Yer solig„ini hisoblab chiqarish va byudjetga to„lash muddatlari. Yer solig‗i yuridik
shaxslar tomonidan har yili 1 yanvargacha bo‗lgan holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi
va soliq bo‗yicha hisob-kitoblar er uchastkasi joylashgan hududdagi davlat soliq organiga
joriy yilning 15 fevraligacha qishloq xo‗jaligi ahamiyatiga ega bo‗lmagan hamda qishloq
xo‗jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun belgilangan shakllar bo‗yicha taqdim etiladi.
86
Bo‗shatib olinayotgan mablag‗lardan muayyan maqsadlar uchun foydalanish sharti
bilan imtiyozlar olgan yuridik shaxslar soliq to‗lovchilar uchun belgilangan shakl bo‗yicha va
muddatlarda yer solig‗i hisob-kitobini taqdim etadilar.
Yuridik shaxs hisoblangan dehqon xo‗jaliklari hisoblab yozilgan yer solig‗i umumiy
summasining 95%ini byudjetga, 5%ini esa dehqon va fermer xo‗jaliklarini qo‗llab-quvvatlash
jamg‗armasiga to‗laydilar. Hisob-kitoblarda Jamg‗armaga to‗lanadigan summa alohida satrda
aks ettiriladi.
Yer solig‗ini hisoblab chiqarish yer uchastkasi haqiqatda egallagan maydondan kelib
chiqib amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarining umumiy maydonlari to‗g‗risidagi ma‗lumotlar yer uchastkasiga
bo‗lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar yoki yerlarni inventarizatsiyalash dalolatnomalari
bo‗yicha qabul qilinadi.
Yil davomida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga mulk huquqi, yerga egalik qilish
huquqi, yerdan foydalanish huquqi vujudga kelgan (bekor bo‗lgan) taqdirda, shuningdek ular
foydalanayotgan yer maydoni kengaygan (kamaygan) yoki yer solig‗i bo‗yicha imtiyoz
huquqlari to‗xtatib qo‗yilgan (paydo bo‗lgan) hollarda ular yer uchastkasi ajratilgan (olib
qo‗yilgan) yoki imtiyozlar to‗xtatilgan (paydo bo‗lgan) kundan e‗tiboran bir oydan
kechiktirmay davlat soliq organlariga yer solig‗i bo‗yicha hisob-kitoblarni taqdim etishlari
shart.
Hisobot yili davomida yer mulklari tarkibida o‗zgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar
davlat soliq organlariga yer solig‗i to‗lanadigan hisobot yilining 1 noyabriga qadar yer
solig‗ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etadilar.
Agar alohida bino bir necha yuridik shaxsning balansida bo‗lsa, yer solig‗ini har bir
yuridik shaxs alohida, egallagan ishlab chiqarish xonalariga mutanosib ravishda to‗laydi.
Ko‗p qavatli turar joylarning bir qismini egallagan yuridik shaxslar yer solig‗ini turar
joy egallagan umumiy maydondan va mazkur yuridik shaxs tomonidan foydalaniladigan
ishlab chiqarish xonalarining hissasidan kelib chiqib hisoblab chiqaradilar.
Yuridik shaxslar (qishloq xo‗jaligi korxonalaridan tashqari) soliqni har chorakda,
chorak ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlar bilan to‗laydilar (15 fevral, 15 may, 15
avgust, 15 noyabr).
Agar yuridik shaxs yer uchastkasini hisobot choragi uchun to‗lash muddati tugaganidan
keyin olgan bo‗lsa, ushbu davr uchun soliqni to‗lash muddati bo‗lib keyingi chorak uchun
soliq to‗lash muddati hisoblanadi.
Yagona yer solig‗ini to‗lashga o‗tmagan qishloq xo‗jaligi korxonalari yer solig‗ini
hisobot yilining 1 iyuliga qadar – yillik soliq summasining 20 foizini, hisobot yilining
1sentyabriga qadar – yillik soliq summasining 30 foizini va hisobot yilining 1 dekabriga qadar
– hisoblangan soliqning qolgan (50 foizi) summasini to‗lashni amalga oshiradi.
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan
keyingi oydan boshlab to‗lanadi. (Masalan, vakolatli hokimiyat organining 15 avgustdagi
qarori bilan korxonaga yer ajratilsa, u yer solig‗ini 1 sentyabrdan boshlab to‗laydi).
Yuridik shaxslarga yer solig‗i bo‗yicha imtiyoz belgilansa, ular ushbu huquq paydo
bo‗lgan oydan boshlab soliq to‗lashni to‗xtatadilar. Yer solig‗i bo‗yicha imtiyoz huquqi
to‗xtatilgan taqdirda ular yer solig‗ini ushbu huquq to‗xtatilgan oydan keyingi oydan boshlab
to‗laydilar.
Soliq to‗lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari to‗langan taqdirda, agar boshqa
soliqlar va yig‗imlar bo‗yicha qarz mavjud bo‗lmasa, ushbu summalar soliq to‗lovchiga o‗ttiz
kun ichida uning yozma arizasi bo‗yicha qaytariladi yoki bo‗lg‗usi to‗lovlar hisobiga qayd
etiladi. Yer solig‗i, soliq to‗lovchining joylashgan yeridan qat‘i nazar, hududida yer
uchastkasi joylashgan tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga to‗lanadi. Agar yer
uchastkasi ham tuman, ham shahar hududida joylashgan bo‗lsa, soliq xuddi shu tartibda
to‗lanadi. Yuridik shaxslarning byudjet bilan yer solig‗i bo‗yicha hisob-kitoblari buxgalteriya
hisobi byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‗ida yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |