Guliston davlat universiteti jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat kafedrasi jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari


Oddiy oqsillarnig hazm bo’lishi va so’rilishining buzilishi



Download 0,94 Mb.
bet68/80
Sana09.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#766782
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv -uslubiy majmua

Oddiy oqsillarnig hazm bo’lishi va so’rilishining buzilishi. Oqsil oziq-ovqat ratsionining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ovqat bilan me’da-ichak yo’llariga kirgan oqsil ovqat hazm qilish shiralaridagi fermentlar ta’sirida parchalanadi (singiydi). Oziq-ovqatdagi oqsil aminokislotagacha parchalanib, ichak orqali qonga o’tadi. Shunday qilib, oziq-ovqatdagi oqsil o’ziga xos ko’rinishini yo’qotadi, undan hosil bo’lgan aminokislotalardan organizm o’ziga mos – strukturali, fermentli va h.k. oqsilni vujudga keltiradi. Ba’zi oqsil- ning me’da-ichak yo’lida chala parchalanishi ancha og’ir kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin.
Nazorat savollari.
1. O’ta charchashga ta’rif bering.
2. Qayta tilash vositalarining tasnifini ta’riflab bering.
3. Pedagogik tiklash vositalariga nimalar kiradi?
4. Psixologik tiklash vositalariga nimalar kiradi?
5. Tibbiy tiklash vositalariga nimalar kiradi?
6. Oqsilga yolchimaslik va u bilan bog’liq bo’lgan kamchiliklarni ta’riflab bering.
7. Farmakologik tiklash vositalari haqida nimalar bilasiz?
8. Fizik tiklash vositalari haqida nimalar bilasiz?
9. Giperbarik oksigenatsiya nima?


2-savol bo’yicha dars maqsadi:
Organizmga kerakli bo’lgan kaloriya to’g’risida tushunchaga ega.
Oqsillarni sintezlanishini biladi.
Gormonlarning oqsil almashinuvida ishtirok etishini biladi.


2-savolning bayoni: Oqsilga yolchimaslik va u bilan bog’liq bo’lgan kamchiliklar. Odam organizmning oqsilga yolchimasligiga quyidagi omillar sabab bo’lishi mumkin: oqsilning organizmga oziq-ovqatlar bilan etarli miqdorda kirmasligi, oziqli oqsilning chala hazm bo’lishi va yaxshi so’rilmasligi (kuchli ich ketishi, dispepsiya, dizenteriya, chillashir, ovqat hazm qilish bezlari funktsiyasining buzilishi) oqsilning organizmda juda kuchli almashinuvi, binobarin, fiziologik holatlari (homiladorlik, laktatsiya va b.da) kuyganda, suyak singanda, xirurgik operatsiyalarda, infektsion kasalliklarda va b.da sodir bo’ladigan stress (tanglik) holatlarida unga bo’lgan ehtiyojning yuqoriligi, turli kasalliklarda, masalan, nefroz, qon yo’qotish, oqsilning ekssudat va transsudatlarga o’tishi, to’qimalarda, qon zardobida oqsil sintezining buzilishi, bir qator kasalliklarda (gastrit, yarali kolit, ileit va b.) oqsilning ichak epiteliylaridan o’tib yo’qolishida.
Oqsilga yolchimaslik organizm to’qimalarining o’zidagi oqsilning parchalanishiga va azot balansining buzilishiga sabab bo’ladi. Dastlab qon zardobidagi oqsil miqdori kamayib gipoproteinemiya paydo bo’ladi. Gipoproteinemiya suyuqlikning qondan to’qimalarga o’tishiga va shish paydo bo’lishiga olib keladi. Qondan keyin ikkinchi navbatda jigar, muskul va teridagi oqsil miqdori kamaya boshlaydi, eng so’nggida Yurak muskuli va bosh miya oqsili tugay boshlaydi. Markaziy nerv sistemasi funktsiyasining buzulishi oqsil almashinuviga ancha ta’sir ko’rsatadi. Oqsilning parchalanishi tezlashib, yangidan hosil bo’lishi esa sekinlashadi. Bu atrofiya, distrofiya va boshqa kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Gormonlarning oqsil almashinuvida alohida ahamiyati bor. Qalqonsimon bez gormonlari organizmdagi oqsil parchalanishi jarayonini kuchaytiradi va hosil bo’lishni tezlashtiradi. Gipofizda ishlanib chiqadigan o’sish gormoni ta’sirida oqsilning hosil bo’lishi va sintezlanishi tezlashadi. Bu oqsil miqdorining ko’payishiga va organizmning o’sishiga imkon yaratadi.
Kuchli mashg’ulotlar bajarlishida, ayniqsa 2-3 martadan ko’p o’tkaziladigan mashg’ulotlarda, qayta tiklanish jarayonlarini jadallashtirishda ovqatlanish rejimiga maxsus ozuqa preparatlar kiritiladi. Bular qatoriga oqsil gidrolizatli sport ichimliklari kiradi. Quruq sport ichimlik “Olimpiya”, “Sportakiad”, “Viktoriya”, “Ergoton”, “Veleton”, “Dieta Ekstra” va oqsil-glyukozali shokolad, oqsil pechenesi, “Olimp”oqsil marmeladi va boshqalardir.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish