Gapning sintaktik tuzilishi:gap bo’laklari.
1.1.1.Gap bo’laklari nima uchun gapning sintatik tuzilishini to’liq qamrab olmaydi?
1.2.1.Semantik-sintaktik bo’lakning gap bo’laklaridan farqi nimada?
1.2.2.Undalma, kirish va kiritmalarning gap bo’laklaridan farqlarini ko’rsatib bering.
1.3.1.Undalmali va kirishli gaplarni toping.
A) Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit.
V) Anvar, eshitdingizmi, aytishlaricha, bugun Yulduz kelar ekan.
S) Yoshlar, fan sirlarini egallang!
D) Menimcha, tilimizda bunday gap yo’q.
E) O’quvchilar, dam olish kunini ko’ngilli o’tkazingiz.
1.4.1.Undalma, kirish, kiritmalar nima uchun gap bo’lagi hisoblanmaydi.
2.1.1.Gaplarni semantik-sintaktik tuzilishiga ko’ra tasnif qilishda qaysi xususiyatlarga asoslaniladi?
2.1.2.Gaplarning semantik-sintaktik tuzilishiga ko’ra turlarini ayting.
2.2.1.Gapning grammatik asosi, predikativ markazi deganda nimalarni tushunasiz?
1.1.1 Gapning bosh bo’laklari nechta va ular qanday nomlanadi?
1.1.2.Eganing gapdagi roli, ma’no- vazifasini tushuntiring.
1.1.3.Eganing sub’ekt tushunchasi bilan aloqadorligini asoslab bering.
1.1.4.Ega bilan undalmaga xarakteristika bering.
2.1.1.Kesimning bosh bo’laklardan biri ekanligini izohlang.
2.2.1.Kesimning turli so’zlar, iboralar bilan ifodalanishini ko’rsatib bering.
2.3.1.Kesimning egaga nisbatan gapning shakllanishi, fikrning ifodalanishida asosiy rol o’ynashini isbotlab bering.
3.1.3.Ega va kesimning moslashuvi deganda nima tushuniladi?
3.1.4.Ega va kesimning shaxs va sonda moslashishini izohlang.
3.1.5.Ega va kesim qaysi paytda moslashmaydi?
3.1.6.Undalma va egaga semantik-sintaktik jihatdan baho bering!
2.4.1.Quyidagi gaplarning kesimini topib tagiga chizing. Ustiga ifodalanishini yozib qo’ying. Suluv suluv emas, sevgan suluv. O’qigan o’qdan o’zar. Do’stning eskisi, do’ppining yangisi yaxshi.(Kartochkalar beriladi)
3.1.5.Ega va kesimning moslashishi to’liqmi yoki qismanmi?
1.1.1.Aniqlovchining ta’rifini ayting.
1.2.2.Aniqlovchining turlari va ko’rinishlari to’g’risida ma’lumot bering.
1.2.1.Sifatlovchi-aniqlovchi va qaratqich-aniqlovchi nimasi bilan o’zaro farqlanadi.
1.3.1.Izohlovchining o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsating.
1.4.1 Quyidagi gapda aniqlovchining turlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping: Yomonning yaxshisi bo’lguncha yaxshining yomoni bo’l.
A) izohlovchi va qaratqich;
v) qaratqich va qaralmish;
s) Sifatlovchi va qaratqich;
d) aniqlovchi qatnashmagan;
e) yoyiq va yig’iq aniqlovchi.
1.5.1.Aniqlovchining to’ldiruvchi va holdan keskin farqlanishi nimalarda ko’rinadi?
To’ldiruvchining ta’rifini ayting.
To’ldiruvchining qaysi turlarini bilasiz?
Vositasiz to’ldiruvchi haqida ma’lumot bering.
2.4.1. Vositali to’ldiruvchining ma’no-vazifasi, grammatik shakllari haqida gapiring.
2.4.3. To’ldiruvchi qanday gap bo’laklariga bog’lanadi?
2.4.4. Holning to’ldiruvchidan farqlarini tushuntiring.
2.5.1. Quyidagi gapdagi vositasiz va vositali to’ldiruvchi to’g’ri topilgan javobni toping:
Palovga sabzini nechog’lik tekis va mayin to’g’ralsa, osh shuncha shirin bo’ladi:
A) osh, tekis, palovga;
V) tekis va mayin;
S) sabzini, nechog’lik;
D) palovga, sabzini;
E) to’g’ralsa, shirin bo’ladi.
Hol deb nimaga aytiladi?
Holning ma’no turlarini sanang.
Holning ma’no turlarini sharhlang.
3.4.1. Berilgan gapdan holning ma’no turini aniklang. Kecha Toshkentda taraqqiyparvar kuchlarning XVII doimiy anjumani bo’lib o’tdi.
3.4.2. Taqlidiy so’z hol bo’lib kelgan gapga bitta misol toping.
3.5.1. Hol va to’ldiruvchining o’zaro o’xshash va farqli tomonlarini ko’rsatib bering.
3.6.1.Hol bo’lib keladigan asosiy so’z turkumlari qaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |