Psixogramma
- kasbning psixologik portreti bo‘lib, u aniq kasbda
dolzarb bo‘lgan psixologik funksiyalar guruhi bilan namoyon bo‘ladi.
Psixogramma
- faoliyatning psixologik xarakteristikalari tasnifi
bo‘lib, mazmunan kasb egasi bo‘lmish shaxsdan talab qilinadigan
xususiyatlarni ifodalaydi. Ushbu atama fanga XX asr boshlarida nemis
psixologi V.SHtern tomonidan kiritilgan.
66
V.SHtern o‘z vaqtida shaxsning
barcha psixologik qirralari, xususiyatlarini emas, balki faoliyatga
yo‘naltirilgan muhim tomonlarini qamrab oluvchi psixogrammaning
qisman (boshlang‘ich) tuzilishini o‘rganishni taklif etgan. Bu erda gap
biror kasb yo‘nalishida faoliyat yuritadigan shaxs xususida emas, balki
malakali mutaxassis portreti haqida boradi.
Demak, psixogramma haqida gap ketganda, kasb egasining
psixologik portretini o‘rganish nazarda tutiladi. Ayrim manbalarda faoliyat
professiogrammasi
atamasiga
ham
ta’rif
berilgan:
“Faoliyat
psixogrammasi
mehnat
egasining
kognitiv,
emotsional
irodaviy,
motivatsiovan, individual psixologik va boshqa kasbiy muhim bo‘lgan
sifatlariga qo‘yiladigan talablar hamda tavsifnomalar majmui”
67
.
66
Psixologiya. Uchebnik. / Pod. red. A.A. Krilov. – M.: “PROSPEKT”, 1998. C. 329.
67
Hayitov O., Umarova N. Boshqaruv psixologiyasidan qisqacha izohli lo‘g‘at. Metodik qo‘llanma.\\ Prof.
V.M. Karimova umumiy tahriri ostida. – T.: “Fan va texnologiya”, 2008.58,59-b.
David G. Mayers Psycholo
130
53-rasm
Professiografik tadqiqot metodlari - kasbning
ilmiy ta‘siri, mehnatning (mehnat xulqi) tashqi,
psixik
jarayonlar ko‘rinishini ya‘ni, mehnat
sub‘ektining ichki vositalariga bo‘lgan
integral psixologik tuzilmalarini nazarda
tutadi.
Professiogrammalarning kasbga yo‘naltirish va kasbiy tanlov
maqsadida ishlab chiqishda psixodiognostik tadqiqotlar juda muhim
hisoblanadi. Qolgan tadqiqotlar o‘quv-kasb muassasalarida talabalar,
o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilinadigan shaxslar ishlashi lozim bo‘lgan
sharoitlarni aniqlash uchun ahamiyatga ega.
Ammo ular ham muhim hisoblanadi, chunki aniq majburiyatlarni va
mehnat sharoitlarini bilmasdan, kasbga yo‘naltirish, kasbiy yo‘nalganligini
tashkillashtirish va kasbga nisbatan layoqatini aniqlab bo‘lmaydi.
Bugungi kunda Buyuk Britaniya Oliy ta’lim tizimida faqatgina
talabalarning soni ko’payibgina qolmay, avvalgi yillarga qaraganda
ularning xilma-xilligi anchagina oshdi. Talabalar o’z moliyaviy holatlari,
ijmoiy sinfi, oila sharoitlari va yoshlari bo’yicha juda katta farq qiladilar;
xamda o’zlarini oldingi o’quv tajribalari, oliy ta’lim olish uchun sabablari,
orzulari va maqsadlari bo’yicha; ularning dinlari, etnikligi va millati;
hamda ularni qobiliyatlari, nogironliklari va maxsus yordamga
muxtojliklari bilan farq qiladilar.
Ushbu xilma-xillik ko’proq va kengroq qatnashuv yo’nalishlariga
uzviy bog’langan xolda shu narsa tan olinmoqdaki, o’zi tanlagan fan
sohalarida muvaffaqiyat qozonishni istagan va shu maqsadda muxim
yordamga muhtoj talabalarni ko’proq ta’limga jalb qilib tanlab olish
zarurdir.
Talabalar har xil bo’lib, ularning shaxsiyatlari xam har xil bo’ladi, bu
o’z navbatida xilma-xil ta’lim zaruriyatlarini yaratadi. Bugungi kunda
talabalarda oliy ta’limni maqsadi yoki yuqori pog’onalarda ta’lim olish
tabiati to’g’risida umumiy tushunchani topish qiyindir.
David G. Mayers Psycholo
131
Ko’p talabalar madaniy boy bo’lmagan muhitlardan kelib chiqqan
bo’lishi mumkin, shuning uchun ba’zida ular o’qituvchilari tomonidan talab
qilinayotgan asosiy talablarni boshlang’ich bosqichda yaxshi tushunib
etsmasliklari mumkin. Bu o’z navbatida, o’qishga kirgan talabalarni
o’qishda ikkinchi yilga qolib ketish foizini oshishi xavfiga olib kelishi
mumkin.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |