Nazorat savollari
Hozirgi o`zbek tilida fe'lning mayl kategoriyasining semantik va grammatik kategoriyasini aytib bering.
Ma'no ifodalash xususiyatlariga ko`ra mayl turlari va ularni yasovchi vositalarni aytib bering.
Buyruk-istak maylidagi fe'llarning hosil bo`lishini misollar bilan tushuntiring.
Shart va shartli maylidagi fe'llar ma'nosidagi farqni aytib bering.
5 – savol bayoni:
Fe'lning zamon kategoriyasi. Harakatning nutq momentiga munosabatini ko`rsatuvchi kategoriya zamon kateoriyasi deyiladi. Harakat bajarilish vaqtining nutq momentiga munosabatiga qarab fe'lning uch zamoni farqlanadi: 1). Nutq momentiga bo`lgan harakat-o`tgan zamon; 2). Nutq momentida davom etayotgan harakat-xozigi zamon; 3). Nutq momentidan keyin bo`ladigan harakat-kelasi zamon.
Zamon ma'nosi ikki xil ifodalanishi mumkin: 1). Sinteti yo`l bilan fe'lning o`z formasi orqali ifodalash: bordim, boraman kabi; 2). Analitik yo`l bilan ifodalash to`liqsiz fe'l, ko`makchi fe'l yordami bilan: borar edi, kelar bo`ldim kabi.
O`tgan zamon.
O`tgan zamon fe'li harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan-bajarilmaganligini ifodalaydi. O`tgan zamon fe'lini bir necha formalari bo`lib, ular o`zlariga xos ma'no va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Shunday qilib, o`tgan zamon fe'li quyidagi formalar yordamida yasaladi.
–di affiksi yordamida yasaluvchi fe'l formalari: yozdim, yozding, yozdi.
–gan affiksi yordamida yasaluvchi formalar: yozganman, yozgansan, yozgan.
–i(b) affiksi ravishdoshni shaxs-son bilan tuslash orqali: yozibman, yozibsan, yozibdi.
–gan(yotgan), -i(b), -ar formalariga edi to`liqsiz fe'lini qo`shish yordamida hosil kilinuvchi formalari: yozgan edim, yozgan eding, yozgan edi.
O`tgan zamon fe'l formalarida –guvchi edi shakli ogzaki va yozma nutqda kam ishlatiladi.
Hozirgi zamon.
Hozirgi zamon fe'li harakatning nutq so`zlanib turgan paytida sodir bo`layotganini yoki bulmayotganini ifodalaydi. Hozirgi zamon fe'lining sinteti formasi quyidagi affikslar yordamida yasaladi: -yap, -yotir, -yotib, -mokda kabi. Analitik formasi esa yot, tur, utir, yur ko`makchi fe'llari yordamida yasaladi: yozib yotibdi, yozib turibdi, yozib utiribdi, yozib yuribdi kabi.
Kelasi zamon.
Harakatning nutq momentidan keyin bajarilish-bajarmasligini bildirgan fe'llar kelasi zamon fe'llari deyiladi. Kelasi zamon fe'llari sinteti yo`l bilan quyidagi forma yasovchilar yordamida hosil qilinadi: 1.-ajak, -yajak affiksi va tegishli shaxs-son qo`shimchalarini qo`shish bilan: borajakman, o`qiyajakman. 2. –moqchi affiksi va tegishli shaxs-son formalarini qo`shish orqali: kirmoqchiman, o`qimoqchiman. 3. –r, -ar bilan yasalgan sifatdoshlarga tegishli shaxs-son qo`shimchalari qo`shish bilan: kelarman, o`qirman, kelmasman. 4. –a, -y bilan yasalgan ravishdoshlarga –digan sifatdosh yasovchi qo`shimchani qo`shish bilan: keladiganman, ishlaydiganman. 5. –a, -y bilan yasalgan ravishdoshlarga tegishli shaxs-son qo`shimchalari qo`shish bilan: boraman, o`qiyman.
Bu tip fe'llar kelsi zamonni boshqa formalariga nisbatan ma'no jihatdan turliligi, zamon jihatdan umumiyligi bilan ajralib turadi:
Hozirgi zamon ma'nosini bildiradi: Onam fabrikada ishlaydi.
Kelasi zamon ma'nosini bildiradi: Bu kitobni Karim oladi.
Umumzamon ma'nosini bildiradi: Balik suvda yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |