Jadval 1.
Turli polimerlarni eruvchanligi
Polimer
|
Erituvchi
|
Cho’ktiruvchi
|
Polietilen, izotaktik polipropilen, polibuten -1
|
n-ksilol, trixlorbenzol, dekan, dekalin
|
Atseton, dietil efir, quyi spirtlar
|
Ataktik polipropilen
|
Uglevodorodlar, izoamilatsetat
|
Etilatsetat, propanol
|
Polistirol
|
Benzol, toluol, xloroform, tsiklogeksanon, butilatsetat, uglerod sulfidi
|
Quyi spirtlar, dietil efiri, atseton
|
Polivinilxlorid
|
Tetragidrofuran, tsiklogeksanon, metiletilketon, dimetilformamid
|
Metanol, atseton, geptan
|
Polivinilatsetat
|
Benzol, xloroform, methanol, atseton, butilatsetat
|
Dietil efiri, petroley efiri, butanol
|
Kraxmal
|
Suv, xloralgidrat, etilendiamin va mis kompleksi
|
Atseton, metanol
|
Poliuretan
|
Chumoli kislotasi, butirolakton, dimetilformamid, krezol
|
Methanol, dietil efiri, uglevodorodlar
|
Yuqorimolekulali birikmalar bo’kishi natijasida ko’p miqdorda erituvchi yutadi va gel hosil qiladi. Agar bu jarayon gomogen eritma hosil bo’lishidan oldin tugasa, chekli bo’kish kuzatiladi, aksi bo’lsa, - cheksiz bo’kish yoki erish kuzatiladi. Bo’kish darajasi polimerlarning kimyoviy tabiatiga va ularning molekulyar massasiga, hamda erituvchining sifatiga, xarortga bog’liq bo’ladi. Choklangan polimerlarni bo’kish darajasiga qarab choklanish darajasini aniqlash mumkin.
1-jadvalda polimerlarni ajratib olish uchun qo’llaniladigan erituvchi va cho’ktiruvchilarga misollar keltirilgan. Ularni birgalikda qo’llash usuli eng avvalo tajriba yo’li bilan topiladi.
Polimerni eruvchanligini aniqlash uchun quyidagi tajribani bajarish mumkin. Kichkina probirkalarga 30-50 mg maydalangan polimer namunasi solinadi, ustiga 1 ml erituvchi quyiladi va bir necha soatga qoldiriladi. Probirkadagi aralashma vaqti-vaqti bilan chayqatib, aralashtirib turiladi. Agar xona haroratida polimer bo’kmasa, aralashmani erituvchini qaynash haroratigacha qizdirish mumkin. Ba’zida eritmani rangi o’zgargani yoki gaz ajralgani kuzatiladi, bu polimerni parchalanganidan dalolat beradi. Agar polimer bo’ksa-yu, erimasa, tajribani boshqa erituvchilar yoki erituvchilar aralashmasi bilan davom ettirish mumkin. Agar boshqa bir nechta erituvchilarda ham polimer faqat chekli bo’ksa, bu polimer to’rsimon tuzilishga ega ekanligidan dalolat beradi.
Erituvchilar aralashmasidan foydalangan vaqtda qiziq hodisani kuzatish mumkin. Masalan, cho’ktiruvchilar aralashmasi erituvchi kabi va aksincha, erituvchilar aralashmasi cho’ktiruvchilar kabi ta’sir ko’rsatishi mumkin. Poliakrilonitril nitrometanda va suvda erimaydi, lekin bu cho’ktiruvchilar aralashmasida esa to’liq erib ketadi. Xuddi shunga o’xshash xossaga polistirol va polivinilxloridlar ham ega: polistirol atseton-geptan aralashmasida erib ketadi, polivinilxlorid esa atseton-uglerod sulfid aralahmasida eriydi.
Polimerlarning ko’pgina eritmalari bir xil erituvchilarda aralashtirilgan vaqtda, ular orasida moyillik kuzatilmaydi. Masalan, polistirolni benzoldagi 10%li eritmasi bilan polivinilatsetatni benzoldagi eritmalari aralashtirilgan vaqtda fazalarga ajralib qoladi. Aralashma avvaliga xiralashadi, keyin to’liq qatlamga ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |