O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
“Axborot texnologiyalari” kafedrasi
“ Informatika” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o’lchovi.
Bajardi: 9-18 guruh talabasi
Ablakulov Abror Ikrom o`g`li
Qabul qildi: ____________________________________
____________________________________
____________________________________
Kurs ishi bo’yicha talaba bahosi: ______________________
Sana: “___” ___________ 2020 yil
Guliston 2020
Mavzu: Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o’lchovi.
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism:
1. Informatika to`g`risida ma`lumotlar;
2. Axborot tushunchasi va axborotning xossalari;
3. Axbоrоtning ifоdalanish shakllari va uning turlari;
4. Axborot texnologiyalari tushunchasi va ularning turlari;
5. Axborotni kompyuterda tasvirlanishi;
III. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Respublikamiz ta'lim tizimida axborot texnologiyalarini qo'llash bo'yicha bir qator amaliy ishlarni amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to'g'risida» va «Elektron tijorat to'g'risida»gi qonunlari, «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, «O'zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog'i ZiyoNETni tashkil etish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asos ish olib boriladi.
O'zbekiston Respublikasida chuqur, keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilar ekan, uzluksiz iqtisodiy ta'lim tizimini shakllantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda.
Shubhasiz, XXI asr misli ko'rilmagan tezkor rivojlanish asri bo'ladi. Bunda axborotlarsiz ishlab chiqarishni rivojlantirishni tasavvur etib bo'lmaydi, u butun kishilik jamiyati rivojlanishining resursi deb tan olingan. Bu kompyuterlar va axborot tizimlari, mahalliy va global tarmoqlar, Internet umumjahon tarmog'i, multimedia texnologiyalari va hokazolarni o'z ichiga oladi. Darhaqiqat, davlatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to'laqonli sheriklik o'rnini egallay olishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko'lamlari qanday bo'lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligining oshishida muhim o'rin egallashiga bog'liqdir. Axborotlashtirish kishilik jamiyatining barcha sohalariga kirib bormoqda.
Prezidentimizning 2002-yil 30-maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida»gi farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va vazirlikning bu boradagi tegishli ko'rsatmalari o'quv-ta'lim jarayonlarida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda xalqaro axborot ta'lim resurslaridan samarali foydalanish va ularni mahaUiy resurslar bilan uyg'unlashtirish yo'lida munosib zamin yaratadi. Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimiga amal qilish bo'lib hisoblanadi. Mavjud ta'Iim tizimini tubdan isloh qilish va milliy dasturni zamonaviy ilmiy tafakkur yutuqlariga, ijtimoiy tajribaga tayangan holda, uzluksiz ta'lim tizimining barcha shakldagi ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini ta'minlovchi ilg'or ilmiy metodik texnologiya sifatida amalga oshirishdir.
Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo’lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil to`siqlarga duch keladi va shu to`siqlarga yengib o’tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin, hayot tajribalaridan ma`lumki, ko’pincha yangi kashfiyot ma`lum bir muammoni xal qilish jarayonida vujudga keladi. Biz so’zsiz kompyuterning XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri desak yanglishmaymiz. Davr talabiga ko’ra bugungi kunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma`lumotlarni boshqarish, ayniqsa, xozirgi kunda muxim axamiyat kasb etmoqda. Ma`lumotlarni boshqarish tizimlariga bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta xajmdagi ma`lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to’gri kelyapti. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o’zgarishlar uning bir qismi bo`lgan informatika soxasiga xam uz ta`sirini ko’rsatmokda. Bu ta`sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo’layotgan o’zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o’zgarib va boyib bormokda. Axborot texnologiyalarida juda katta yutuk va o’zgarishlar amalga oshdi. Yangi axborot texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarining paydo bo’lishi bu soxadagi xizmat qilish uslubini tubdan o’zgartirdi.
Tasavvur kilib ko’ring, yakin-yakinlargacha biror maslani kompyuterda yechish uchun algoritmlarni, dasturlash tillaridan birini, dasturni kompyuter xotirasiga kiritishni, uning xatolariyu natijani taxlil qilishni talab kilar edi. Bu ishni fakat mutaxassislargina amalga oshirar edilar. Ammo bu soxada mutaxassis bo’lmagan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko`payishi jamiyat oldida ma`lum kiyinchiliklarni tug’dirdi. Windowsni yoki bu asosida ko’rilgan informatsion texnologiyani yana xam tushunib olish uchun quyidagiga e`tiboringizni qaratmokchimisiz. Supermarketda barcha ta`minot masalasini uning direktori xal qilsa, servisda xam xuddi shu xol ro’y beradi. Yangi axborot texnologiyasining direktori Windowsdir. Agar sizga matn muharriri kerak bulsa, Windows sizni u bilan ta`minlaydi, siz hisob-kitob qilmoqchimisiz? marxamat,
Windows sizga elektron jadvalni taklif etadi. Ayniqsa, bu tizimda, Inernet, elektron pochta (E-mail) kabi imkoniyatlarining mavjudligi, Windowsning roli beqiyosligidan dalolat beradi. Bu sistemaning tarkibida xizmat qilishning yuzlab turlari mavjudki, ularni o’rganish va foydalanish jamiyatning har bir a`zosi, ayniqsa, talabalar uchun juda muximdir. Kompyuter faqatgina DOS buyruqlarni tushunadi. DOS bilan kompyuter orasidagi interfeys matnli bo’lib, barcha bo`yruqlar qo`lda-klaviaturada kiritiladi. Axborot texnologiyasi – bu aniq texnik dasturlar vositasining majmui bo’lib, ular yordamida biz ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan xayotdagi turli-tuman masalalarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan xayotdagi turli-tuman masalalarni xal etamiz. Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri-iqtisodiy axborotlardir. Uning oddiy ma`lumotdan farkli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan, korxonalar va boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bog`liqligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |