Ilk taraqqiy etgan feodalizm davrida jismoniy madaniyatni rivojlanishi.
Orta asrlar Osiyo, Yevropa mamlakatlari va Afrikaning bir qancha mamlakatlarining asosiy ko‘pchiligida feodal ishlab chiqarish usuli hukumronlik qilgan davr edi. Tarix maydonida yangi-yangi xalqlar paydo bo‘lgan va Garbiy Sharqiy Yevropaning, XindiXitoyning ko‘pgina davlatlari, Turkiya, Yaponiya va boshqalar qaror topdi. Xitoy, Xindiston, Eron va O‘rta Osiyo maydonlarida ilgari paydo bo‘lgan davlatlar ham rivojlana bordi. Xitoy eramizning IV-asrlarida Xindiston va O‘rta Osiyo mamlakatlarida, Shimoliy Afrikada va Yevropa eramizning
VII asrlarida feodal munosabatlar vujudga keldi. Ba’zi bir xalqlar quldorlik tuzumini chetlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ibtidoiy jamoa tuzumidan feodal munosabatlarga o‘tdilar. Feodalizm darvi yer feodallarning mulki xisoblanar edi. Yer oqsuyak feodallarga va chernov feodallariga qarashli bo‘lgan vaqtdagina emas, balki, ba’zi bir sharqiy mamlakatlarda bo‘lganidayok, feodal davlatiga qarashli bo‘lgan vaqtda ham feodalning mulki hisoblanar edi.
Mehnat qurollari, mollar, ho‘jalik imoratlar va urug‘chiliqlar feodallarda ham bevosita ishlab chiqaruvchilar, dehqonlarda ham shuningdek hunarmandlarda ham bor edi. Ekspluatatorlar sinfi-oqsuyak feodallar va cherkov feodallari hamda ekspluatotsiya qilinuvchi sinf-krepostnoy dehqonlar feodal jamiyatning asosiy sinflari edi. Ular o‘rtasida butun o‘rta asrlar davomida qattiq sinfiy kurash olib bordi. Bu kurash o‘sha davrdagi ijtimoiy taraqqiyotining barcha sohalariga, shu jumladan, feodal va xalq ommasining jismoniy madaniyatI ham xal qiluvchi ta’sir qilar edi. 5 Cherkov feodal jamiyatning g‘oyat reaksion kuch edi.
U anitak madaniyat qoldiqlarini yo‘q qilishiga harakat qildi, xalq ijodiga, fanga qarashli kurash olib bordi. Cherkov xalqining jismoniy kamolotga tomoshalarga intilishini majusiylikning, antik diniy – urf-odatlarining ko‘rinishi deb biladi. Cherkov sergo‘nohlikka qarshi kurash niqobi ostida xalq hayotidan jismoniy mashqlar va o‘yinlarini zo‘r berib chiqarib tashlay boshladi.
Cherkov, xuddi oqsuyak feodal kabi dehqonlar va shaharliklar jismoniy mashqlar yordamida o‘z jismoniy tayyorgarligini yaxshilay olishlari va o‘ndan feodallarga qarshi kurashishlari uchun foydalanishlari mumkin deb xavfsiradi.1 Ilk o‘rta asr davrida chernov feodallarning jismoniy madaniyatiga ham salbiy munosabatda bo‘ldi. U salb yurish davridagina rahbarlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan o‘z mo‘nosabatini o‘zgartirdi.
Bu vaqtlarda cherkov oq suyak feodal aslzodalarning jismoniy madaniyati qoralamadi va hatto bu madaniyatni ruhoniylar hamda monahlar jamiyatiga olib kirdi. Cherkov xudoga va feodal tartiblarning mustahkamligiga bo‘lgan e’tiqodni faqat butlar yordamida emas, balki qilich yordamida ham quvvatlar edi.
HULOSA
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |