Darsni mustahkamlash uchun savollar
1. T. Adashboev ijodining eng muhim fazilatlari nimada?
2. SHoirda she’rning tug’ilishi qanday kechar ekan?
3. SHoirning tabiat manzaralari haqidagi qaysi she’rlarini bilasiz?
4. Yosh avlod tarbiyasida T. Adashboev she’rlarining ahamiyati qanday?
5. Qambar Ota ijodining eng muhim jihatlari nimada?
6. SHoir she’ryatida qaysi mavzu yetakchi ahamiyat kasb etadi?
7. SHoirning tabiat haqidagi qaysi she’rlarini bilasiz?
Adabiyotlar
1.Jumaboev M. O`zbek bolalar adabiyoti. -T.: O`qituvchi, 2002.
2.Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. -T.: O`qituvchi, 2011.
15- amaliy mashg`ulot. Anvar Obidjon va A.Ko‘chimovning hayoti va ijodiy faoliyati.
Asosiy savollar.
1.Anvar Obidjon hayoti va ijodiy faoliyati
2.A.Ko‘chimovning hayoti va ijodiy faoliyati
Hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shib kelayotgan Anvar Obidjon 1980-yilda «Bahromning hikoyalari» nomli to’plami chiqqanidan so’ng adabiy ja-moatchilikning e’tiboriga tushdi. Oradan shuncha vaqt o’tib ham, u o’zining munosib o’rnini mustahkam saqlab turibdi, uning ko’p qirrali ijodiga bo’lgan qiziqish tobora ortmoqda. Ibrohim G’afurov, Xudoyberdi To’xtaboev, Abdug’afur Rasulov, Said Ahmad, Safo Matjon, Rahmon Qo’chqor, Miraziz A’zam, Mamasoli Jumaboev, Mahmud Sattor, Kavsar Turdieva, Tursunboy Adashboev, Lola Sodiqova-Zvonaryova, Rahmatulla Barakaev, Hulkar Hamroeva kabi munaqqid va adiblarimiz bu ijodkorning asarlari to’g’risida bir-biridan ko’tarinki maqolalar yozishdi. Izlanuvchi olima Zamira Ibrohimovaning «Quvnoqlikka yashiringan izti-roblar» nomli kitobida (A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona nashriyoti, 2005) adibning nazm va nasrdagi asarlarining nihoyatda o’ziga xosligi, o’quvchini o’ziga mahliyo eta olish sirlari keng talqin qilib berilgan.
Anvar Obidjonning she’riy turkumlari haqida so’zlaganda bir narsani qayd etib o’tish lozim bo’ladi. Ba’zi qalamkashlar turli yillarda bitilgan she’rlarining mazmuni yaqinroqlarini jamlab, keyinchalik turkumga aylantirishadi. Anvar Obidjon esa, avval o’ziga xos mazmunga ega bo’lgan turkumni kashf etib, keyin shu yo’nalishda she’rlar yaratgan. Buni qaysi bir turkumga razm solmang, undagi she’rlarning shakli, hajmi, vazni deyarli bir xil ekanligidan sezish mumkin.
Ilk mashqlarini maktabda — o’quvchilik partasida xabar va maqolalar yozishdan boshlagan Abdusaid Ko’chimovni maktabdoshlari «muxbir bola» deb atar edilar. CHunki uning lavha va xabarlari tez-tez gazetalarda chiqib turardi. U a’lo o’qish, jamoat ishlarida faol qatnashish bilan birga, adabiyotni jon-dildan sevar, «O’zbek xalq ertaklari», «Alpomish», «Go’ro’g’li», «Tohir va Zuhra», «Uchar gilam», «Gulliverning sayohatlari», «Temur va uning komandasi», «Shum bola» singari kitoblarni qo’ldan qo’ymay o’qirdi. Adabiyotga bo’lgan muhabbat uni, o’rta maktabni 1967-yili tamomlaganidan keyin, Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika institutiga yetaklab keldi. U 1968—1972-yillarda mazkur institutning (hozirgi universitet) o’zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil oldi.
Institutda o’zbek va jahon adabiyoti durdonalari bilan yanada chuqurroq tanishdi. Ulkan adiblar ijodi unga mahorat maktabi vazifasini o’tadi. Bu yozuvchilardan haqqoniy qiyofa yaratish, jonli xarakter chizish, qiziqarli badiiy usullar bilan bolalarni katta hayot ichiga olib kirish yo’llarini o’rgandi. So’zning sehrli kuchini his qildi. Ehtimol, ushbu hodisalar bo’lajak shoir va adibning tuyg’ulariga yanayam kuchliroq g’ulg’ula solgandir.
Abdusaid Ko’chimovning mehnat faoliyati 1972-yilda «O’qituvchi» nashriyotida musahhihlikdan boshlandi. Ushbu nashriyotda olti oy ishlaganidan keyin, bolalarning respublika gazetasi «Tong yulduzi»ga adabiy xodim bo’lib ishga o’tdi va 1984-yilgacha ana shu gazetada bo’lim mudiri, mas’ul kotib vazifalarida mehnat qildi. Gazetachilik ishi Abdusaid Ko’chimov qalamini charxlab, adabiy ishga yo’llabgina qolmadi, balki keng hayot ichiga olib kirdi, bolalar dunyosi, ruhiy olami bilan do’stlashtirdi. Hayotiy kuzatishlar yangi mavzu, yangi material berdi. Bu yillar ijodkorning tarjimai holida hayotni o’rganish, anglash, tushunish va adabiyot sirlarini egallash davri bo’lib qoldi, deyish mumkin. Gazetachilik ishi yuzasidan tez-tez safarlarga chiqqan qalamkash respublika shahar va qishloqlarini kezdi, yirik qurilishlarda, maktablarda bo’ldi. O’zining bo’lajak qahramonlari bilan yaqindan tanishdi. SHu tariqa uning asarlarida odobli, a’lochi, mehnatkash, tirishqoq va ayni paytda, o’jar va sho’x bolalarning xilma-xil qiyofalari paydo bo’ldi. Ana shunday asarlardan biri «Mening O’zbekistonim» dostonidir. Doston bolalar adabiyotidagi tipik usullardan biri — sayohat janrida yozilgan. Dostonda mamlakatda sodir bo’layotgan voqea va hodisalar Bobo bilan Nabiraning xayolan qilgan sayohati vositasida juda qiziqarli hikoya qilinadi. Bu doston 1979-yilda alohida kitob — albom shaklida nashr etildi.
«Boychechak» hikoyasida esa ana shu g’oya yanada chuqurroq talqin etiladi. Bu asarning sujeti ham oddiy va sodda: qishloqdagi an’anaga ko’ra har yili erta bahorda «Boychechak» qo’shig’i aytiladi. Boychechakni birinchi bo’lib topib kelganlar doimo boshqalar oldida ayricha ehtiromga ega bo’ladilar. Qo’zivoy ismli mittigina bola bu yil ana shu hurmatga sazovor bo’ladi. Tog’asi unga «Boychechak» keltirib beradi. Sevinib ketgan bolalar to’planishib, yarim tunga qadar uyma-uy «Boychechak» qo’shig’ini aytadilar. Odatga ko’ra, tushgan pul hammaga teng bo’linishi, boychechak egasiga esa ko’proq berilishi lozim edi. Ammo jo’raboshi — Murod chilim Qo’zivoyga hammadan kam pul beradi. Boshqa bolalar nohaqlikni sezgan esalar-da, avvaliga jim kuzatib turishadi. Biroq Qo’zivoy pulni otasi urushda halok bo’lgan, onasi ko’pdan buyon betob bo’lib to’shakda mixlanib yotgan do’stiga bermoqchi ekanini bilishgach, chidab turisha olmaydi. Nafaqat bolalar, hatto Murod chilimning o’zi ham qilmishidan pushaymon yeydi va boshqalardan berkitib, paytavasi orasiga yashirgan chaqalarni o’rtaga tashlaydi. Bolalar hamma pulni olib, onasi bemor bo’lgan Usmonlarnikiga qarab yo’l olishadi. Uyat va or-nomusdan ezilgan jo’raboshi hamrohlarining ko’ziga tik qarashga botinmay o’zini zim-ziyo tun qa’riga uradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |