Ijtimoiy normalar ijtimoiy sanksiyalar orqali nazorat qilinadi.
Ijtimoiy sanksiya
– normalarning shaxs xulqida namoyon bo‘lishini
nazorat qiluvchi jazo va rag‘batlantirishning mexanizmi bo‘lib, ularning
mavjudligi konkret vaziyatlarda shaxs xulqining maromida, to‘g‘ri bo‘lishini
kafolatlaydi. Masalan, professorning maroqli ma’ruzasini buzishga harakat
qilgan talabani o‘sha professorning o‘zi ham tartibga chaqirishi mumkin,
qolaversa, vijdonli va ilmga chanqoq talabalar ham ma’noli nigohlari, qiliqlar
118
Kelvin Seifert and Rosemary Sutton
,
Educational Psychology © 2009
,
Second Edition
.
68-b.
223
yoki ochiq so‘z vositasida tartibga chaqirishi ijtimoiy sanksiyaning amaldagi
xolatini bildiradi. Yoki tanlagan kasbi bo‘yicha malakasi to‘g‘risida diplomi
bo‘lishiga qaramay, ishlashni xohlamagan yigitga ota-onasidan tashqari,
do‘stlari, tanishlari tanbeh berishlari, fikrini o‘zgartirishlari ham bunga
misoldir. Tanbehni, shu kabi sanksiyani mensimagan, itoat etmagan insonni
birov qattiq tahqirlamasligi, qonuniy jazo bermaligi mumkin, lekin
jamoatchilik, yaqinlar nazaridan qolish ham biz uchun kuchli ma’naviy jazo
bo‘lib, iymonli insonning vijdoni qiynaladi.
Ijtimoiy nazorat
– sanksiyalarning amaldagi ifodasi bo‘lib, bunda turli
vaziyatlar taqozosi bilan sodir bo‘lgan xulqning tashqaridan o‘ziga xos tahlili
va bahosi ro‘y beradi. Ijtimoiy nazoratda ko‘pincha ko‘pchilikning ozchilikka,
kattaning kichikka, rahbarning xodimlarga ta’siri shaklida o‘zaro munosabatlar
sodir bo‘ladi. Ayrim qarorlar qabul qilish jarayonlarida bir shaxsning, davlat
arbobining ko‘pchilikka ta’siri bo‘lishi mumkin, bu masalaning mohiyatiga
bog‘liqdir.
Alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan
ijtimoiy normalar va sanksiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarish
mobaynida xulqida namoyon etadi. Shu ma’noda, psixologiyada rol –
shaxsning aniq hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlari
majmuini ifodalaydi. Inson o‘z hayoida juda ko‘p va murakkab rollarni
bajaradi, bu uning qanday vaziyatlarda faoliyat ko‘rsatayotganiga bog‘liq.
Ba’zan u bir vaqtda bir nechta rollarni ham bajarishi mumkin. Masalan, guruh
sardori oddiy talaba hamdir. Maktab o‘qituvchisi sinfda ham o‘qituvchi, ham
murabbiy, ham shu sinfda ta’lim olayotgan o‘z farzandi uchun ona hamdir.
Oilada bir “qaynona” – kelin uchun qaynona, o‘g‘li uchun – ona, turmush
o‘rtog‘i uchun – rafiqa, nabirasi uchun esa momo rollarini bir vaqtda o‘ynay
oladi. Bu ma’noda shaxsning ijtimoiy xulq-atvori rollar vositasida ham
muvofiqlashtiriladi. Rollararo nizolar yoki qarama-qarshiliklar shaxsni ba’zan
mushkul ahvolga solib qo‘yishi ham mumkin. Hayotda shaxs bajaradigan
rollarning ko‘pligi, ular o‘rtasidagi ayrim xollardagi qarama-qarshiliklar uning
jamiyatdagi statusi – mavqeini turlicha bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Eng muhim va
qadrli mavqe – bu halol mehnati tufayli elu yurt o‘rtasida orttirilgan mavqe,
martabadir.
Har safar talabalarimnikiga qilgan tashrifimdan keyin Mishel bilan har
galgidek “o’rganishni isbotlash” psixologik darslarimga qaytardik. Shu
asnoda Mishel quvonarli holda qatnashardi, biroq u yana shisha idish va
likopcha haqidagi topshiriqdan o’tolmasdi. Suv qanday holda quyilsa, u bir xil
miqdorda qolishini izohlasam, o’g’lim qisqagina ma’qullagandek bo’lardi,
lekin oxiriga kelib u o’zini gapida turib olardi. U takroriy urinishlar tufayli,
odatiy bilimga qarshi chiqayotgandek edi. Ammo u 6 yoshga to’lganida
barcha narsa o’zgardi. Men o’g’limga ilmiy psixologik darslarga tashrif
buyurish vaqti kelganini aytganimda u bajon u-dil rozi bo’lardi va u ” Mendan
shisha idish va likopdagi suv haqida so’raysimi “ deb so’rardi. Albatta ha
dedim, negaki yana shu topshiriqni berishni rejalashtirayotgan edim. “Bu zo’r-
224
ku” u javob qaytarib, “chunki men, xatto suvni quyganizdan keyinham miqdor
bir xil turishini bilardim. Biroq shunga ishonishimni xohlaysimi? Talabalariz
uchunmi?”
119
Dunyoda minglab kasblar borki, ularga nisbatan shakllanadigan
munosabat, kasbning tanlanishi shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida muhim
ahamiyat kasb etadi. Yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashi va to‘g‘ri hayot tarzini
shakllantirishi muammosi o‘zaro chambarchas bo‘lib, ushbu masalaning ijobiy
xal qilinishi jamiyatning ma’naviy hamda iqtisodiy rivojiga turtki bo‘lib xizmat
qiladi. Professional yo‘nalganlik ijtimoiy psixologik xodisa bo‘lib, uni
ta’minlovchi omillarni bilish kasbga to‘g‘ri yo‘naltirishning asosi hisoblanadi.
Alohida ta’kidlash joizki, kasbga yo‘nalganlik jamiyatda ro‘y beradi,
odamlarning bu jarayonga ta’siri kuchli bo‘ladi, lekin aslida har bir shaxs hayot
tarzi va faoliyati nuqtai nazaridan olganda, uni oldindan belgilab, qat’iy
tartibga solish unchalik oson emas. Sodda qilib aytganda, kasb tanlash har bir
insonning shaxsiy ishi va unga bevosita ta’sir ko‘rsatib, bu ishni
loyihalashtirish ancha mushkul.
Shunday bo‘lsada, ushbu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni psixologiya
o‘rganadi.
Oila.
Oilaviy an’analar, ota-onalarning mehnat faoliyati borasidagi
farzandlariga namoyon eta oladigan ibratlari, mehnatkashliklari, o‘z kasbi va
professional faoliyatga munosabatlari, uni e’zozlashlari, xattoki, yaqin
qarindoshlarning nima bilan va qay darajada shug‘ullanishlari kabilar yosh
avlod ongida kasb haqida tasavvurlar hosil qilish bilan birgalikda, istiqbolda
nima bilan shug‘ullanish, kasblar variatsiyasi to‘g‘risida bilimlarga ega
bo‘lishiga turtki bo‘ladi. Shu bois ilk yoshlikdanoq, boladan “Katta
bo‘lganingda kim bo‘lasan?” deb so‘ralsa, u albatta, otasi yoki onasi kasbini,
yoki bo‘lmasa, u uchun aziz bo‘lgan boshqa insonlar (bobosi, tog‘a yoki
amakisi, xola yoki ammasi kabilar) shug‘ullanadigan kasbning nomini aytadi.
119
Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 74-b.
62
-
rasm
Shaxsni kasbga yo‘naltirishda
ijtimoiylashuv institutlarining
rolining ahamiyati qanday
?
225
63-rasm
Ota va onaning oilada o‘z kasblarini
qanchalik e’zozlashlari yoki og‘riniib
ishga borishlari bog‘liq ravishda bolada
professional yo‘nalganlik ijobiy yoki salbiy
obrazlar bilan hamohang bo‘ladi.
Oxirgi yillarda oilaviy shajara masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqdaki,
bu ham oilaning yoshlarda aniq iqtidor va qiziqishga ko‘ra kasb tanlashiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |