Sotish xarajatlari byudjeti – xaridorlar imkoniyati va mahsulotlar hajmini e’tiborga olib, vertikal hamda gorizontal tartibda tuzilgan byudjet shakli.
Sponsor - reklamani ko’zda tutgan holda kimgadir yordam ko’rsatuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Spot - 1) Savdoda qo’llaniladigan va naqd tovarni bildiradigan atama, naqd tovarlarga kelishuv va haqiqiy tovarlar yuzasidan birja kelishuvlari, 2) valyutani sotish yoki darhol yoki juda tez etkazish (2 - ish kunida) uchun kerak bo’lgan tovar bahosi, 3) tonnajga ega bo’lgan kema, taxminan fraxtlash talablariga javob beradi.
Spot-prompt - kemani yuklashga darhol tayyorligi sharti bilan charter.
Ssuda - mulkdan bepul foydalanish shartnomasi. Foiz to’lovi bilan kreditga beriladigan pul mablag’i.
Do'stlaringiz bilan baham: |