Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


-mavzu: Bosh bo’laklar va ularning ifodalanishi



Download 4,68 Mb.
bet372/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

7-mavzu: Bosh bo’laklar va ularning ifodalanishi.
Ajratilgan vaqt : 2 soat
Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar:
1. Ega va uning ifodalanishi.
2. Kesim va uning ifodalanishi.
3. Ega va kesimning o’zaro moslashuvi.
Tayanch tushuncha va atamalar.
Gap bo’laklari. Bosh bo’laklarning ma’no va vazifasi. Ega. Kesim. Ikki bosh bo’lakli gap. Mutlaq hokim bo’lak. Ega vaziyati. Sub’ekt. Harakatni bajaruvchi. Belgining egasi. Kesim, predikat tushunchalari. Predikativlikni ifodalovchi bo’lak. Fe’l- kesim. Ot-kesim.
1 - masala: Ega va uning ifodalanishi.
1-masala bayoni:
Ikki bosh bo’lakli gapning fikr, hukm qarashli bo’lgan shaxs, narsa- hodisani bildiruvchi mutlaq hokim bo’lagi ega deyiladi. Ega kim? nima? qaer? so’roqlaridan biriga javob bo’lib, bosh kelishik formasida keladi. Masalan: Lolalardan gulxanlar yoqib, bahor keldi, gulchiroy keldi. Guliston - viloyatimiz markazi. Anvar Ra’noning mahoratiga qoyil qoldi.
Ega shu gapdagi fikr o’zi haqida borayotgan, belgisi kesim tomonidan aniqlanadigan predmetni ko’rsatadi. Egadan anglashilgan predmet - hodisa kommunikatsiya predmeti bo’lib, uning ma’nosi har xil:
1. Kesimdan anglashilgan ish-harakatning bajaruvchisini bildiradi: bajaruvchi shaxs yoki jonli jonsiz mavjudot bo’ladi. Masalan: Muqaddas hech kimga yozdirmay davradan chiqib ketdi. Nigora darsga bormadi. Shuvillagancha «Neksiya» ketyapti.
2. Kesimdan anglashilgan holat tegishli shaxs, jonli mavjudot, jonsiz narsalarni bildiradi. Masalan: Sherzod xursand. Kuchukchaning qulog’i qirqilgan. O’rtada kitoblar sochilib yotibdi.
3. Kesimdan anglashilgan jinsning turini bildiradi. Masalan: Delfin – baliq. Kaptar - parranda.
4. Kesimdan anglashilgan belgining egasini bildiradi: Abdullatif - padarkush. Bozorboy - saxiy. Suv tiniq. Havo sovuq.
5. Mavjudlik sub’ktini bildiradi: Mexmonlar bor.
6. Miqdor sub’ektini bildiradi: Bolalar to’rtta.
7. Qiyoslanuvchi sub’ektni bildiradi: Ukasi akasidan esliroq.
8. Ob’ekt ma’nosini bildiradi: Uy quruvchilar tomonidan ko’rildi.
Qiyoslang: O’quvchilar fan sirlarini egallashsin – O’quvchilar fan sirlarini egallangiz. Bularning birinchisi kesim bilan moslashuv aloqasida kelgan bosh kelishikdagi so’z-ega; ikkinchisi-kesim bilan moslashuv aloqasiga kirmagani undalmadir.
Kesim bilan moslashuv aloqasiga kirmagan, lekin bir qarashda bosh kelishikdagi egani eslatadigan quyidagi sintaktik shakllar ham ega emas, balki vositasiz to’ldiruvchidir. Bu yil uch tonna paxta terdim. Uch yil burun ming tup terak, ikki yuz tup qarag’ay ekdik.
Ega vaziyatidagi sintaktik shakl umumlashgan namuna sifatida bir muncha morfologik shakllarda namoyon bo’la oladi:
1. Bosh kelishikdagi ot bilan: Sayfi Soqievich dumboq qo’lini siladi.
2. Bosh kelishikdagi ot o’rnida almashib kelgan olmosh bilan: U hayoliga kelgan bema’ni fikrdan o’zi kuldi.
3. Harakat nomi bilan: Erta turish foydali.
4. So’z birikmasi shakli bilan: Xotinsiz o’tish-hato, bolasiz o’tish-jafo.
5. Otlashgan sifat bilan: Yaxshilar ko’paysin.
6. Otlashgan son bilan: 234-mening orqamdan yursin.Uchinchisi qochdi.
7. Otlashgan sifatdosh bilan: Qimirlagan qir oshar.
8. Otlashgan taqlid so’z bilan: Tomdan oshib tushayotgan tiniq suvlarning shildir-shildiri dillarga orom beradi.
9. Otlashgan undov bilan: Atrofni qo’shinlarning urasi tutib ketdi.
Eganing yuqoridagi so’z turkumlari bilan ifodalanishi uning morfologik shakllari hisoblanadi. Morfologik shakllar esa uning shakliy paradigmasidir.
Eganing qo’llanishida quyidagi o’ziga xos holatlar mavjud:
1. Ega to’dadan ajratilgan qismni bildirganda, to’daning butun nomi ko’pincha chiqish kelishigidagi so’z bo’ladi. Kesimni bildiruvchi so’z qo’llanmasa, bu vaqtda butun nomi–chiqish kelishigidagi so’z go’yo ega vazifasida qo’llangandek tuyuladi. Masalan: Bizning jamoada hamma millatdan bor: rusdan ham bor, armanidan ham bor. Bunda chiqish kelishigidagi so’zdan keyin bosh kelishikdagi so’z qo’llansa, ega odatdagi holatda ifodalangan bo’ladi-shu so’z ega bo’ladi, qo’llanmasa, bunday gap bir bosh bo’lakli bo’ladi.
2. Shaxs jihatdan bir xil bo’lganda:
A) Ularning har biri kesim bilan bevosita bog’lana oladi, bunday holat egalarda 3 -shaxs ma’nosi ifodalanganda sodir bo’ladi. U va Karim keldi.
B) egalar kesim bilan yakkama- yakka bog’lana olmaydi, faqat birikkan holdagina birikadi, har ikkalasi bir butunlikda ega sanaladi: U bilan Karim borishdi. Buning asosiy sababi kesimning jamlik, birgalik anglatishidir. Bu hodisa oddiy gaplarda ham uchraydi: Alisher Navoiy va Zahiridddin Bobur butun dunyoga tanilgan mashhur o’zbek shoirlaridir.
2) Shaxs jihatidan har xil bo’lganda, uyushuvchi elementlar birgalikda ega sanaladi: Kesim 1-yoki 2-shaxsning ko’pligini ko’rsatadi. Men va sen keldik. Bunday o’rinlarda ko’pincha umumlashtiruvchi so’z qo’llaniladi. Men va u-ikkovimiz keldik. Bu so’z kesim bilan moslashgan bo’ladi. Shunga ko’ra asl ega ana shu so’zdir. Umumlashtiruvchi so’z bo’lganda, ular uning izohlovchisi sanaladi. Umumlashtiruvchi so’z ega vazifasida qo’llansa, avvalgi elementlardan biri - kesim bilan shaxs jihatidan bir xil bo’lgani ifodalanmasligi ham mumkin.
Biz ikkimiz keldik tipidagi gaplarda, biz ikkimiz so’zlari ega sanaladi. Bular aslida qaratuvchi - qaralmish aloqasiga to’g’ri keladi. Ular ikkalasi keldi. Ularning ikkalasi keldi. Hozirgi tilda esa ular ikkalasi izohlovchi - izohlanmish aloqasiga teng. Biroq ba’zan ikkinchi element ajratilgan bo’lishi ham mumkin. Ular, ikkalasi, keldi. Shuningdek, bunday konstruktsiyada (ular ikkalasi keldi) o’rniga qarab, birinchi element ega, ikkinchi element hol vazifasida ham kelishi mumkin.
Ega ikki bosh bo’lakli gapning tavsiflovchi sintaktik kategoriyadir. Chunki ega ikki bosh bo’lakli gapning mutlaq hokim bo’lagidir. Boshqa barcha gap bo’laklari bevosita yoki bavosita egaga tobelanib, uni izohlash, aniqlash «tushuntirish»ga xizmat qiladi. Shuning uchun ega vaziyatida belgi (keng ma’noda) bildiruvchi so’z emas, predmet nomini bildiruvchi so’z - ot keladi yoki otlashgan, ot hakrakteridagi leksik vositalar keladi.
Eganing mutlaq hokimligi, boshqa biron bo’lakka tobe emasligi uning ma’no vazifasi bilangina emas, sintaktik shakl-bosh kelishik formasida kelishi bilan ham belgilanadi. Demak, bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so’zlar ko’proq ega vazifasida qo’llanish bilan xarakterlanadi. Quyidagilar buning isbotidir:
1. Qish yaqinlashib qoldi. Qorning hidi kelyapti - bosh kelishikdagi otlar.
2. Yaxshi etar murodga - bosh kelishikdagi otlashgan sifat.
3. Ettinchisi sho’x chiqdi - bosh kelishikdagi otlashgan son.
4. Men sizni kutaman - bosh kelishikdagi olmosh.
5. Yashash qanday yaxshi - bosh kelishikdagi harakat nomi.
6. Ko’p ketadi, oz etadi.- bosh kelishikdagi otlashgan ravish.
7. Shivir-shivir boshlandi - bosh kelishikdagi taqlidiy so’z va xokazo.
Ega bir so’z bilan, ajralmas birikma, frazeologizm bilan ham ifodalanadi, biroq keyingi hollarda ham uning bosh kelishik shakli o’zgarmaydi: ikki do’st turarkan elkama-elka, tog’larni ham oson aylaydi tilka.
Ega – ma’no-vazifasiga ko’ra kesimdan anglashilgan ish-harakat, belgining bajaruvchisi, egasi bo’lib kelishi bilan xarakterlanadi. Egalar tuzilishiga ko’ra ikki: sodda va murakkab.
Sodda ega ayrim bir so’zdan iborat bo’ladi. Uning uch xil ko’rinishi bor: a) tub so’z holidagi sodda ega: Kecha oydin. Daryo tiniq. b) qo’shma so’z holidagi sodda ega: Tuyaqush ucha olmaydi. v) juft so’z va takroriy so’z holidagi ega: Ota-onang- davlating. Kassa oldida itar-itar boshlandi.
Murakkab egalar ikki yoki undan ortiq so’zlarning grammatik-semantik bog’lanishidan hosil bo’ladi. Murakkab eganing ham uch xil ko’rinishi bor. A) Ajralmas holdagi erkin birikmali ega: Ishlamay egan og’rimay o’lar. Har daqiqa g’animat.b) bir butun holda qo’llanuvchi bog’lanmalar bilan: O’zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi - 50 yoshda. GDU - g’olib.v) frazeologizm holatidagi murakkab ega.: Og’iz ochish boshlandi.


Ega 19-jadval

Ma’nosi


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish