11- shakl
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
FILILOGIYA FAKULTETI
FAKULTETLARARO SANATSHUNOSLIK
kafedrasi
Ilmiy ish bilan shug‘ullanayotgan (bo‘lg‘usi nomzodlik dissertatsiyasi
ustida ishlayotgan) iqtidorli talabaning
SHAXSIY VARAQASI
68-20 guruh talabasi: Nurmuhammadova Madina Sharofiddin qizi.
Ilmiy rahbar: Norquziyeva Zebo Kamalovna
I. Iqtidorli talaba to‘g‘risida ma’lumotnoma.
N urmuhammadova Madina Sharofiddin qizi.
U 2 sentyabr 2020 yildan buyon GulDU talabasi
Tug‘ilgan yili
2000 yil 8 mart
Tug‘ilgan joyi
Sirdaryo, Sardoba tumani
Millati
O’zbek
Ma’lumoti
Oliy
O’qiyotgan ta’lim yo‘nalishi
Sana’tshunoslik
Qaysi chet tillarini biladi
ingliz
Ilmiy ishi mavzusi: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o`rgatishda innovasion texnologiyalardan foydalanish yo`llari.
2. Ilmiy rahbari (maslaxatchisi):
Uralova Dilfuza Saydalievna
Ilmiy rahbari F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni
3. Kutilayotgan natija:
1. Gazeta, jurnal, ilmiy – amaliy konferentsiya to‘plamlarida ilmiy maqolalar e’lon qilish;
2. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimalar qilib turli matbuot nashrlarida e’lon qilish.
II. Iqtidorli talaba ilmiy ishi mavzusi va mazmuni
Oilada va ta’lim tarbiyada xulqi og’ishgan o’smirlar bilan ishlashning psixologik xususiyatlari.
Mavzuning dolzarbligi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyiliga asoslanib, milliy g‘oya va uning mafkuraviy negizlarini puxta ishlab chiqish, yosh avlodni bolalikdan milliy g‘urur, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashi yurtimizda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berilayotganligidan dalolatdir.
Ma’lum bo’lishicha, bolalar va o’smirlar xulq-atvoridagi salbiy o’zgarishlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari va ularning sabablarini o’rganmasdan turib, uni faqatgina statistic jihatdan tahlil qilish bilangina bunday hodisalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ilmiy jihatdan asoslab bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ustuvor masalalardan ekanligini ko‘rish mumkin. Xozirgi paytda xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish orqali O’zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil tafakkurli, bilimli mutaxassis xar tomonlama kamolotga etgan kadrlarni tayorlash maqsadini ko‘zlaydi. Bugun jaxon xamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun chet ellik sheriklarimiz bilan o‘z buyuk kelajagini kurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning axamiyati asosiy o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |