Shaharliklar jismoniy madaniyati
Savdo va sanoatining bir muncha taraqqiy etishi o‘rta asr shaharlarining o‘sishiga olib keldi. Seh uyushmalariga birlashgan xunarmandlar shaharlarning markaziy figurasi va moddiy madaniyatining chinakam yaratuvchilari bo‘ldi.
Shaharliklar shaharni talab kelgan va ularning savdosiga to‘siq bo‘lgan feodallarga qarshi kurashda o‘zlarining qo‘lida bo‘lgan barcha vositalardan, jumladan jismoniy mashqlardan ham foydalandilar. Jismoniy tarbiyaning asosini halq jismoniy mashqlar va o‘yinlar tashkil etar edi. Seh ishlab chiqarish uyushmalari ritsarlarning hujum vaqtida piyoda askarlar otriyadiga aylanib, shahar lashkarlarini tashkil etar va feodal otliq askarlariga qarshi muvoffaqiyatli harakatlar qilar edi. Keyinroq shaharlarda muxsus еp otuvchilar hamda qilichbozlar va nayzabozlarning birlashmalari vujudga kelib, ular qardoshlik birlashmalari deb nom oldi.
Qilichbozlar qardoshliklarida nayzabozlik, qqilichbozlik va oybolta irg‘itishga o‘rgatilar va mashqlar qilinar edi. Bu yerda qurol bilan zarb berish va zarbini qaytarish usullari qurolsiz otish askarlarning qurolli otliq askarga qarshi kurash usullari; tutish, bo‘g‘ish va boshqa elementlarni o‘z ichiga olgan erkin kurash usullari o‘rgatilar edi. Qilichbozlar qardoshliklar ishtirok etishini hoxlagan barcha shaharliklar o‘rtasida ochiq musobaqa o‘tqazilar edi. Maslan, Frankfurt shaharida har yil ko‘z oy yarmarkasida “shamshir sohibi” o‘nvoni uchun musobaqa o‘tqazilar edi.
Musobaqalar ko‘pincha halq bayrami ko‘nlariga to‘g‘ri kelar edi. qilichbozlar qardoshliklarning o‘z o‘nvoni, gerblari va alohida nomlari, maslan “Sher tog‘idagi muqaddas Mark jamiyati ”, “erkin qilichbozlar” va boshqa nomlari bor edi. Yoy otuvchilarning qardoshlik uyushmalarida shaharliklarga kamalak va jamoan, keyinchalqk esa, XIV-XV asrlardan boshlab, o‘q otadigan quroldan otishga o‘rgatilar edi. O‘q otish musobaqalari turli masofadan turli nishonlarga otilar edi.
Langar cho‘p uchiga bog‘langan qush ko‘pincha nishon vazifasini bajarar edi. Yoy yoki kamon otish vaqtida masofa 125-150 qadamga yotar edi. O‘q otadigan qurol paydo bo‘lgan vaqti otish masofasi ancha kam o‘zgardi, chunki dastlabki miltiqlar halq takomillashmagan edi. Halq bayramlarida dasturiga qqilichbozlik va o‘q otish musobaqalaridan tashqari, odatda, yugurish, sakrash, kurashish, poyga va eshkak eshish bo‘yicha poyga qilishga doir musobaqalar ham kiritilar edi. Qurollar o‘zboshimcha mahalliy feodal ritsarlarga qarshi kurashda shahar lashkarlarning harbiy qudratiga tayanar edi va shuning uchun shaharliklarning harbiy –jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishda shaharliklarni qo‘llab-quvvatlar edi. Shaharlarda kamalak otish odatini rag‘batlantirish yuzasidan qurollarning ko‘p sonli farmoyishlari chiqarilgan edi.
Qurollar shaharlarning bevosita harbiy tayyorgarlikdan chalgitadigan o‘yinlarinigina taqiqlar edilar. Shaharliklar hayotida to‘p bilan o‘ynaladigan turli xalq o‘yinlari keng tarqalgan edi. Ingliz shaharlari ko‘chalarida futbol o‘ynalar edi. Fransiyada “kross” va “nom” singari o‘yinlar juda ommalashgan edi. shaharlar katta bo‘lmago‘ncha, barcha o‘yinlar va musobaqalar shahardan tashqaridagi dala va yaylovlarda o‘tqazilar edi.
Biroq qiyinchiliq shaharlar usib, shahar atrofidagi еrlar poliz ekinlari va bog‘lar bilan band bo‘lgandan keyin holat jiddiy o‘zgardi-o‘yinlar shahar ko‘chalarida o‘tqazila boshlandi. Ko‘tarilayotgan shahar bu o‘yinlarni taqiqlash uchun harakat qila boshladi. Masalan, 1313 yili London savdog‘orlari iltimosi bilan ingldiz qiroli Eduard II shahar ichida katta to‘p bilan o‘ynaladigan o‘yinlarni tasodifiy tamoshabinlar, yolovchilar va hatto imoratlar uchun havfli, deb taqiqlandi. “Pom” o‘yinidagi o‘zgarishlar shahar sharoitlarining o‘yinlari taraqqiy etishiga bo‘lgan ta’sirini yaqqol ko‘rsatadi.
XIV asrgacha “pom” o‘yini hamma joyda, dalada, ritsarlik qal’alarda, shahar qal’alari yonida, cherkov maydonlarida va boshqa yеrlarda o‘ynalar edi. Endi esa bu o‘yin uchun atrofi yopilgan maxsus maydonlar qura boshladilar. Bu maydonlar ustiga tur o‘rnatilib, bu tur ustida to‘pni ilgargidek qo‘l bilan emas, balki raketka yordamida qaytarib otish lozim edi. XIV asr oxirida Fransiyada bu o‘yin uchun maxsus binolar ham qurilgan. Shotlandiya va Angliyada futbol o‘yini ham taxminan xuddi shunday taraqqiy etdi. Ilgarigi vaqtlarda bu o‘yin dehqonlar o‘yini edi.
Hosil yig‘ib olingandan keyin qo‘shni qishloq dehqonlari hosili o‘rib olingan dalalarda katta to‘p bilan o‘ynar edilar. Shaharliklar markaziy bozor maydonida va ko‘chalarda futbol o‘ynar edilar. Bu hol ko‘pincha tartibsizlikka, shahardagi normal harakatning buzilishiga olib kelar edi. Shuning uchun asta-sekin o‘ynaladigan joy va o‘yinchilar sonini cheklovchi qoidalar yaratila boshladi. Biroq ba’zi shaharlarda ko‘chada o‘ynaladigan o‘yinlar XIX asrning o‘rtalariga qadar davom etib keldi.
O‘rta asr shaharlarida akrabatika va ayniqsa darbozlarning chiqishlari juda ham ommalashgan edi. Darbozlar baland qilib tortilgan arqon ustida yuribgina qolmasdan, shu bilan birga, unda turli mashqlarni ham bajarar edilar. Ularning ko‘pgina mashqlari, masalan, osilgan holatdan tiralib gavdani ko‘tarish va turli-tuman aylanma harakatlar, keyinchalqk garizontal langar cho‘pga-turnikning timsoliga o‘tqazilgan edi. Akrabatik mashqlarida shaharliklar ichida g‘oyat ommalashgan turli tuzish edi. akrobotika turli murakkab sakrashlarni ham bajarishar edi. Keyinroq shaharlarda oshiq o‘yini, karta o‘yini va sho‘nga o‘xshashlar ham keng tarqaldi.
O‘rta asr universitetlarning dasturlarida jismoniy madaniyatning yo‘qligi talabalar orasida jismoniy mashqlarning tarqalishiga halaqit bermadi. Ko‘pgina talabalar yoy otish va qqilichbozlik uyushmalariga kirar edilar. Talabalar o‘rtasida ko‘pgina kurash va mushtlashish musobaqalari uyushtirilar edi. Talabalarning klublarida qqilichbozlik, yog‘och otda chavondozlik qilish va akrabatikani qilish mashqlari ham o‘tqazilar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |