Yer solig„i bo„yicha imtiyozlar. Soliq kodeksining 282-moddasiga ko‘ra soliq
solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi:
a) jamoa bog‗dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligining, jamoa garajlarining umumiy
foydalanishdagi yerlari. Ularga borish yo‗llari, ariqlar, kollektorlar va umumiy
foydalanishdagi boshqa yerlar kiradi;
b) tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik yerlar (davlat qo‗riqxonalari, milliy va
dendrologiya bog‗lari, botanika bog‗lari, zakazniklar, ov qilishga mo‗ljallanganlari bundan
mustasno, tabiat yodgorliklari), korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda
maxsus maqsadlar uchun berilgan, ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
v) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (tegishli muassasalar va tashkilotlarga
doimiy foydalanishga berilgan tarixiy-madaniy qo‗riqxonalar, xotira bog‗lari, arxeologiya
yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar);
g) suv fondi yerlari (daryolar, ko‗llar, suv omborlari, kanallar, dengizlar, muzliklar,
botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xo‗jaligi inshootlari egallagan erlar, shuningdek suv
havzalari sohilidagi suv xo‗jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga
belgilangan tartibda berilgan yerlar);
d) elektr uzatish liniyalari, podstantsiyalar, umumdavlat aloqa liniyalari va ularning
inshootlari egallagan yerlar.
e) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‗llari va ularning inshootlari egallagan yerlar.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‗llariga O‗zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan
belgilangan tartibda ularning indekslari va tartib raqamlarini ko‗rsatgan holda tegishli
ro‗yxatlarga kiritilgan avtomobil yo‗llari taalluqlidir.
Avtomobil yo‗llarining inshootlariga ko‗priklar, yo‗l chetidagi ariqlar, yon tomondagi
zaxira erlar, ko‗tarma ortidagi ariqlar va ko‗tarmalar, tog‗dagi suv ajratish kanallari, avtobus
bekatlari, tushishlar, traktor yo‗llari, piyodalar va velosiped yo‗laklari, o‗pirilish, sel,
ko‗chkiga qarshi va avtomobil yo‗llari uchun ajratilgan erlarda joylashtirilgan boshqa himoya
inshootlari kiradi;
j) temir yo‗llarning umumiy tarmog‗i va ularning inshootlari egallagan yerlar.
Sanoat va boshqa korxonalarga o‗tkazilgan temir yo‗llar egallagan yerlar uchun soliq
belgilangan tartibda to‗lanadi.
Temir yo‗llarning inshootlari tarkibiga zaxiralar, tuproqtepalar, yo‗ldagi suv ajratish,
mustahkamlash va tutib turish inshootlari, yo‗llar bo‗ylab qordan himoyalash va qumni
mustahkamlash polosalari, tortish podstantsiyalari, tonnellar va shu singari sun‘iy inshootlar
va yo‗l qurilmalari kiradi;
z) umumiy foydalanishdagi shahar elektr transporti yo‗llari va metropoliten liniyalari
(shu jumladan, metropoliten bekatlari egallagan erlar) va ularning inshootlari egallagan yerlar.
Mazkur imtiyoz tramvay yo‗llari va trolleybus liniyalari, metropoliten liniyalari, tramvay va
trolleybus bekatlari, shu jumladan dispetcherlik punktlari, metropoliten bekatlari va shahar
elektr transporti yo‗llaridagi boshqa inshootlar egallagan yerlarga tatbiq etiladi. Ma‗muriy va
84
boshqa yordamchi binolar, depolar (depo hududida joylashgan elektr transporti yo‗llari va
metropoliten liniyalari egallagan erlardan tashqari), qurilish va ta‗mirlash ob‗ektlari egallagan
yerlar uchun soliq belgilangan tartibda to‗lanadi;
i) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suzish havzalari, sportning texnik
turlari ob‗ektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sog‗lomlashtirish komplekslari, onalar va
bolalarning dam olish va sog‗lomlashtirish joylari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish
uylari, o‗quv-mashq bazalari egallagan yerlar;
k) magistral suv quvurlari, magistral kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari,
suv olish va tozalash inshootlari, shuningdek suv ta‗minoti va kanalizatsiyaga tegishli boshqa
ob‗ektlar egallagan yerlar. Suv ta‗minoti va kanalizatsiyaga tegishli boshqa ob‗ektlar tarkibiga
aholi punktlarida suv quvuri va kanalizatsiya tarmog‗idagi nasos stantsiyalari, kuzatish
quduqlari va dyukerlar, suv minoralari va shu singari inshootlar kiradi;
l) magistral gaz va neft quvurlari va ularning inshootlari egallagan yerlar;
m) magistral issiqlik trassalari va ularning inshootlari egallagan yerlar. Issiqlik
trassalarining inshootlariga nasos stantsiyalari, issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish
asboblari, isitkichlar, issiq suv ta‗minotining tsirkulyatsiya nasoslari kiradi;
n) samolyotlarning uchish-qo‗nish maydonlari, shu jumladan ularni erda boshqarish
yo‗laklari va to‗xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-
yoritish uskunalari joylashgan yerlar;
o) O‗zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan ob‗ektlar qurilishi
uchun ajratilgan erlar - qurilishning me‗yoriy muddati davriga, shuningdek Vazirlar
Mahkamasining qarori bilan qurilish ishlari to‗xtatib qo‗yilgan ob‗ektlar egallagan erlar.
Investitsiya dasturiga kiritilgan ob‗ektlar qurilishining me‗yoriy muddati tugagach,
shuningdek to‗xtatib qo‗yilgan ob‗ektlarni qurish davom etilgan yoki ular faoliyat ko‗rsata
boshlagan hollarda er solig‗i qurilishning me‗yoriy muddati tugashidan yoki ob‗ekt qurilishi
yoxud undan foydalanish boshlanganidan keyingi oydan boshlab to‗lana boshlaydi.
Investitsiya dasturiga kiritilgan ob‗ektlar qurilishiga ajratilgan er uchastkalariga soliq
solinmaydi. Agar Investitsiya dasturiga ko‗ra korxona, uning alohida tsexlarini ta‗mirlash
yoki qayta jihozlash nazarda tutilgan bo‗lsa, bunday hollarda mazkur imtiyoz qo‗llanmaydi;
p) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stantsiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
r) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‗jaligi ahamiyatiga molik va o‗rmon fondidagi erlari,
qishloq xo‗jaligi va o‗rmon xo‗jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‗quv
yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‗quv-tajriba xo‗jaliklarining bevosita ilmiy va
o‗quv maqsadlari uchun foydalaniladigan erlari. Ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi
navlar selektsiyasini amalga oshirish hamda mavzu doirasi tasdiqlangan boshqa ilmiy va
o‗quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar va ko‗chatlar egallagan yer uchastkalari
soliq to‗lashdan ozod etiladi;
s) yangi o‗zlashtirilayotgan erlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari olib
borilayotgan sug‗oriladigan yerlar - loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar
boshlanganidan e‗tiboran ko‗pi bilan besh yilga;
t) rekreatsion ahamiyatga molik erlar (aholining ommaviy dam olishi va turizmni tashkil
etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yerlar: o‗rmon bog‗lari, bog‗lar, xiyobonlar,
plyajlar va hokazolar).
Bunda muassasa deganda mulkdor tomonidan boshqarish, ijtimoiy-madaniy yoki
notijorat tusidagi boshqa funktsiyalarni bajarish uchun tashkil etilgan holda u tomonidan
to‗liq yoki qisman moliyalanadigan tashkilot tan olinadi;
u) sog‗lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (kasalliklarning oldini olish va odamlarni
davolash ishini tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga ega bo‗lgan yerlar);
f) qishloq xo‗jalik va o‗rmon xo‗jaligi korxonalari hamda tashkilotlarining o‗rmonlar va
ihotazorlar, ta‗lim, madaniyat va sog‗liqni saqlash ob‗ektlari, shuningdek sport inshootlari
egallagan yerlari;
85
x) qishloq xo‗jalik korxonalarining yangi o‗tqazilgan bog‗ va uzumzorlari - ular meva
qilish davriga kirishigacha, qishloq xo‗jalik ekinlari ekish uchun qator oralaridan
foydalanilishidan qat‘i nazar.
Yangi tut ko‗chatlari o‗tqazilgan er uchastkalari - qator oralaridan qishloq xo‗jalik
ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat‘i nazar, 3 yil muddatga. Shu munosabat bilan
bahorda o‗tqazilgan tut ko‗chatlari soliq to‗lashdan uch yilga ozod qilinadi, bunga ko‗chat
o‗tqazilgan yil ham kiradi. Kuzda o‗tqazilgan ko‗chatlar o‗tqazilgan yildan keyingi yildan
boshlab uch yilga soliq to‗lashdan ozod qilinadi;
ch) soliq to‗lovchining balansida bo‗lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida
foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob‗ektlar egallagan
yerlar. Fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob‗ektlar egallagan yerlar
maydoni haqiqatda egallagan maydondan kelib chiqib qabul qilinadi.
Agar soliq solinmaydigan yer uchastkasi maqsadga ko‗ra foydalanilmasa, ushbu
maydon uchun yer solig‗i belgilangan tartibda to‗lanadi. Bunday yer uchastkasidan qishloq
xo‗jalik ekinlari va ko‗chatlarni parvarishlash uchun foydalanilsa, soliq qishloq xo‗jaligi
ahamiyatiga molik yerlar uchun stavkalar bo‗yicha to‗lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |