Masalan, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va Fransiyaning «TOTAL Eren» kompaniyalari o‘rtasida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurish va ekspluatatsiya qilish yuzasidan kelishuv imzolandi. Ushbu loyihaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil oktabr oyida Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan kelishuv va tegishli qarorlar huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Yaqin kunlarda Samarqand viloyatining Nurobod tumani hududida qayta tiklanuvchi energiya stansiyasi qad rostlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |