixogramma 
tuzish 
bilan boq’liqligi. 


David G. Mayers Psycholo
132
qilish imkoniyatidan iborat fazilati va kuzatuvchanligi alohida rol o‘ynaydi. 
Ba’zilarda moddiy narsalarga nisbatan kuzatuvchan bo‘lsa, boshqalar 
psixologik jihatdan kuzatuvchandir. Shaxsning atrof- muhitdagi narsa va 
hodisalar haqida chuqur fikr yurita bilishi uning idroklilik darajasiga bog‘liq 
bo‘lib, bu fazilat kasb tanlashda juda asqotadi.
Yo‘l transportining barcha turida harakatlarni idrok qilish va harakatni 
eslab qolish muhim. Transport xodimi uchun: 
harakat xotirasi
ham 
(harakatni eslab qolish, esga tushirish, esda
saqlash, tanish, eslash, takrorlash);
emotsional xotira
ham (his-tuyg‘ular bilan aloqador emotsional
kechinmalarning voqelik bilan uyg‘unligi); 
tasavvur xotirasi
(buyumlarning ko‘rinishi, shakli, qiyofasini eslab
qolish va esga tushirish);
so‘z-mantiq xotirasi
(so‘zlar va nutq bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
fikrlarni eslab qolish hamda esga tushirish) barchasi o‘ta muhim 
hisoblanadi.
Yoshlarni kasbga yo‘llashda ularning xotirasidagi shaxsiy farqlarni 
hisobga olish maqsadga muvofiq. O‘quv materiallarining turli-tumanligi 
xotirani o‘tkirlashtirish, rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Chunki 
kasb-hunarning xilma-xilligi xotiraning o‘tkirligini talab qiladi.
Xotiraning hamma turlari va o‘ziga xos jihatlari kasb-hunar, ixtisos, 
mutaxassislik tanlashda, turli-tuman kasblar to‘g‘risidagi ma’lumot 
axborotlarni o‘zlashtirish, eslab qolish va keyinchalik esga tushirishda juda 
muhim rol o‘ynaydi. Biror ixtisosni egallash uchun xotiraning yuqorida 
ta’riflab berilgan turlaridan birortasi albatta kerak bo‘lib qoladi. Bu esa, o‘z 
navbatida ishning samarali bajarilishini ta’minlaydi. Aqliy mehnat bilan 
shug‘ullanuvchilarning xotirasi ayniqsa o‘tkir bo‘lishi lozim.
Tafakkur voqelikning miyada bevosita muhur etilgan mavhum va 
umumlashtirilgan in’ikosi bo‘lgani sababli, uning barcha xususiyatlari 
psixogrammaning asosini tashkil etishi lozim. Zero, aqliy qobiliyat insonga 
xos yuksak fazilat bo‘lib, muayyan operatsiyalar, xatti-harakatlar yordami 
bilan ro‘yobga chiqadi. Inson mehnat faoliyatining barcha sohalarida 
o‘zining aqliy qobiliyatidan samarali foydalanmog‘i zarur.
Shaxsning fikr yuritish qobiliyatini aniqlovchi muhim mezonlardan 
biri muammoli vaziyatdir. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni yoki talabalarni 
muammoli vaziyatni, topshiriqni echishga o‘rgatish ularning bu aqliy 
qobiliyatini rivojlantirishga katta yordam beradi. Buning uchun talabalarga 
muammoli, jumboqli topshiriqni echish bosqichlarini ta’riflab berish joiz. 
Bunda qo‘yilgan muammoning mohiyati tushuntiriladi, uni echish usullari, 


David G. Mayers Psycholo
133
vositalari qidiriladi, tanlangan usul hamda vositalardan foydalanib 
muammo echiladi, uning to‘g‘ri echilganligi tekshiriladi va hokazo.
Ta’lim oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun bir element ortiqcha 
berilgan yoki biror sharti etishmaydigan, yo bo‘lmasa o‘zaro mantiqan 
bog‘lanmagan topshiriq hamda masalalardan muammo sifatida 
foydalanilsa juda qimmatli natija olinadi. Qo‘yilgan muammoning kasb-
hunarga aloqador bo‘lgani ma’qul. Muammoni hal qilishda tafakkurning 
mustaqilligi, ixchamligi, tezligi, mantiqiyligi, izchilligi, o‘tkirligi, teranligi, 
mahsuldorligi juda katta ahmiyatga ega.
Yangilik yaratishga intilgan har qanday shaxsni ijodiy farazsiz 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Yangilik yaratish yo‘llari faraz qilish jarayonida 
vujudga keladi. Inson orzu, ezgu niyat qilmasdan, xayol surmasdan, 
o‘ylamasdan yashay olmaydi. Ijodiy izlanish shaxsning psixologik tavsifi 
uchun katta ahamiyatga ega. SHaxsning xayol surish, faraz qilish, tasavvur 
etish qobiliyatiga qarab uning ma’naviy dunyosi to‘g‘risida muayyan 
darajada aniq fikrga kelish mumkin. Inson faraziy obrazlar, timsollar, 
tasvirlar tufayli tobora sezgir, mehribon, xushmuomala, saxiy bo‘ladi.
Shunday qilib, faol bilish jarayoni inson faoliyatining hamma turlarida 
bir tekis ishtirok etadi va aks ettirishning mukammal bilish imkoniyatini 
kafolatlaydi. 
Bilish 
jarayonining 
xususiyatlari, 
mexanizmlari 
va 
qonuniyatlariga tayanib ish tutgan shaxs kamroq xato qiladi. Bu omillar 
uning xatolariga nisbatan ongli munosabatda bo‘lishiga, yo‘l qo‘ygan 
kamchiliklarini o‘z vaqtida tuzatishiga imkon yaratadi.
Shaxsning xulq-atvori, temperamenti, salohiyati va boshqa hislatlari 
kasb tanlayuda alohida ahamiyat kasb etadi. Temperament shaxsning ruhiy 
xususiyatlaridan biri bo‘lib, alohida olingan inson shaxsida ruhiy jarayon 
va faoliyatning vujudga kelishi, o‘tishi, kechishi va dinamikasini belgilab 
beradi. Lekin psixik faoliyat dinamikasi temperamentga emas, balki 
shaxsiy sabablarga va shaxsning ruhiy holatiga bog‘liqdir. Xuddi shu 
boisdan inson, temperamentidan qatiy nazar, mas’uliyat hissini sezsa, o‘z 
kasbida g‘ayrat bilan ishlaydi, kasbini yoqtirmasa, aksincha, sustkashlik 
qiladi.

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish