60
tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importchilariga – nominal qiymati
bo‗yicha aktsiz markalari to‗liq to‗langanidan va aktsiz solig‗i to‗liq hajmda to‗langanidan
keyin beradilar.
Ishlab chiqaruvchilar va importchilar nominal qiymati bo‗yicha xarid qiladigan aktsiz
markalari uchun pul mablag‗lari respublika byudjetiga kiritiladi va aktsiz solig‗ini to‗lash
chog‗ida aktsiz markalarining qiymati hisobiga olinmaydi.
Aktsiz markalarining nominal qiymatini O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
―Davlat belgisi‖ DIChB hisob-kitoblari bo‗yicha tasdiqlaydi.
―Davlat belgisi‖ DIChBning aktsiz markalarini ishlab chiqarishga doir xarajatlarini
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika byudjeti mablag‗lari hisobiga ularning
nominal qiymati doirasida qoplaydi.
Respublikadan tashqariga eksport qilinadigan:
respublika hududiga bojsiz savdo do‗konlari uchun olib kelinadigan;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bo‗lganda ko‗rgazmalar
o‗tkazish uchun olib kelinadigan;
O‗zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro tranzit bo‗yicha olib kelinadigan va olib
chiqish uchun mo‗ljallangan;
Jismoniy shaxslar tomonidan O‗zbekiston Respublikasi hududiga O‗zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan aktsizsiz olib kelish me‗yorlari doirasida olib
kelinadigan (jo‗natiladigan) aktsizosti tovarlari majburiy tarzda markalanmaydi.
Respublika hududida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan pivo O‗zbekiston
Respublikasining aktsiz markalari bilan markalanmaydi.
Respublikaga ko‗rgazmalar o‗tkazish uchun olib kelingan aktsiz tovarlari, ular
ko‗rgazmalar yakunlanganidan keyin O‗zbekiston Respublikasi hududida sotilgan taqdirda,
O‗zbekiston Respublikasi aktsiz markalari bilan majburiy tarzda markalanishi kerak va ular
bo‗yicha umumiy belgilangan tartibda aktsiz solig‗i to‗lanadi.
Aktsiz markalari ishlab chiqariladigan va import qilinadigan aktsiz tovarlarining
turlariga bog‗liq ravishda harfiy va raqamli belgilar bilan markalanadi hamda quyidagi
turlarga bo‗linadi:
-
IM – mahsulot O‗zbekiston Republikasi hududiga import bo‗yicha olib kelingan;
-
O‗Z – mahsulot O‗zbekiston Republikasi hududida ishlab chiqarilgan;
-
98 – dastlabki ikki belgi – aktsiz markasi bosib chiqarilgan yil;
-
01 yoki 001 – keyingi ikki yoki uchta belgi – ishlab chiqaruvchi korxonalarga
(importchilarga) tegishlicha tamaki mahsuloti yoki alkogolli ichimlik bo‗yicha beriladigan
kod raqamlari;
-
4 raqam belgisi aktsiz markalarida tamaki mahsulotini bildiradi;
-
5 raqam belgisi aktsiz markalarida alkogolli mahsulotni bildiradi;
-
98 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar O‗zbekiston Respublikasi hududiga aktsiz
tovarlari mayda turkumlar bilan olib kelinganligini anglatadi;
-
99 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar musodara qilingan aktsiz tovarlari anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: