Xususiylashtirish - davlat yoki munitsipial mulkchilikni (korxona, bank, transport, aloqa, bino, aktsiya va boshqalar) to’lov hisobiga yoki bepul xususiy mulkchilikka berish. Xususiylashtirishning asosiy shakllari: xususiy shaxslar (kompaniyalar) tomonidan davlat mulkini uzoq muddatga ijaraga berish, aktsiyalarning ma’lum bir qismini sotish.
Xo’jalik jarayonlarini ro’yxatga olish - xo’jalik jarayonlarini hisob registrlarida aks ettirish. Hisob registrlaridagi yozuv qo’lda, mashinada, ko’chirma, shaxmat, to’g’ri, xronologik, tizimli yozuvlarda amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobida xo’jalik jarayonlari ikki yoqlama yozuv yordamida aks ettiriladi (shaxmat yozuvi, xronologik yozuv, to’g’ri yozuv, tizimli yozuvlarga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |