Takrorlash va mavzuning o`zlashtirilganini tekshirish uchun savollar 1.Yangi (lotincha) o’zbek yozuvining fonografik xususiyatini qanday tushunasiz? 2.Yangi (lotincha) o’zbek yozuvining alifbosi qachon qabul qilingan? Unda nechta harf bor? 3.Yangi (lotincha) o’zbek yozuvining qaysi jihatlari kirillcha o’zbek yozuviga o’xshaydi? 4.Yangi (lotincha) va amaldagi (kirillcha) o’zbek yozuvlarining grafik tizimlarida qanday tafovutlar bor?
7 -MAVZU ORFOGRAFIYA. O’ZBEK IMLOSI.
Mavzu rejasi:
1.Orfografiya-imlo haqida umumiy ma’lumot
2. Orfografiya tamoyillari.
3. Imlo qoidalari.
1-masala bayoni
Orfografiya grekcha orphos ( to‘g‘ri ) va grapho (yozaman) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, «to‘g‘ ri yozaman» degan ma’noni bildiradi.
Jamiyatning har bir a’zosidan to‘g‘ri so‘zlay olish va savodli yoza bilish talab etiladi. O‘quv muassasalari oldida turgan asosiy vazifa ham shu talab asosida kelib chiqadi. Adabiy tilning ikki shakli bo‘lib, ulardan biri yozma nutqdir. Bu nutq orfografiya qonun-qoidalariga asoslanadi. Demak, orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xos bo‘lib, u tildagi o‘zak-negiz va qo‘shimchalarni yagona tarzda to‘g‘ri yozish haqidagi qoidalar yig‘indisidir. Kirill grafikasi asosidagi imlo qoidalari 1956-yilda tasdiqlangan. Bu imlo qoidalari quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan:
1. Ayrim harflar imlosi;
2. O‘zak-negiz va qo‘shimchalar imlosi;
3. Qo‘shma so‘z va so‘z birikmalari imlosi;
4. Bo‘g‘in ko‘chirilishi;
5. Bosh harflarning yozilishi.
1995-yil 24-avgustda lotin grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvining imlosiga doir qoidalari tasdiqlandi. Bu imlo qoidalari quyidagi bo‘limlardan iborat:
Ayrim harflar imlosi: unlilar imlosi, undoshlar imlosi.
Asos va qo‘shimchalar imlosi.
Qo‘shib yozish.
Ajratib yozish.
Chiziqcha bilan yozish.
Bosh harflar bilan yozish.
Ko‘chirish qoidalari.
Oldingi imlo qoidalari bilan hozirgi imlo qoidalari o’rtasida quyidagi ayrim o’zgarishlar mavjud:
1) juft so’zlar orasida bog’lovchi bo’lib kelgan yuklamalar o’zi bog’langan so’zdan chiziqcha bilan ajratiladi: dost-u dushman, kecha-yu kunduz;
2) yil, oyni ko’rsatuvchi raqamlardan keyin ham chiziqcha qo’yiladi: 1995-yil 24-avgust, 1993- yil 2-sentabr;
3) kirilchadagi ts harfi so’z boshida va oxirida s harfi bilan beriladi: tsirk – sirk, abzats – abzas. So’z o’rtasida unlidan keyin ts harfiy birikmasi, undoshdan keyin esa s harfi bilan beriladi: litsey – litsey, aktsiya – aksiya.
4) -ga qo’shimchasi g’ tovushi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda morfologik yozuv bo’yicha asliga muvofiq yoziladi: bog’Qgaq bog’ga, tog’Qgaq tog’ga.
5) oldin shakliy yozuv qoidasiga muvofiq yozib kelingan juda ko’p chet tili so’zlari endilikda fonetik yozuv bo’yicha yoziladigan bo’ldi (bu o’zgarish asosan tarkibida yo, yu, ya harflari qatnashgan so’zlarga tegishlidir) : sentabr (sentyabr), oktabr (oktyabr), budjet (byudjet), rejissor(rejissyor), likor (likyor).
6) ayrim so’zlar esa oldin fonetik yozuv bo’yicha yozilgan bo’lsa, yangi alifboda morfologik yozuvga ko’ra yoziladigan bo’ldi: ertalabki emas ertalabgi.
Do'stlaringiz bilan baham: |