Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


-Mavzu: Kasb-hunar ta’limining huquqiy- meyoriy asoslari



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/195
Sana01.01.2022
Hajmi1,89 Mb.
#303197
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   195
Bog'liq
kasbij pedagogika

6-Mavzu: Kasb-hunar ta’limining huquqiy- meyoriy asoslari. 
Reja: 
1.Kasb-hunar ta’limining huquqiy-meyoriy asoslarini qamrab olishi. 
2.  O‘zbekiston  Respublikasininng  ta’lim    tizimi,  shu  jumladan  kasb-hunar 
pedagogikasining metodologik asoslari.
 
3. Tasniflagichdan quyidagi vazifalarni hal etishda foydalanish. 
1.
 
Kasb-hunar ta’limining huquqiy-meyoriy asoslari qamrab olishi. 
 Ta’lim - bilim berish, malaka va ko‘nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga, mehnatga 
tayyorlashning  asosiy  vositasidir.  Ta’lim  jarayonida  ma’lumot  o‘zlashtiriladi  va  tarbiya  amalga 
oshiriladi. 
Ta’lim  tor  ma’noda  o‘qitish  tushunchasini  anglatadi.  Lekin  u  faqat  turli  o‘quv  yurtlarida 
o‘qitish  jarayonigina  emas,  balki  hayot
,
  oila,  mahalla,  ishlab  chiqarish  jamoasi  va  shu  kabi 
sohalarda ham ma’lumot o‘zlashtirish jarayonidir. 
Kasb-hunar  ta’limining  metodologik  asosini  dialektik  bilish  nazariyasi  tashkil  etadi.  Shu 
o‘rinda  kasb-hunar  ta’limi  pedagogikasida  keng  ko‘lamda  qo‘llaniladigan  ba’zi  bir  asosiy 
tushunchalarga baholi qudrat izoh berib o‘tish lozim. Chunki ishlatilayotgan tushuncha mohiyatini 
bilmasdan  ta’lim-tarbiya ishida samaraga erishib bo‘lmasligi hayotiy haqiqatdir. 
Kasb  –  ish-  faoliyatning  ma’lum  tajriba,  tayyorgarlik  talab  etadigan  turi,  sohasi.  Kasb-
hunar  sirlarini  egallashga  umumilmiy,  umumkasbiy,  maxsus  ma’lumotlar  hamda  amaliy  xatti-
harakat usullari va shaxsiy fazilatlarini o‘zlashtirish orqali erishiladi. 
Kasb  o‘ziga  mehnat  faoliyatining  tor  doirasi  bilan  tavsiflanuvchi  ixtisosliklarni 
mujassamlashtiradi.  Ba’zi  kasblar  o‘ziga  bir  qancha  ixtisosliklarni  qamrab  olishi  ham  mumkin. 
Masalan, o‘qituvchilik kasbi o‘qitiladigan o‘quv predmetlariga binoan: umumta’lim, umumtexnik, 


 
24 
maxsus  fanlar  bo‘yicha  o‘qituvchiliklariga  bo‘linishini  ko‘rsatishning  o‘zi  kifoY.  Kasb  va 
ixtisoslik  shaxsning  muntazam  ravishda  ma’lum  turdagi  ish  bilan  shug‘ullanish  metodlarini 
o‘zlashtirib borishni ifodalaydi. 
Metod    iborasi  (yunoncha  –  methodas  –  tadqiqot  yoki  bilish  yo‘li,  nazariya,  ta’limot 
ma’nosini anglatib) voqelikni bilish, o‘zlashtirish, o‘zgartirish usullari majmuasidir. Metod aslida 
insonning amaliy faoliyati negizida vujudga kelgan. 
Metodika - pedagogikaning o‘qitish qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga 
oshirish 
va 
natijalarini 
nazorat 
qilib 
baholash 
metod 
hamda 
vositalarini 
o‘zida  
mujassamlashtiruvchi  fan  tarmog‘idir.  N.S.  Sayidaxmedov  fikricha,”  metodika  o‘quv  jarayonini 
tashkil  etish  va  o‘tkazish  bo‘yicha  tavsiyalar  majmuasidir.  Metodikadan  ko‘zlangan  maqsad 
predmet mavzulariga oid nazariyalarni, aniq hodisalar tekisligiga ko‘chirishdir”
3
 
Metodologiya – “metod” va “logiya” iboralarining birligida bilish faoliyati usuli, vositalari 
va  mantiqiy  tartibi  haqidagi  ta’limot  ma’nosini  anglatadi.  Demak,  metodologiya  har  qanday 
faoliyatning  zaruriy  tashkiliy  komponentidir.  Shu  jihatdan  metodologik  bilimlar,  eng  avvalo, 
muayyan  faoliyat  turlarining  mazmuni  va  izchilligini  o‘ziga  qamrab  olib,  odat  hamda  meyorlar 
shaklida, ikkinchidan, amalda bajariladigan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Har ikkala 
holda ham bilimning asosiy  vazifasi bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki biror 
obyektni amaliy o‘zgartirishdan iborat. 
Demak,  kasb-hunar  ta’limi  pedagogikasi  ijtimoiy  hayotning  ma’lum  sohasida  faoliyat 
ko‘rsatish  uchun  zarur  bo‘lgan  bilim,  amaliy  va  shaxsiy  fazilatlarni  shakllantirish  qonuniyatlari, 
qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmuni haqidagi pedagogikaning muhim tarmog‘idir. 
Ta’lim ilm berish va tarbiyalashni o‘ziga qamrab olib, respublikaning aql--zakovat va ilm 
borasidagi  kuch-  quvvatini  rivojlantirish,  jamiyat,  oila  va  davlat  oldidagi  o‘z  mas’uliyatini 
anglaydigan,  har  jihatdan  barkamol,  erkin  shaxsni  shakllantirish  maqsadini  ko‘zlaydi.  Shuning 
uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish