Komillika erishishda nafs ehtiyojining ahamiyati
Tasavvuf-so'fiylik insonni o'rganar ekan, avvalo, kishining ko'ngliga, diliga tayanadi, ko'ngilni, qalbni tarbiyalashga, ko'ngil kishisini voyaga etkazishga intiladi, chunki Olloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi.
Tasavvufda insondagi jamiki xudbinlklar, illatlar, razolat dunyosiga hirs qo'yish jism ehtiyoji va nafs ta'masidan kelib chiqadi, deb o'rgatiladi. Komil inson bo'lish uchun avvalo, jism va nafs ehtiyoji va ta'masini yengish kerak. Dunyoga, boylikka mehr qo'yish kishini nafsiga qul qilib qo'yadi. Darvesh, so'fiy nafsni rad etadi. Nafs barcha falokatlar sababchisi, insonni tubanlashtiruvchi narsa. Insonni falokat botqog’idan, tubanlik jaridan qutqarib, uni poklashning birdan-bir yo'li nafsning ehtiyojini yengishdir. Buning uchun dunyo muhabbatidan voz kechish va Olloh muhabbatiga ko'ngil bog‘lash darkor. So'fiylikda buni dunyo mohiyatini va o'zligini, insoniylikni anglash yo'li deb qaralgan. O'zligini anglagan kishi esa dunyo va uning boyliklari o'tkinchi ekanligini anglaydi. Xoja Bahouddin aytadilar: «O'z nafsining yomonligini tanish o'zligini tanishdir». Demak, tasavvuf ilmi-inson haqidagi ilmdir. U inson qalbiga sayqal berish ilmi. Biz bu ilmdan 70 yil davomida bexabar edik. Inchunun, biz necha zamonlar insondan bexabar qoldik va ne zamonlar qalbimizdan fayz ketdi. O'tmishdagi Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshbandiylar yurtimiz va xalqimizning fayzi kamoli edilar. Istiqlol tufayli shu nur, shu fayz bizga qaytdi.
Shuni iftixor bilan qayd etishimiz lozimki, tasavvuf ta'limoti taraqqiyotida Turkiston farzandlarining xizmati beqiyos bo'lgan. Hoja hakim at-Termiziy, Shayx Abu Mansur al-Maturidiy, as-Samarqandiy, Xoja Abduxoliq Fijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Shayx Najmiddin Kubro, Xoja Ali Romitaniy, Abu Ali al-Fannadiy, Yusuf Hamadoniy, Bahouddin Naqshband kabi siymolar ilohiy ma'rifat yo'lining rahnamolari bo'ldilar. Ular yaratgan ta'limot va ilgari surgan ma'naviy-axloqiy g’oyalar hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Chunonchi, Ahmad Yassaviy hikmatlarida ilgari so’rilgan axloqiy pand-nasihatlardan molparastlikni fosh etish, kishilarni insofli, diyonatli, iymonli bo'lishga chaqirishda foydalanish o'rinli. Yassaviy inson hayotidagi katta kurash-nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. Nafsga mag’lub shoh-quyi, nafsdan ustunlikka erishgan g’arib shohdir, deb aytadi. Nafs inson uchun katta yovdir. Shu yovning boshini yanchgan, uni yenggan, nafsga taslim bo'lmagan kishining g’ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim poymol qila olmaydi. deb bilgan. O'z hikmatlaridan birida shunday deydi:
Nafs yo'liga kirgan kishi rasvo bo'lur, Yo'ldan ozib, toyib, to'zib gumroh bo'lur. Yotsa - tursa shayton bilan hamroh bo'lur...
U nafs bandalariga qarata «Nafsni teygil, nafsni teygil ey badkirdor» deb murojat etadi, va «Nafsim meni yo'ldan urib xor ayladi.
Termultirib xaloyiqqa zor ayladi»-deb nafs bandalarini tanqid etadi. Nafs insondagi butunlikni, iymonni sindiradi, ma'naviy jihatdan jarlikka qulatadi. Shu bois
«Nafsni tanib mehnat etsa rohat»- deb xitob qiladi. Bu g‘oyalar bizning hozirgi kunimiz, tarbiyamiz uchun g‘oyat muhim.
Movarounnahr tasavvuf ta'limotida Xoja Bahouddin Naqshbandning o'rni alohida ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etishimiz lozim. Naqshbandiya ta'limoti hayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy ma'no va mohiyatga, hayotiy mazmunga ega.
Hadislarda insonning kamolga yetishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar aks ettirilgan bo‘lib, bular mehr-oqibat ko‘rsatish, sahiylik, ochiq ko‘ngillilik, ota-ona va kattalarga, qarindoshlarga g‘amxo‘rlik, hurmat, faqir-bechoralarga muruvvat, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug‘lash, halollik, poklik, o‘zaro do‘st, tinch-totuv bo‘lish va boshqalardan iboratdir. Bundan tashqari, insonning o‘zini yomon illatlardan tiyish, yaxshilik sari intilish kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o‘z ifodasini topganki, bularning barchasi Qur'oni Karim ko‘rsatmalaridan kelib chiqadi va komil insonni shakllantirish mezoni sanaladi. Avvalo, Islom aqidasiga binoan har bir musulmon iymonli bo‘lishi kerakdir. Qur'oni Karimda ta'kidlanganidek, hadisning ham birinchi kitobi iymon kitobidir. Islomdan murod iymon demakdir. Iymonning mukammal bo‘lmog‘ining uch sharti ko‘rsatiladi:
to‘g‘ri e'tiqodli bo‘lmoq;
kishilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lmoq;
kishi o‘z ustida ishlamog‘i va o‘zini ibodat va itoatga chiniqtirmog‘i.
Iymon daraxtga tenglashtiriladi va uning 60 dan ortiq shoxlari bor deb, iymon belgilari sanab o‘tiladiki, bularning har biri inson ma'naviy qiyofasining mukammallashuviga ta'sir etuvchi xislatlardir. Bular quyidagilardan iborat: “qo‘li bilan va tili bilan o‘zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”; “O‘zi yaxshi ko‘rgan narsani birodaringizga ravo ko‘rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo‘min bo‘la olmaysiz” (3-,4-, 6- boblar); “Uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo‘lgaydir:
insofli va adolatli bo‘lmoq;
barchaga salom bermoq;
kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq”.
Bundan tashqari, kishilar uchun xos bo‘lmagan munofiqlik illatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi: Rasulloh sallalohu alayhi vasallam aytganlar: “quyidagi to‘rtta illat kimda bo‘lsa, aniq munofiq bo‘lg‘aydir, kimdaki ulardan bittasi bo‘lsa, uni tark etmaguncha munofiqlikdan bir illati bor ekan, deyiladir:
-omontga xiyonat qilgaydir;
-so‘zlasa yolg‘on so‘zlagaydir;
-shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir;
-urishib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilgaydir”
Naqshbandiya ma'naviy-axloqiy ta'limotida hur fikrlikka keng o'rin berilgan. Bu suluqdagilar mehnat qilish, ilm olish, o'z mehnati evaziga halol yashash, noz-ne'matlarni ko'pchilik bilan baham ko'rish, faqirona hayot kechirish, hammaga yaxshilikni ravo ko'rishni afzal bilganlar.
Bahouddin Naqshband aybsiz odam yo'q, shuning uchun agar aybsiz do'st axtarsak do'stsiz qolamiz,-der edilar. Odamlarga yaxshilik qilish eng yuksak insoniy burch ekanligini ta'kidlab, sham kabi bo'lgin va odamlarga yorug‘lik ber, o'zing esa qorong‘uda bo'l, degan ekanlar.
Xoja Bahouddinning «Ko'ngil Ollohda bo'lsinu, qo'ling esa mehnatda» hikmatlarining inson ma'naviy dunyosi takomilidagi ahamiyati beqiyosdir.
Tasavvuf tariqatlari haqida so'zlaganda Najmiddin Kubro asos solgan kubroviya haqida ham to'xtab o'tishni maslahat beramiz. Biz Najmiddin Kubro siymosida faqat tariqat boshchisini emas, balki o'z vatanini, xalqini dildan sevgan insonni ham ko'ramiz 122-yilda bosqinchi mo'g‘il qalalari qadami Xorazmga etib boradi. Muhammad Xorazmshoh mamlakatni fuqaroni o'z holiga tashlab qochadi. Shu qaltis damlarda Urganchni himoya qilishga 76 yoshlik Najmiddin Kubro boshchilik qiladi va jangda qahramonlarcha shahid bo'ladi. Uning siymosi xalq qahramoni sifatida asrlar osha yashab kelmoqda.
Najmiddin Kubro asos solgan Kubroviya tariqatining qoidalari o'nta bo'lib, ularda bu tariqat yo'lini tutgan so'fiyning ichki ma'naviy dunyosi qanday bo'lishi ko'rsatilgan. Insonning sabr-toqatli bo'lishi, boylik va mol-mulkka mukkasidan ketmaslik, har qanday pastkashlik, riyo, makr va hiyla-nayrangga bormaslik, hayvoniy xususiyat shahvoniy hirslarga berilmaslik g‘oyalari ilgari suriladi Xulllas tasavvuf ilmi-inson haqidagi ilmdir. Inson qalbiga sayqal berish ilmi. U inson odobini-ya'ni ma'naviyatini yanada kuchaytirgan butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtaga jamladi. Shu tariqa tasavvuf komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi.
Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentning Toshkent Islom Universitetini tashkil etish to'g‘risidagi farmoni va shu farmonga sharhda ta'kidlanganidek: «Islom ommalashuvi va rivoji sifatida vujudga kelgan tasavvuf ham O'rta Osiyo sharoitida Yassaviya, Kubroviya, Naqshbandiya tariqatlarini vujudga keltirdiki, ular butun o'rta Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlarining asrlar davomida ma'naviy, madaniy rivojlanishida muhim rol o'ynadi».
«Tarki nafsoniyya»-nafsni riyozat-qiyinchilik, yo’li bilan yengish, aql va qalbning inson ustidan nazorati, hukmronligini o’rnatish. Bu usulga amal qilgan tariqatlarga
«to’ruki nafsoniyya», deyiladi. Ya'ni, nafsning ortiqcha orzu-istaklarini bajarmasdan uni islox etish orqali insonning kamolotga, yetuklikka erishishini, nafsning poklanishini ta'minlaydigan yagona yo’l ushbu yo’ldir.
Ikkinchi yo’l esa, ruhga kuch-quvvat berib, qalbni no’rlantirib, insoniyat ishku zavq-shavq birla Allox sevgisidan boshqa xech narsani ko’rmaydigan, xis etmaydigan xolga kelishi va undan kelgan har bir amrni sevib-sevib bajarishidir. Bir shoir «bu vatan kimniki»? degan savolga:
Bir gul bog‘chasiga kirgandan Bu qora tuproqqa kirganlaringdir,
deya javob berishi kabi... Inson o’z aziz jonini berishi oson ish emas. Ammo Alloxga bo’lgan muhabbati va iymoni uchun bir gul bog‘iga kirganday jonini fido etaveradi. Boshqa bir shoir aytganidek:
Jonnijonon tilabdi. Bermaslik bo’lmas, ey dil, Na nizo aylaylik, ular seningdir, na manim.
«Qillati taom» (oz yeyish), «qillati yanam» (oz uxlash), «qillati kalom» (oz gapirish), «o’zlati anam» (yolg’iz, xoli bir gushada zikru fikr ila ibodat qilmoq) va «zikri mudom» (doim, har yerda Alloxni eslash, zikr qilish). Allox taoloni eslab, zikr qilib savob qozonish orqali aybu nuqsonlardan poklanish vositasida Alloxning lutfiga erishish
yo’li. Buni bir vaqtda, bir joyda o‘tirib tadqiq etish xilvat, chilladir. Payg’ambarimizning hadislari bor: «Kim qirq kun Ollox roziligi uchun ixlos bilan tanxo ibodat bilan mashg‘ul bo’lsa, kunglidan tiliga hikmat chashmalari jushib oqa boshlaydi». Shu sababli tariqatda chilla-qirq kun xilvatda nafsni jilovlab, toat-ibodat qilish vositasida komillik darajasiga yetishish usuli mavjud.
Tariximiz nafsni tarbiyalash borasida ko’pgina buyuk zotlarimizning amaliyotlari va pandu-nasixatlariga juda boy. Ota-bobolarimizning juda ko’pchiligi nafsini tarbiyalagan ulug’ zotlar edilar (Allox ularning sirlarini muqaddas qilsin). Shuning uchun o‘tmishdagi ulug’larimiz adabli, nazari tuk, saxiy, jaso’r, faol, o‘qimishli, mehribon bo’lganliklaridan bugunga qadar hamma tomonidan sevilib, hurmatga sazovor bo’lib kelmoqdalar. Bugungn kunimizda esa bu mavzuga qiziqish ancha sust. Xalq ta'limi muassasalarida ko’p narsalar o’rgatishadi, lekin nafs tarbiyasiga oid biron darslik yo’q. Buning chorasini topishimiz, bizni dunyoga tanitgan ma'naviy qadriyatlaryamizni qayta bunyod etishimiz zarur Tasavuff ta’limotida nafs tarbiyasi bosqichlari
Nafs-milliy ma’naviyatimiz an’analariga binoan inson ruhiyatiga moddiy olam ne’matlariga moyillikni ifodalovchi timsol-tushuncha bo’lib, tasavvuf tariqatlarida nafs tarbiyasiga alohida ahamiyat qaratilgan va uning turli darajalari belgilangan.
Nafsi ammora–insonni tamomila o’z jiloviga olgan, har qanday og’ir gunohlarga boshlovchi tarbiyaga bo’ysinmagan, o’jar nafs. Qur’oni karimning “Yusuf” surasidagi eslanadi.
Nafsi lavvoma–gunoh ishlarga yo’l qo’yganda qiynala boshlagan, o’z xatolaridan afsuslanish hissi paydo bo’lgan inson nafsining holati. Qur’oni Karimning “Qiyomat” surasida eslanadi.
Nafsi mutma’inna–sokin muvozanatga erishgan, xotirjam, gunohlardan tiyilgan nafs, Qur’oni Karimning “al-fajr” surasida eslanadi.
Nafsi mulhama–ilhomlangan nafs, nafs tarbiyasining bu darajasiga erishgan insonlar o’zgalarga beminnat yordam ko’rsatishga moyil bo’ladilar, savob uchun vaqtini, molini, mehnatini ayamaydilar.
Nafsi marziya–rozi bo’lgan nafs, alloh taqdir etgan yaxshi-yomon ishlarga sabr qiluvchi, turmush og’irliklariga bardoshli, odamlarning noo’rin munosabatlaridan xafa bo’lib, gina qilmaydigan insonlar nafsi.
Nafsi sofiya–dunyo orzu-havaslaridan, obru-e’tiborga intilish tamoyillaridan butkul forig’lik darajasiga erishgan nafs oriflik maqomiga yetishgan piri murshidlar, valiylar nafsi.
Nafsi komila–Payg’ambarlar nafsi, oddiy kishilar nafs tarbiyasi bilan bu darajaga yetishi qiyin, ammo komil nafs egasi bo’lishga intilish ma’naviyat nishonasidir.Nafsni yengishni, soda qilib, insonning barcha yomonliklar, yani illatlardan forig’ bo’lishi, faqat va faqat yaxshilik qiladigan kishiga aylanishi, deb tushunish kerak. Chunki tasavvufni o’zining mafkurasi hisoblangan hazrat Alisher Navoiy asarlarida bunday targ’ibotlarga ko’p duch kelamiz.
Masalan, “Lison ut-tayr”da shunday baytlar borki, ular fikrimizni to’liq tasdiqlaydi: Chun riyozat raf etib ruhoniyat, Salb bo’lg’ach kimsadin nafsoniyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |