67
me‗yorlari‖ga muvofiq loyihalash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan ob‗ekt qurilishining
me‗yoriy muddati hisoblanadi.
Loyihalash tashkilotlari loyiha-smeta hujjatlarida tayyorlash muddatlarini ajratgan holda
qurilish muddati me‗yorini ko‗rsatishlari shart. Loyiha-smeta hujjatlarida qurilish muddati
me‗yori ko‗rsatilmagan taqdirda, buyurtmachi loyihalash tashkilotidan muayyan ob‗ekt
bo‗yicha qurilish muddatining me‗yori to‗g‗risida xulosa olishga majbur.
Me‗yordagi muddatda o‗rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig‗ini to‗lovchilar
bo‗lib kapital mablag‗lar hisobiga qayta jihozlanadigan ob‗ektlarda montaj qilish talab
qilinadigan va o‗rnatishga belgilangan texnologik, energetik va ishlab chiqarish uskunalari
bo‗lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
Me‗yordagi muddatda o‗rnatilmagan uskunalar uchun soliq solish ob‗ekti bo‗lib
o‗rnatishga belgilangan uskunalar qiymati hisoblanadi, ular qatoriga montaj qilishni talab
qiladigan, faqat qismlarini yig‗ish va poydevorga yoki ustunlarga, polga, qavatlararo
to‗siqlarga va boshqa bino va inshootlarni ko‗tarib turuvchi konstruktsiyalarga o‗rnatiladigan
uskunalar hamda uskunalarni hisobga olish hisobvarag‗ida hisoblanadigan shunday
uskunalarning ehtiyot qismlar to‗plami (me‗yordagi muddatda o‗rnatilmagan uskunalar
qismida) hisoblanadi. Ushbu uskunalar tarkibiga o‗rnatiladigan uskunalar qatorida montaj
qilish uchun belgilangan nazorat-o‗lchov apparaturasi yoki boshqa asboblar ham kiradi.
Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishida tasdiqlangan qurilish muddati va tayyorlab
qo‗yilgan zaxiralar me‗yoriga muvofiq har bir ob‗ekt bo‗yicha texnologik yoki boshqa
uskunalarni etkazib berish va montaj qilish jadvali belgilangan bo‗lishi lozim.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarni etkazib berish va
montaj qilish jadvalida quyidagi muddatlarda topshirish hisobga olinadi:
yirik texnologiya va energetika uskunalari - ularni nomma-nom ro‗yxatlari bo‗yicha
montaj qilish va etkazib berish jadvallarining rejadagi muddati o‗tib ketgandan keyin;
texnologiya uskunalari, texnologiya liniyalari, qurilmalar va boshqa umumzavod
uskunalari - uskunalarni montajga topshirishining rejadagi muddati o‗tgandan keyin, lekin olti
oydan ortiq bo‗lmagan muddatda;
komplekt import uskunalari - ularni montajga topshirishning rejadagi muddati o‗tib
ketgandan keyin, lekin bir yildan ortiq bo‗lmagan muddatga, agar texnik shart-sharoitlariga
ko‗ra uskunani qismlar bo‗yicha montaj qilish mumkin bo‗lmasa, ularni montajga topshirish
muddati uskunalar butun komplektining kelib tushishi paytidan hisoblanadi;
qismlarga ajratilgan import uskunalari, shuningdek kabel mahsulotlari, simlar va
troslar - ularni montajga topshirishning rejadagi muddati o‗tgandan keyin, lekin olti oydan
ortiq bo‗lmagan muddatda.
Uskunalarni montaj qilish va o‗rnatish uchun me‗yorlar va jadvallar bo‗lmaganida soliq
quyidagi muddatlarda to‗lanadi:
- ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob‗ektlar bo‗yicha mamlakatimizda ishlab chiqarilgan
va import qilingan uskunalarning o‗rnatilmaganligi uchun - sotib olinganiga bir yillik muddat
to‗lganidan keyingi oydan boshlab;
- noishlab chiqarish maqsadlaridagi ob‗ektlar bo‗yicha - sotib olinganiga olti oy
tugagandan keyin;
Uskunalarni etkazib berish va montaj qilishning yuqorida ko‗rsatilgan muddatlarini
buzganligi uchun korxona va tashkilotlar, O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollardan tashqari, mol-mulk solig‗ini ikki baravar ko‗paytirilgan stavka
bo‗yicha to‗laydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: