Yakuniy yaroqsiz mahsulotdan yuqotishlar hisobdan chiqarildi
11 849 000
2010
2610
Tekshirish: hisobvaraq № 2610ning debet va kredit aylanmasi farqi nolga teng bo’lish kerak:
(7434 + 2450 + 343 + 1450 + 174 + 1791 + 6850) – (420 + 3304 + 4919 + 11 849) = 0
Chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
TMh = TIChb + X - HCh – TICho bu erda:
TMh – tayyor mahsulotni haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi;
TIChb – tugallanmagan ishlab chiqarish hisobot davri boshida (2010 hisobvaraqning oy boshidagi qoldig’i);
X – hisobot davri xarajatlari (2010 hisobvaraqning debet aylanmai);
HCh – hisobot davri qaytarishlar va hisobdan chiqarish (2010 hisobvaraqning kredit aylanmai);
TICho – tugallanmagan ishlab chiqarish hisobot davri oxirida (2010 hisobvaraqning oy oxiridagi qoldig’i).
TMh = 12 654 000 + (1 044 917 140 + 15 134 000 + 112 345 000 + 113 546 000 + 11 849 000) – 7 434 000 – 15 452 000 = 1 287 559 140 so’m.
“Tayyor mahsulot sotishi hisobi” bo’yicha buxgalteriya yozuvlari tuzamiz:
Mahsulot sotish xarajatlari hisobdan chiqarildi (qara yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash qaydnomasi)
6 758 000
9910
9410
5
Sotishdan yakuniy moliyaviy natija aniqlandi (foyda) (2 655 000 – 405 000 – 1 672 730 – 6758)
570 512 000
9910
8710
Nazorat savollari
1. Korxona xarajatlari va sarflari haqida tushuncha bering.
2. Mahsulot tannarxi turlarining qanday turlari bor?
3. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashning qanday usullarini bilasiz?
4. Buxgalteriya hisobi va soliq hisobi bo’yicha xarajatlar tushunchasidagi asosiy farqlar nimalardan iborat?
5. Korxona xarajatlarining tasnifini aytib bering.
6. Korxonaning qanday xarajatlari soliq maqsadlari uchun me’yorlashtiriladi?
7. Kelgusi davrlar xarajatlariga qanday xarajatlarni kiritish mumkin?
8. Korxonaning oddiy faoliyatiga tegishli xarajatlar tushunchasini ochib bering?
9. Boshqa xarajatlarga nimalar kiradi?
10. Korxonaning ustama xarajatlari qanday hisobdan chiqariladi?
11. Korxonaning xarajatlari buxgalteriya hisobida qanday sharoitlarda tan olinishi mumkin?
Buxgalteriya hisobi faqat debet va kreditdan iborat emas, u kompaniya boshqaruvi uchun hamma narsaga yo’l ko’rsatuvchi kompas sifatida xizmat qilishi kerak. Matsusita Konosuke.
9 BOB. MAHSULOT, TOVAR (ISH, XIZMAT)LAR VA ULARNI SOTISH HISOBI
9.1. Asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar
1. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 26-29 boblar.
2. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 10-12 bo’limlar.
3. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zR qonuni (yangi tahrir). 13.04.2016 y. № O’zRQ-404.
4. “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom”. (O’zR Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori (o’zgartirishlar va ilovalar bilan)).
5. “Xo’jalik sub’ektlari xarajatlari va moliyaviy natijalarini shakllantirish hisobini takomillashtirish tartibi to’g’risida” (o’zgartirish va ilovalar bilan). (O’zR VMning 2003 yil 15 oktyardagi № VMQ-444 qarori).
6. O’zR 2-son BHMS “Asosiy xo’jalik faoliyatdan tushgan daromadlar” (O’zR Adliya vazirligida 1998 yil 26 avgustda 483-son bilan ro’yxatga olingan).
7. O’zR 4-son BHMS “Tovar-moddiy zahiralar (yangi tahrirda)” (O’zR Adliya vazirligida 2006 yil 17 iyulda 1595-son bilan ro’yxatga olingan).
8. O’zR 19-son BHMS “Inventarlashni tashkil etish va o’tkazish” (O’zR Adliya vazirligida 1999 yil 2 noyabrda 833-son bilan ro’yxatga olingan).
9. O’zR 21-son BHMS “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi va uni qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma”. (O’zR Adliya vazirligida 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan).
10. O’zR 22-son BHMS “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” (O’zR Adliya vazirligida 2004 yil 21 mayda 1364-son bilan ro’yxatga olingan).
11. “Buxgalterlik hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to’g’risidagi Nizom”. (O’zR Adliya vazirligida 2004 yil 14 yanvarda 1297-son bilan ro’yxatga olingan).
12. “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi NIZOM” (Markaziy bank qarori 26.04.2013, №9/1, O’zR Adliya vazirligida 2013 yil 3 iyunda 2465-son bilan ro’yxatga olingan).