Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab chiqarish



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/195
Sana01.01.2022
Hajmi1,89 Mb.
#303197
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   195
Bog'liq
kasbij pedagogika

2.Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab chiqarish 
jarayonlariga kirishib ketishning  psixologik jihatlari. 
V.A.Suxomlinskiy  ko‘p  yillik  amaliy  tajpibani,  kasbiy-ishlab  chiqarish  faoliyatga 
moslashuvga  oid  qiziqapli  fikplapni  umumlashtipib  va  tahlil  qilib  bunday  deb  yozadi:  "Agap 
o‘quvchi  o‘z  ishini  chuqup  o‘ylab  tahlil  qilsa,  unda  o‘z  tajpibasini  nazapiy  anglashga  qiziqish, 
o‘quvchilapning  bilimi  bilan  o‘zining  kasbiy-ishlab  chiqarish  faoliyatga  moslashuvi  o‘ptasidagi 
sabab-oqibat  aloqalapini  izohlashga  qiziqish  paydo  bo‘lmasligi  mumkin  emas".  Bo‘lg‘usi 
mutaxassis  -  o‘quvchining    kasbiy  tayyopgapligiga,  uning  yosh  fiziologiyasi  va  psixologiyasi 
asoslapiga oid bilimlapni egallab olishiga katta ahamiyat bepib "qat’iy psixologik negizsiz kasbiy-
ishlab chiqarish faoliyatga moslashuv  yo‘q", deb hisoblaydi. 
Psixolog olimlarning fikricha xar qanday shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga 
oshiriladi: 
1)  faaliyat  sohasi,  ya’ni  umri  mobaynida  shaxs  turli  faoliyatlarga  bevosita  yoki  bilvosita 
jalb  etilgan  bo‘lib,  bu  jarayonda  faoliyatlar  jabxasi,  soxasi  kengayib,  boyib  boraveradi.  Har  bir 
faoliyat  turi  individdan  maxsus  fazilatlarni,  malaka  va  ko‘nikmalarni,  bilimlarni  talab  etadiki, 
ularni qoniqtirish  yo‘lidagi aktivligi unda o‘ziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini 
shakllantiradi; 
2) muloqot  sohasi,  ayniqsa  maktabgacha  yosh  davrdagi va  o‘smirlik davrlaridagi muloqot 
sistemalari  bolada  bir  qancha  ijtimoiy-psixologik  xislatlarni  paydo  qiladiki,  buning  natijasida  u 
faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi. 
3)  o‘z-o‘zini  anglash  sohasi,  ya’ni  ''Men"  obrazining  yil  sayin  o‘zgarib  borishi  jarayoni 
bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan  farqliligini,  o‘zicha  mustaqil harakat qilish,  mustaqil  fikr  yurita 
olish  qobiliyatini  anglash,  so‘ngra  esa  o‘z-o‘zini  baholash,  anglash,  nazorat  qilish-  xususiyatlari 
rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir. 
Shaxs ijtimoiylashuvining ushbu bosqichlari mavjud.  
Birinchi  bosqich—mehnat  faoliyatigacha  bo‘lgan  bosqich  bo‘lib,  unga  bolaning 
maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va 
o‘ziga  xosligi  shundaki,  bu  davrda  asosan  tashqi  ijtimoiy  muhit,  ijtimoiy  ta’sirlar  faol  ravishda 
ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim bosqich o‘tiladi.  
Ikkinchi  bosqich  —  mehnat  faoliyati  davri  —  bu  davr  odamning  yetuklik  yillari  bilan 
bog‘liq bo‘lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faol faoliyatda, shaxslararo 
munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bo‘lib, aniq hayot yo‘lini tanlagan, turmush 


 
72 
qurib, kelgusi avlodni tarbiyalayotgan shaxsda namoyon bo‘ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar  shu 
davrning mahsulidir.  
Uchinchi  bosqich  —  mehnat  faoliyatidan  keyingi  davr  bo‘lib,  bunga  asosan  aktiv  mehnat 
faoliyatidan  so‘ng  qarilik  gashtini  surayotganlar  kiradi.  Bu  davrda  ham  shaxs  ijtimoiylashuvi 
davom  etaveradi,  chunki  endi  ilgarigi  davrlarda  orttirilgan  tajriba  boshqalarga  uzatiladi,  shunga 
ko‘ra shaxs strukturasida ham xususiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. 
Kichik  mutaxassislarning  o‘qishni  tugatgandan  so‘ng  korxonalarda  ishlab  chiqarish 
jarayonlariga  kirishib  ketishning    psixologik  jihatlari  shaxs  ijtimoiylashuvining  ikkinchi 
bosqichida aniq namayon bo‘ladi. 
Kichik  mutaxassislarning  o‘qishni  tugatgandan  so‘ng  korxonalarda  ishlab  chiqarish 
jarayonlariga  qay  darajada  kirishib  ketishi  ularning  yuqorida  ko‘rib  o‘tilgan  ijtimoiy  sifatlaridan 
tashqari  shaxsning  psixologik  sifatlari  shaxs  bo‘lgan    toifalari  va  ularning  ijtimoiy  psixologik 
xarakteristikasiga ham bog‘liq. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish