Buxgalteriya hisobining uslubi - buxgalteriya hisobining predmetini o’rganish va aks ettirish usuli. Buxgalteriya hisobining uslubi buxgalteriya hisobining predmeti haqida ishonchli ko’rsatkichlar olishni ta’minlaydi. Bu ko’rsatkichlar 2 guruhga bo’linadi: korxona mablag’larining hajmi, tarkibi, joylashishi va foydalanishi, ikkinchisi esa, mablag’lar manbai va ularning maqsadli mo’ljalidir. (Korxona mablag’lari manbalar tashkil topishi, korxona mablag’lariga qarang). Ko’rsatkichlar guruhi o’zaro bog’liqlikda bo’lib, ularning har ikkisi ham korxona mablag’ini aks ettiradi. Shuning uchun ham ko’rsatkichlarning 2 guruhi ham (pul ko’rinishida) o’zaro teng bo’lishi lozim (balansli umumlashuv).
Balansda umumlashuvga ega bo’lish maqsadida hisobvaraqning quyidagi usullari qo’llaniladi: xo’jalik mablag’larini baholash va kalkulyatsiya; buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining tizimi va xo’jalik jarayonlarini hisobvaraqlarda ikki yoklama yozuv usulida aks ettirish; hisob registrlar ma’lumotlarini umumlashtirish (balans va hisobot). (Buxgalteriya balansi, hujjatlashtirish, ikki yoklama yozuv, inventarizatsiya, xo’jalik mablag’larini baholash, hisobot, buxgalteriya hisobiga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |