Guliston davlat universiteti
Fakultet: Tarix fakulteti
Yo’nalish: Arxeologiya
Mustaqil ishi
MAVZU: Nafs haqida tasaffuf allomalarning qarashlari
Bajardi: Oybek Erqulov
GULISTON-2022
Nafs haqida tasavvuf allomalarning qarashlari
Reja:
Tasavvuf ta’limotida nafs tarbiyasi
Komillika erishishda nafs ehtiyojining ahamiyati
Insoniylikni anglash va tasavvuf allomalarning qarashlari
Ushbu masalaning bayonini, yaqin o'tmishda. Sho'rolar zamonida dinga va diniy qadriyatlarga, diniy kitoblarga, ulamolarga bo'lgan salbiy munosabatlardan boshlashni maslahat beramiz. Shunda talabalar mustaqillikning bizga bergan oliy ne'mati ma'naviy va ma'rifiy merosimizni qaytarib berganligi ekanini tushunib etadilar. .Yaqin o'tmishda namoz o'qish, diniy marosimlarni o'tash taqiqlangan edi. Masjidlar, aziz-avliyolarning ziyoratgohlariga qulf o‘rilgan edi. Odamlarning uylaridagi Qur'on, Hadis, turli diniy adabiyotlar, hatto arab yozuvidagi boshqa kitoblar terib olinib, yoqib yuborilgan edi. Mana buni «johiliya», nodonlik desa bo'ladi. Qanchadan-qancha odamlarimiz hozirgi emin-erkin kunlarni qo'msab, ammo ko'rolmay, armon bilan o'tib ketdilar. Shu bois biz mustaqillik keltirgan ne'matlarga har qancha shukronalik aytsak arziydi. Mustaqillik davrida islomiy qadriyatlar tiklandi, iymon-e'tiqodimiz o'zimizga qaytdi. Bu savobli, ezgu ishlarga karvonboshi hurmatli Prezidentmiz Islom Karimov ekanini har daqiqada eslab turishimiz lozim. Prezidentmiz ma'naviyat va ma'rifatga oid nutq, ma'ruza va asarlarida islomning ma'naviy-axloqiy, ma'rifiy tarbiyadagi yuksak roli, o'rni, ahamiyatini muntazam o‘qtirib kelmoqdalar.
Xususan bu masalalarga Prezidentmiz Islom Karimovning «Istiqlol va ma'naviyat» to'plami, «O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari», «Ozbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo'lida». «O'zbekiston XXI asr bo'sag’asida, havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «olloh qalbimizda, yuragimizda», «Ozod va obod Vatan. erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz» kabi asar va risolalarda javob topishimiz mumkin.1
«Islom dini, deb ta'kidlaydi Islom Karimov «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javobida, hayotimizning tub zamiriga chuqur singib ketgan. Bu inkor etib bo'lmaydigan haqiqat. Milliy qadriyatlarimizning zamonlar osha bezavol yashab kelishiga sabab avvalo muqaddas dinimiz hisobidan”. Bu holat xalqimizga, xususan
yoshlarimizga milliy g’oyani singdirishda Islom omilidan oqilona foydalanishni taqozo etadi.
Ana shularni hisobga olgan holda mustaqil mamlakatimizda islom dini omilidan, uning boy ma'naviy va madaniy qadriyat sifatidagi katta imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida o‘lkan ishlar amalga oshirilmoqda. Avvalo masjidlarga, aziz-avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar olib tashlandi. Qarovsiz qolgan masjidlar ta'mirlandi, yangilari barpo etildi. Aziz-avliyolar yotgan, o'tmishda qarovsiz holga kelgan joylar obodonlashtirildi, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yuzaga keltirildi Ramazon va qurbon hayitlari dam olish kuni deb e'lon qilindi Har yili minglab fuqarolarimizning haj va umraga borib kelishlari uchun imkoniyat va sharoit yaratib berildi. Bu o'tmishda faqat xayoliy orzu va armon edi. Ulamolar, Iso Termiziy, Hakim Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Zamahshariy, Abduxoliq Fijduvoniy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur Motrudiy, al-Marg’inoniy va boshqa ulug’ zotlarning yubileylari bo'lib o'tdi, 1998 yilda esa Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi nishonlandi. Qur'oni Karim, Hadislar va boshqa diniy kitoblar nashr qilindi, qilinmoqda. O'tmishda birorta ham diniy ulamoning yubileyi o'tkazilmas edi, diniy kitoblarni nashr etish taqiqlangan edi, yuqorida aytganimizdek, borlari ham yo'q qilingan edi 1999 yilda Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Mustaqillik yillari islom dini va islomiy qadriyatlarni tiklash borasida asrlarga teng amaliy ishlar bajarildi Islom va islomiy qadriyatlar ma'naviy va ma'rifiy hayotimizning tarkibiy qismiga aylanib qoldi. Prezidentmiz Islom Karimov so'zlari bilan aytganda: «Biz islom dini ota-bobolarimiz dini ekani, u biz uchun ham iymon. ham axloq. ham diyonat, ham ma'rifat ekanini doimo yuksak qadrlaymiz. Dinga hurmat va e'tiqod biz uchun o'lmas qadriyatdir».
So'nggi yillarda bizning diyorimizda ham taraqqiyotimiz, osoyishtaligimizni ko'rolmaydigan «vahobiylik» va «hizbut-tahrir» kabi oqimlarning guruh va to'dalari paydo bo'lib qoldi. Bunday to'dalar o'zlaricha masjidlarda ig‘vo ko'tarib, o'tish davrining qiyinchiliklaridan foydalanib, ayrim yoshlarning ongini zaharlamoqdalar.
Mustaqillikning bergan erkinligini suiste'mol qiimoqdalar. Bu mutaassib dindorlar o'zlarini «vahobiy» yoki «dinni tozalovchilar», «fundamentalistlar» deb yuritib, aslida esa birinchi navbatda islomning o'ziga zarba bermoqdalar. Vahobiylar bir yarim ming yillik ilm-fan, madaniyat tarixidan voz kechish. Imom Buxoriy, Imom G’azzoliy, Imom Abu Xanifa, Burxoniddin Marg’noniy, Ahmad al-Farg’oniy, Navoiy, Jomiy. Ulug’bek, Bahouddin Naqshband va boshqa o'nlab mutafakkirlar, so'fiylar, olimlar merosidan voz kechish, ulaning asarlarini yoqib yuborishni, maqbaralarini buzib tashlashni tavsiya qilmoqdalar. Ular umuman inson aqli, inson qalbi bilan yaratilgan jamiki ma'naviy boyliklarni uloqtirib tashlashga da'vat etmoqdalar. Axir bu vaxshiylik, nodonlik, johillikning o'ziku Ma'naviyatli va ma'rifatli kishi, buni mutloqo qabul qilmaydi. Vaxobiylik bizni orqaga, jaholatga tortadigan islomni, islom ahlini buzadigan xavfli oqim. «Dinni tozalash», «sof dinga qaytish» niqobi ostida tashviqotlar olib borib, odamlarni tahlikaga solish, qonli jinoyatlar qilish, otani bolaga, akani-ukaga dushman qilib, jamiyatimizni xavf ostiga qo'yayotganlardan milliy qadriyatlarimizni avaylab- asrashimiz lozim.
Diyorimizda din niqobi ostida ish ko'rayotgan ekstremistlar, aqidaparastlar mavjud konstitustiyaviy tuzumga qarshi borib, hokimiyatni egallash va O'zbekistonda Islom davlati qurish, xalqni qo'rquvga solib, hukumatga ishonchsizlik uyg’otish uchun turli jinoyatlar va terroristik harakatlar sodir etish yo'li bilan el tinchligini buzishga urinmoqdalar. Ularning asl maqsadi hukumatparastlik, ya'ni davlatni qo'lga olishdan iborat. Mustaqil yurtimizda ularga o'z vaqtida zarba berildi va ularning payi qirqildi.
Xalqimiz endi erkinligini qo'lga kiritgan, o'zligini angalb yetgan bir zamonda allaqanday kimsalarga ergashib yana jaholat va qullik tuzog’iga qaytadimi? Albatta yo'q. Ammo hamma gap har qanday tahdid yoki tahlika oldida vahimaga tushmasdan, ana shu kurash va sinovlarga doimo tayyor turishda, ogoh va sergak bo'lishda. Ayniqsa yoshlarimizni ularning zararli ta'siridan asrab qolish hozirgi tarbiya ishimizning asosiy yo'nalishi bo'lib qolishi lozim. Yoshlarimiz doimo va har on ogoh va yana ogoh, sergak bo'lishlari zamon talabi Buning yoshlarimiz ongiga mustaqillik g‘oyasini chuqur singdirishimiz lozim. Toki ular milliy ildizlari baquvvat, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastning «da'vati» ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutloqo begona g’oyalar ham ularga o'z ta'sirini o'tkaza olmaydi.
Muhtaram Prezidentmizning «Turkiston-press» axborot agentligi muxbirining savollariga javoblarida ta'kidlaganlaridek: «Biz o'z dinimiz va e'tiqodimizdan hech qachon voz kechmaymiz. Shu bilan birga muqaddas dinimiz sha'niga dog’ tushirmoqchi bo'lgan kimsalar bilan hech qachon murosa qilolmaymiz. Men O'zbekiston rahbari sifatida qandaydir yovuz kuchlar islom dinimizni, ota-bobolarimiz e'tiqodini, musulmon fiqarolarimizni tahqirlashiga, jamiyatimizga xavf tuldirishiga hech qachon yo'l qo'ymayman».
Prezidentmiz aytganidek, har birimiz hamisha, har soniyada ogoh bo'lishimiz lozim. Bu mustaqil yurt har bir fuqarosining muqaddas burchi bo'lmog’i lozim. Muqaddas dinimiz sha'niga dog’ tushirmoqchi bo'lgan. undan marazli siyosiy maqsadlarda foydalanishni istaydigan kimsalar va kuchlar bilan hech qachon murosa qilolmaymiz».
Yurtimizda keyingi vaqtlarda ro'y berayotgan ayrim salbiy hodisalar, nojo'ya xatti-harakatlar, yozuv ishlar, avvalo mafkuraviy boshliq tufayli sodir bo'lmoqda1. Har bir fuqaro shuni anglab etishi kerakki, O'zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida o'ziga xos va mos yo'li bo'lgani kabi madaniy-ma'naviy rivojlanishida ham o'z yo'li bor. Bu o'ziga xoslikni dinga, diniy qadriyatlarga munosabatimizda, ulardan ma'naviy tarbiyada foydalanishimizda ham ko'rishimiz mumkin. Bu yo'l Prezidentmiz asarlarida bayon qilib berilgan Uning mohiyati, mo‘tadil dindorlik, islom ma'rifatini rivojlantirish, ichki botiniy olamni poklab, Ollohni dilda saqlab. aqlu tafakkur, ilmu irfon bilan kamolot sari borish, o'z merosiy qadriyatlarimiz va dunyo ilmini egallab, zamon bilan hamqadam olib borish.
Xulosa shuki, mustaqillik bergan hidoyat yo'lini turli unsurlardan asrash, ularga berilmaslik lozim. O‘rta asrlarga kelib nasroniylik Ovro'po halqlarining ijtimoiy-siyosiy
va madaniy hayotini cherkovga bo'ysundirdi, hamma sohalar bo'yicha cherkov nazorati o'rnatildi. Bu bilan ilm-fan va san'at cherkov belgilab bergan chegaralar doirasidagina rivojlanishga mahkum etilgan edi. Islom dinida esa, ayniqsa, tasavvufning vujudga kelishi tufayli, muayyan ma'noda hurfikrlilik mavjud bo lib, ilm-fan va sanat taraqqiyotiga keng yo'l ocxildi Natijada qadimgi dunyo mumtoz axloqshunosligi ilgari surgan soval aniq rivojlantirish. U o'rtaga tashlagan muammolarni hal etish, o'sha davr va keyingi davrlar uchun dolzarb bo’lgan muhim nazariy hamda badiiy-axloqiy asarlarni yaratish, asosan, musulmon Sharqi allomalarining zimmasiga tushdi.
Bu davr axloqshunosligi ham turli xil axloqiy-falsafiy oqimlardan tashkil topgan. Lekin bunday oqimlar yoki yo'nalishlarning oziga xosligi shundaki, ular Qadimgi dunyo axloqshunosligi singari nisbatan qat'iy chegaralarga ega emas. Chunonchi, Umar Hayyom o'zining tabiiyyunlar yo'nalishiga mansub deb hisoblasa-da, aslida uning falsafiy-axloqiy qarashlari ko proq tanosuh ul-arvoh (ruhlarning ko'chib o'tishi) oqimiga taalluqlidir. Eki mashshoiyyunlik oqimining buyuk vakillari deb tan olingan Forobiv va lbn Sinoning axloqiy qarashlari ba zi jihatiari bilan tasavvufiy axloqshunoslikka ham taalluqii ekani ko zga tashlanib turadi. Ammo shunga qaramay, umuman olganda, falsafiy-axloqiy oqimlar borasida gap ketganda, musulmon Sharqida ikki yo'nalish alohida o'rin tutadi. Bular - mashshoiyyunlik va tasavvuf axloqshunosligi.
Yangi davr axloqshunosligida tasavvufiy yo'nalishining ham o'z o'rni bor. Bu borada Naqshbandiya tariqatining eng kenja bo'g'in mutafakkirlaridan bo'lmish buyuk turk allomasi Muhammad Zohid Qutqu (1897-1980) va uning shogirdi, zamondoshimiz professor Mahmud As'ad Jo'shonning qarashlari alohida diqqatga sazovor. Muhammad Zohid Qutqu besh jildlik «Tasavvufiy axloq» deb nomlangan fundamental asarida boshqa axloqiy masalalar bilan birga jo'varmardlik mezoniy tushunchasini. Jo'shon esa o'z asarlarida nafs va uni engish muammolarini o'rtaga tashlaydilar.
Ular asarlarida inson hayoti oliy qadriyat ekani ta’kidlangani holda, o'zganing hayotini o'zingnikidan oliyroq qadriyat deb qarash g'oyasi ilgari suriladi. Jo'vormardlikning mohiyati ana shunda. Bunday qarash, shubhasiz hozir zamondoshlarimiz hayotiga kirib kelgan salbiy ma'nodagi o'ta pragmatizmga qarshi kurashda, axloqiy muhitni sog'lomlashtirishda muhimdir.
Biz Yangi davr axloqshunosligi mavzuiga qisqacha to'htalib o'tdik Zero, u shunchalik rang-barang va miqyosliki, uni bir-ikki yo uch ma'ruza doirasida qamrab olish mushkul. Shu bois uning asosiy ta'limotlari va yo'nalishlarinigina nazardan o'tkazdik, holos.
Ma'lumki, diling Xudo bilan, qo'ling ish bilan band bo'lsin, degan shior Naqshbandiya tariqatining asosiy tamoyilidir. Navoiy butun umr avvalo, shaxsan o’zi ana shu tamoyilga amal qildi, qolavyersa, deyarli hamma asarida insonni zamindan oyog'i uzilmagan qahramon tarzida talqin etdi. Shuninng uchun ham alloma Bertels Navoiyni, nafaqat buyuk shoir hamda mutafakkir, balki buyuk va pokiza, nomi bosh harflar bilan yozilishga loyiq inson edi, deb ta’riflaydi
Shaxsning hayotda muvaffaqiyatga erisholmasligiga. jamiyatning rivojlanishdan ortda qolishiga asosiy sabab, ta'lim-tarbiyaning nuqsonligidir. To'g’ri va mukammal ta'lim-tarbiya olgan shaxslar o'zlarini ham, jamiyatni ham taraqqiyot sari yetaklaydilar. Shu shart bilanki. ta'lim mukammal va ijobiy bo'lmog’i kerak. yo'qsa. insonni chala domla dinidan, chala hakim jonidan mahrum qilib qo'yishi mumkin. Shunday ekan. mukammal ta'lim-tarbiya nima va u qanday bo'lishi kerak.
Yaxshi talim-tarbiya, shubhasiz, insonning jismi va ruhiy dunyosiga, oxiratiga foydali, uni har ikki jahonda baxtu-saodatli qiladigan, ilm va tajriba bilan bir qatorda diyonat, bilimdonlik, balog‘at baxsh etadigan, to:g‘ri yo'lga, ezgu va ma'qul ishlarga undaydigan ta'lim-tarbiyadir. Aql ilmga naqadar to'lib toshsa ham qalb va ko'ngilni sira unutmaslik kerak, inson o'zidagi ma'naviy jihatlarni, vijdon va nafsini tarbiyalashi, ehtiroslarini boshqara olishi, xunuk odatlarini tark etishi, mavjud ilmiy yutuqlarini insoniyat foydasiga yo'naltira oladigan zehniyatga ega bo'lishi zarur narsadan kamimiz yo'q. O'sha «hech»... narsa ketidan yugurib g‘am tashvishda ham emasmiz. Egnimizda janda, orqamizda go'riston, agar o'lsak hech bir motam kerak emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |