2.Kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlash mezonlari.
Kasb-hunar ta’limi
ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayon o‘quvchilarning
imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual kasbga yo‘naltirilgan
ta’lim olishiga, kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab
olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini berishga qaratilgan
o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatini, ta’lim oluvchilarning bilim, amaliy
ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni amaliyotga qo‘llashni o‘z ichiga qamrab oladi.
Samarali o‘qitishning muhim shartlari: ta’lim oluvchilarning qiziqish faoliyatining
aktivligini o‘quv jarayonining sifati deb qarash lozim. Bu esa o‘z navbatida ta’lim oluvchining
o‘qishga bo‘lgan munosabatini, uni samarali o‘zlashtirishga, bilim va malakasini oshirishga
intilishi, o‘z navbatida mehnat qilishga bo‘lgan irodaviy jihatlarni rivojlantirishga va olgan
bilimlaridan estetik qoniqishga olib keladi.
Ta’lim oluvchining xarakteriga mos ravishda ularning bilim egallashga intilishi va
aktivligi darajalari turlicha bo‘ladi. Lekin shu
bilan birga ta’lim oluvchilar passiv bo‘lsa, o‘qitish
jarayonini amalga oshirish qiyin kechadi.
Ta’lim oluvchining berilayotgan bilimlarni qabul qilish aktivligi uning shaxs sifatida
shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Natijada ta’lim oluvchida o‘z-o‘ziga, mehnatiga, boshqa
shaxslarga, jamiyatga, ishlab chiqarishga, atrof muhitga munosabati shakllanib boradi.
Talim jarayoni samaradorligiga ta’sir qiluvchi eng muhim omillardan biri o‘quv
materialining ma’zmuni va uning to‘g‘ri tanlanishi.
Beriladigan bilim mazmuni o‘quv dasturi, Davlat ta’lim standartida belgilangan bo‘lib,
uning tarkibini ijtimoiy – iqtisodiy maqsadlar, davlat buyurtmasi, pedagogik tizim belgilaydi.
Pedagogik jarayon faqat ta’limning mazmunliligiga emas, balki uning qonuniyligiga ham ta’sir
ko‘rsatadi.
a)
pedagogik jarayonning maqsadi va vazifalariga qarab mazmun belgilanmasa, ta’lim
oluvchilarning o‘zlashtirishlari qiyin kechadi va pedagogik jarayondagi nazariya bilan amaliyot
orasida bog‘liqlik yo‘qoladi.
b)
guruhdagi o‘quvchilarning shaxsiy imkoniyatidan kelib chiqib o‘qituvchi pedagogik
jarayonning o‘zaro bog‘liqligini buzmagan holda dasturga mantiqiy o‘zgartirishlar kiritib ta’lim
maqsadiga erishiladi. Ko‘pincha o‘quv jarayonining sifati butun pedagogik jarayonidan
samaradorlikka bog‘liq.
Фаннинг номи:
1. Тушунтириш хати.
Do'stlaringiz bilan baham: |