So’zning uzual va okkazional ma’nolari. So’zning semantik tuzilishida bor (shakllangan) ma’no, kabul etilgan, umumqo’llanishdagi ma’no so’zning o’zual (lot. usus –odat, koida) ma’nosi deyiladi. Masalan, bosh so’zining «tananing buyindan yukori qismi», «boshlik, raxbar» ma’nolari, katta so’zining «xajm-ulchami nisbatan ortiq», «yosh jihatdan ortiq» ma’nolari o’zual ma’nolardir.
So’zning semantik strukturasida shakllanib etmagan, ma’lum individual qo’llashda reallashadigan ma’no so’zning okkazional (lot. occosionalis – tasodifiy) ma’nosi deyiladi. Masalan, Fan, san’atning gullari butun, to’plangandi suxbati uchun. (Oybek).
Nazorat savollari:
1. Uslubiy bo’yoq qanday hodisa?
2. Uslubiy bo’yoqning morfema yordamida va so’z negizining o’zi bilan ifodalanishini misollar asosida tahlil qiling.
3. Leksik qo’llash qanday hodisa sanaladi?
4. Uslubiy bo’yoq bilan leksik qo’llashning farqini ayting va tahlil qiling.
5. Leksik qo’llashni nima uchun individual nutq hodisasi deymiz?
6.So’zning uzual va okkazional ma’nolarini misollar asosida sharhlang.
3- savolning bayoni:
So’zning o’z va ko’chma ma’nolari.So’zlar asl-real ma’nosidan tashqari, ko’chma ma’no ham anglatadi. So’zlar ko’chma ma’noda qo’llanganda, predmet va Hodisalarni atabgina kolmay, usha predmet va hodisalarni tasvirlash funktsiyasini Ham bajaradi. ko’chma ma’no tildagi so’zlarning to’g’ri ma’nosi negizida vujudga keladi. Ko’chma ma’noli so’zlar ilmiy va rasmiy ish uslublarida qo’llanilmaydi. So’zlarning ko’chma ma’nosi fakat kontekstda anlatiladi. Ko’chma ma’noli so’zlar tasviriy vositalar hisoblanadi. Ayniksa, badiiy matndan bunday so’zlarni ko’plab keltirish mumkin. Bunday so’zlar ekspressivlik va emotsionallikni vujudga keltirish uchun xizmat qiladi. So’zlar bir ma’nosi (to’g’ri, nominativ ma’nosi) bilan neytral, yana bir ma’nosi (figural-ko’chma ma’nosi) esa ekspressiv –hissiy fikr ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu ma’no yukorida ta’kidlaganimizdek, fakat matnda reallashadi. Bu degani, so’zlarning semantik o’zgarishga uchragani demakdir. «Biror predmet yoki voqea-hodisa Haqida aniq, erkin tasavvur Hosil qilish uchun unga boshqa predmet yoki voqea-hodisaning belgisi kuchiriladi, uxshatiladi». Bunda so’zlar o’z ma’nosidan boshqa ma’nolarni, xatto o’z ma’nosiga karama-karshi ma’nolarni ham ifodalash mumkin.
Ma’noning ko’chishi – bir predmet (yoki hodisa) nomining keyinchalik boshqa predmet yoki hodisani anglatish xususiyatiga ega bo’lishi.Bunday ko’chish shu nom bilan atalayotgan ikki yoki undan ortiq predmet (hodisa) o’rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, nafas leksemasining bosh (to’g’ri) ma’nosi “o’pkaga olinadigan va undan chiqariladigan havo”dir, ammo nafasingizni iliq qiling deganda nafas leksemasi «havo»ni emas, «gap»ni va «niyat»ni ifodalamoqda, chunki nafas olish va nafas chiqarishsiz gap shakllanmaydi, gapsiz esa fikr-niyat ifodalanmaydi: nafas, gap, fikr-niyat o’rtasidagi ana shu aloqa va bog’lanish nafas leksemasining mazmun mundarijasidagi ma’no ko’chishlariga sabab bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |