Prezentatsiya - to’lovni amalga oshirishga majbur shaxsga o’tuvchi vasiqani berish, taqdim etish.
Printsipial - 1. Mulk egasi bo’lib, vositachiga mulk bilan bog’liq jarayonni bajarish topshirig’ini beradi. 2. Majburiyatdagi asosiy, bosh qarzdor.
Prifiks - pasaytirish yoki ko’tarish mumkin bo’lmagan, ma’lum bir baho.
Prodjekt-liz - lizing sohasida yangi istiqbolli yo’nalish. Lizing kompaniyasi nafaqat alohida turdagi uskunalarni uzoq muddatli ijaraga berishadi, balki xizmatlarning umumiy majmui, ijarachi foydalanadigan moddiy boyliklarning barcha turlari - er, bino, mashina, uskuna, shuningdek, ularni xarid etish jarayoni barcha sohalari, jumladan, lizing, uskunani o’rnatish va moliyalashtirishni ham taqdim etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |