11.3. Soliq va majburiy to’lovlarni hisobga olish
Qo’shimcha qiymat solig’i
QQS – egri soliq bo’lib, mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi, ish bajaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi hamma korxonalardan olinadi. Ushbu soliq tovar qiymatiga qo’shimcha summa bo’lib 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab 15% dan undiriladi. Har bir soliq to’lovchi hisoblangan QQS summasini byudjetga butunlay emas, balki mol etkazib beruvchiga to’lagan QQS summasini ayirgan holda, farqini to’laydi.
O’zR soliq tizimida QQS 1992 yil yanvardan boshlab amal qilmoqda. Ushbu soliqni hisoblash tartibi Soliq kodeksining 10 bo’limida bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |