Bu qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tishning dastlabki bosqichiga taalluqli loyihalarning bir qismi. Bir so‘z bilan aytganda, hukumatimiz topshiriqlariga binoan Energetika vazirligi mutasaddilari tomonidan “yashil energiya” tizimiga o‘tish bo‘yicha birmuncha ishlar olib borilmoqda. Shu o‘rinda ushbu texnologiya birmuncha qimmat ekanligi, undan samarali foydalanish borasida hali yetarlicha ko‘nikma va tajribaga ega emasligimizni alohida ta’kidlash lozim. Ammo bu vaqt masalasi. Amalga oshirilayotgan ishlar samarasini iste’molchilar, ya’ni O‘zbekiston aholisi 2020-yilda yaqqolroq ko‘zga tashlanib borayotganiga guvoh bo‘lishdi. Ko‘zlangan natijaga erishish uchun puxta reja va moliyaviy asos zarur bo‘lishini esa barchamiz yaxshi bilamiz .
Do'stlaringiz bilan baham: |