Marjinal daromad – korxonada mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan tushum va ularni ishlab chiqarish tannarxi summasi o’rtasidagi farq.
Marjinal daromadning o’rtacha hajmi – mahsulot (ish, xizmat)lar bahosi bilan o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar o’rtasidagi farq.
Marjinal daromad koeffitsienti – mahsulot sotishdan tushgan tushumdagi marjinal daromadning ulushi.
Markazlashgan buxgalteriya - buxgalteriya hisobini markazlashtirishning yuqori shakli bo’lib, unda bir xil faoliyat yurgizayotgan bir birlashmaga qarashli korxonalar xo’jalik va moliyaviy faoliyatining buxgalter hisobi markazlashtirilgan holda buxgalteriya idorasida olib boriladi. Ma’lumki, bunda, buxgalteriya hisobi mexanizatsiyalashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |