Kontrafakatsiya - boshqa kompaniya mahsulotlarini namoyon etib bo’lgan tovar belgilaridan boshqa firmalarning foydalanishi. Kontrafakatsiya natijasida xaridorlar tovarning kelib chiqish manbaiga ikkilanib qarashadi. Manfaati buzilayotgan korxona esa, shu davlatda o’rnatilgan qonunchilikdan kelib chiqib, o’z huquqini himoya qilish tadbirlarini qo’llashi mumkin.
Kontsern - mulkchilik va nazorat birligiga asoslanuvchi birlashish shakli. Kontsernga kiruvchilar mustaqillikka ega bo’lmay, kontsernni boshqaruvchi bosh tashkilot tomonidan nazorat qilinadi. Kontsern ishtirokchilari bir vaqtning o’zida boshqa kontsernlar tarkibiga kirishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |