Litsenziya kelishuvi - litsenziya, “nou-xau”, tovar belgilari va boshqalardan foydalanish huquqini berish haqidagi kelishuv. Litsenziya kelishuvi patentli litsenziyani, bir necha patentlarni va ular bilan bog’liq “nou-xau”larni yoppasiga, ixtiro patentlarisiz “nou-xau”larning foydalanish uchun berilishini o’zida jamlashi mumkin.
LIFO - 1. Tovar-moddiy boyliklarini so’nggi qabul qilingan yoki tayyorlangan partiya bahosi bo’yicha hisobga olish usuli. LIFOning qo’llanilishi foyda summasini ko’payishi yoki kamayishi imkoniyatini beradi.
2. Jamg’armachiga foiz summalarida yutuqni ta’minlovchi, bankdan jamg’arma qismini muddatidan oldin olishda foizni hisoblash usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |