bo’lmagan sub’ektlar tomonidan o’zgartirilishidan, ya’ni axborot tuzilishi va
yaxlitlik deganda belgilangan ob’ekt haqidagi ma’lumotlar o’zgarmay saqlanishi
tushunilsa, dinamik yaxlitlikda axborotlarni qayta ishlash jarayonida bir axborotni
qayta ishlash natijasida to’g’ri natijaviy axborot olinib, o’zgartirilmagan holda
tegishli bo’g’inga etkazilishi tushuniladi. Axborotning dinamik yaxlitligini nazorat
qiluvchi vositalar moliyaviy operatsiyalarning to’g’ri bajarilishini aniqlashda,
ma’lum bir qimmatga ega bo’lgan axborotlarni tartiblashda, ulardan nusxa olish
30
Axborot yaxlitligini buzishga qaratilgan harakatlardan biri. Amerikalik tizim
ma’muri kompaniya raxbariyatidan o’ch olish maqsadida kompaniyaning
kompyuter tarmog’iga ataylab virus joriy etadi. Bu holat dalillar asosida
isbotlanishi natijasida Nyu-Djersi okrug sudi tizim ma’muri Yung Sunn Linni 2.5
yil ozodlikdan mahrum qilish va 81,23 ming dollar miqdorida jarimaga tortish
haqida hukm qabul qilgan. Yung Sunn Lin «Medco Health Solutions»
farmatsevtika kompaniyasida ishlar edi. 2003 yilning kuzida kompaniya
rahbariyati tomonidan shtatlar qisqartirilishi haqida ma’lumotlarni bilib olgach, u
kompaniya rahbariyatidan o’ch olish maqsadida tarmoqqa 2004 yilning 23
aprelidan (o’zining tug’ilgan kunida) boshlab 70 ta serverda kompaniyadan dori-
darmon sotib oluvchi mijozlarning to’lov hisobotlari haqidagi ma’lumotlarni yo’q
qilish maqsadida faollashishi kerak bo’lgan virusni joriy etadi. Virus tarmoqda
saqlanayotgan kompaniya mijozlari haqidagi ma’lumotlarning yaxlitligini buzishga
mo’ljallangan edi. Kompaniya rahbariyati tomonidan Lin shtati qisqartirilmasligi
e’lon qilingach, u o’z qilmishidan pushaymon bo’lib, jinoyat izini yo’qotish
maqsadida tarmoqdagi virusni tozalashga kirishadi. Biroq virus faollashgan va shu
bilan birga ko’zlangan maqsadga erishishning imkoni bo’lmagandi. Sababi, virus
dasturining kodida Lin tomonidan yo’l qo’yilgan xatolik halaqit berardi. Uning
harakatlari ko’zga tashlanganida ataylab o’z qilmishini davom ettiravergan. 2005
yilning yanvarida Lin o’rniga ishga olingan yangi tizim ma’muri uning
harakatlarini o’rganib, to’plagan dalillarni rahbariyatga ma’lum qiladi. Faqatgina
2007 yilning yanvar oyida Lin o’z qilmishiga iqror bo’ladi.
Ekspertlar
fikricha,
shu
kabi
buzg’unchilik harakatlari ko’plab
kompaniyalarda ham amalga oshirilishi mumkin. Antivirus dasturi ishlab
chiquvchi Avira kompaniyasi (free-av.com va free-av.de.) tomonidan 2007 yilning
kuzida o’tkazilgan so’rovda qatnashgan 7297 kompaniyada faoliyat ko’rsatayotgan
har uch xodimdan biri viruslar yordamida o’ch olishlari mumkinligini e’tirof etgan.