Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


-masala: Gap bo’laklarining odatdagi tartibi



Download 4,68 Mb.
bet384/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

1-masala: Gap bo’laklarining odatdagi tartibi.
2-masalaning bayoni
Ma’lumki, o’zbek tilida gap bo’laklarining tartibi, asosan, erkin bo’lishiga qaramay, ko’p qo’llanadigan odatdagi tartib bor. Odatdagi tartibda ega avval, kesim gapning oxirida, payt holi egadan avval, to’ldiruvchi egadan keyin, ravish holi kesimdan avval, qaratqich qaralmishdan avval keladi.
O’zbek tilidagi gap bo’laklarining tartibi, asosan, erkin bo’lganligi uchun ularning o’rnini o’zgartirish ko’pincha grammatik holatga ta’sir etmaydi, ya’ni bo’laklarning o’rni o’zgartirilsa ham, ularning sintaktik vazifasi avvalgicha qolaveradi: Sen muzeyga borasanmi? Muzeyga sen borasanmi? Chunki gapning bu bo’laklari o’z sintaktik vazifasini anglatib turuvchi morfologik ko’rsatkichlarga ega. Biroq gap bo’laklarining har bir tartib o’zgarishi gap mazmuniga, uning yo’nalishiga ma’lum darajada ta’sir etadi. Masalan: 1. Kutubxonaga kecha bordim. 2. Kecha kutubxonaga bordim. 3. Kecha kutubxonaga men bordim. Birinchi misolda payt holiga, ikkinchi misolda o’rin holiga, uchinchi misolda egaga alohida ahamiyat berilgan. Demak, birinchi misolda vaqt ma’nosi, ikkinchi misolda o’rin ma’nosi, uchinchi misolda ish-harakatni bajargan shaxsni anglatish kuchli.
So’zlar tartibi ba’zan grammatik holatga ta’sir etishi mumkin. Bu bilan ma’no ham o’zgaradi. Bu hodisa so’zning vazifasi – grammatik funktsiyasi morfologik shakllanishidan bilinmay, tartib bilan tayin etilgan vaqtlarda uchraydi. Bu hodisa tartibning grammatik rolidir. Boshqa o’rinlarda tartib stilistik rol o’ynaydi.» Chunonchi, sifatlovchi va sifatlanmishda tartib qat’iy bo’ladi: sifatlovchi avval, sifatlanmish keyin keladi. Agar bu tartib o’zgartirilsa, grammatik tuzilish ham o’zgaradi.
3-masala: Gap bo’laklari odatdagi tartibining o’zgarishi.
O’rni bilan gap bo’laklarining odatdagi tartibi o’zgarishi ham mumkin. Odatdagi tartib logik – grammatik, stilistik talab bilan o’zgaradi. Mazmun jihatdan birinchi o’rinda turgan bo’lak, o’z tipik o’rnidan qat’iy nazar, odatda kesimning oldida keladi va logik urg’u oladi, o’zbek tilida logik urg’u tartib bilan zich bog’langandir. Intonatsiya va so’zlar tartibi bo’laklarning mazmun jihatdan ahamiyatini ko’rsatishdagi asosiy vositalardir. Bularning logik darajasi odatda kesim bilan bo’lgan masofaga qarab bilinadi.
Logik urg’u kesimda yoki uning oldidagi bo’lakda bo’lsa, odatda u kesimning oldiga keltiriladi. … gapdagi bo’laklarning odatdagi tartibni va uning o’zgarishini – inversiyasini belgilashda asosiy tayanch darak gapdagi holatdir.
Gap bo’laklarining tartibi ikki xil bo’ladi; odatdagi tartib, o’zgargan tartib.
Biz sharafli kurash yo’lini bosib o’tdik gapida ega (biz) avval, kesim (bosib o’tdik) gapning oxirida, to’ldiruvchi (kurash yo’lini) egadan keyin kelgan. Bu odatdagi tartib sanaladi.
Bizga bahor qiyofasida ko’rinadi shonli kelajak gapida ega (kelajak) fe’l kesim (ko’rinadi) dan keyin to’ldiruvchi (bizga) egadan oldin kelgan – gap bo’laklari o’zgargan tartibda berilgan.
O’zgargan tartibda gap bo’laklarining tartibi boshqacha bo’ladi. Bunda o’quvchi yoki tinglovchining diqqati o’rni o’zgartirilgan bo’lakka jalb qilinadi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish