Xo’jalik faoliyatining tahlili - buxgalteriya hisobi, hisobot va boshqa ma’lumotlar asosida korxona va birlashmalar faoliyatining natijasini o’rganish. XFTning iqtisodiy tahlildan farqi shundaki, iqtisodiy tahlil kengrok faoliyatni qamrab oladi, u bilan iqtisodiy fanlar va xizmatlar, jumladan O’zR Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi, Moliya vazirligi va uning bo’limlari, bank tashkilotlari shug’ullanadi.
Xo’jasizlik - lavozimdagi kishilarning o’zlariga yuklatilgan vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashlari va buning natijasida mablag’larning yuqolishi, buzilishi, yaroqsiz bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Shaxslarning o’z vazifalarini suiste’mol qilishlari jinoyat hisoblanadi. Xo’jasizlikka yo’l qo’ygan shaxslar korxona jamoasi yoki huquqiy tashkilotlar tomonidan javobgarlikka tortiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |