148. Relevant chegarasi oralig’ida bir dona mahsulot turiga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar: A) ishlab chiqarish hajmiga umuman aloqasi yo’q;
B) har bir ishlab chiqarish hajmida turlicha bo’ladi;
C) har bir ishlab chiqarish hajmida o’zgarmasdan qoladi;
D) har bir ishlab chiqarish hajmiga qarab proportsional o’zgaradi;
E) to’g’ri javob yo’q.
149. Kelgusi yilga korxona o’z faoliyatini rejalashtirishda, realizatsiya hajmini 20 000 000 000 so’m etkazish uchun quyidagi ma’lumotlarni tayyorladi:
№
Xarajatlar turi
O’zgaruvchan xarajatlar (ming so’m)
Doimiy xarajatlar (ming so’m)
To’g’ri moddiy xarajatlar
3 800 000
-
To’g’ri mehnat haqi xarajatlari
3 400 000
-
Umum ishlab chiqarish xarajatlari
1 900 000
1 500 000
Marketing xarajatlari
800 000
900 000
Ma’muriy boshqaruv xarajatlari
1 700 000
2 600 000
JAMI:
11 600 000
5 000 000
Ushbu misolda kritik nuqtani pul birligida aniqlang. A) 8 400 000 000;
B) 15 000 000 000;
C) 3 400 000 000;
D) 20 000 000 000;
E) 16 600 000 000.
150. Tashkilot 500 000 dona mahsulot sotishni rejalashtirmoqda. Shundan doimiy xarajatlar – 1 000 000 000 so’m va o’zgaruvchan xarajatlar - sotish bahosining 60% tashkil qilgan. Tashkilot 800 000 000 so’m foyda olishi uchun, mahsulot birligining donasining sotish bahosi bo’lishi kerak: A) 6 000 so’m;
B) 7 000 so’m;
C) 8 000 so’m;
D) 9 000 so’m;
E) 10 000 so’m.
151. Korxona ishlab chiqqan mahsulotining har bir donasini 1 500 000 so’mda sotmoqchi. Har bir dona mahsulotga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar – 1 250 000 so’m. Doimiy xarajatlar bir oyga 1 600 000 000 so’m tashkil qiladi. Shu vaziyatda sotishning kritik nuqtasi necha dona mahsulot birligiga teng?
A) 6 420;
B) 6 400;
C) 6 950;
D) 6 240;
E) 6 879.
152. Buyurtmali usul bo’yicha tannarxni kalkulyatsiya jarayonida umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan chiqarish uchun: A) 2010 - hisobvaraq debetlanadi;
B) 2510 - hisobvaraq debetlanadi;
C) 2510 - hisobvaraq kreditlanadi;
D) 2010 - hisobvaraq kreditlanadi;
E) 2310 - hisobvaraq debetlanadi.
153. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlashning normativ koeffitsenti - bu: A) haqiqiy ishlab chiqarish xarajatlarining umumishlab chiqarish xarajatlariga nisbati;
B) haqiqiy umumishlab chiqarish xarajatlarining, haqiqiy ishlab chiqarish hajmiga nisbati shaklida aniqlanadi;
C) haqiqiy umumishlab chiqarish xarajatlarining rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
D) rejalashtirilgan umumishlab chiqarish xarajatlarining, haqiqiy ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
E) rejalashtirilgan umumishlab chiqarish xarajatlarining, rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmining nisbati.
154. Korxona bo’lajak davrga umumishlab chiqarish xarajatlarini – 2 000 000 000 so’mda rejalashtirgan. Rejalashtirilgan to’g’ri mehnat unumdorligi xarajatlari – 200 000 kishi-soat. Davr oxirida umumishlab chiqarish xarajatlari mablag’i – 2 700 000 000 so’m bo’lgan. Haqiqiy mehnat unumdorligi xarajatlari – 210 000 kishi-soatni tashkil qilgan. Shu holatda umumishlab chiqarish xarajatlari ko’p yoki kam hisobdan chiqarilganligini toping.
A) 128 570 000 so’m ko’p;
B) 128 570 000 so’m kam;
C) 100 000 000 so’m ko’p;
D) 100 000 000 so’m kam;
E) 120 000 000 so’m kam.
155. Korxona hisobot davrida 5 000 dona mahsulot ishlab chiqqan, tugallanmagan ishlab chiqarish - 600 donani tashkil qilgan. Qo’shilgan xarajatlar 10%ga nihoyasiga etkazilmagan (tugallanmagan), material xarajatlar sarfi 100% nihoyasiga etkazilgan. Davr boshida tugallanmagan ishlab chiqarish bo’lmagan. Xarajat turlari bo’yicha mahsulot birligini toping.
A) material xarajatlar bo’yicha – 5 600 dona;
B) qo’shilgan xarajatlar bo’yicha – 5600 dona, material xarajatlar bo’yicha – 5 600 dona;
C) 5 600 dona qo’shilgan xarajatlar bo’yicha va 5 600 dona material xarajatlar bo’yicha;
D) 5060 dona qo’shilgan xarajatlar bo’yicha va 5 600 dona material xarajatlar bo’yicha;
E) 5060 dona qo’shilgan xarajatlar bo’yicha.
156. Jam’iyat hisobot davrida 3500 dona mahsulot ishlab chiqqan, tugallanmagan ishlab chiqarish - 800 donani tashkil qilgan. Qo’shilgan xarajatlar 25%ga yakunlangan, material xarajatlar 100%ga yakunlangan. Davr boshida tugallanmagan ishlab chiqarish bo’lmagan. Material xarajatlar ish davrida 18 060 000 so’mni tashkil qilgan. Qo’shilgan xarajatlar summasi – 9 250 000 so’m. Tayyor mahsulot tannarxini hisoblab toping.
A) 27 310 000 so’m;
B) 23 450 000 so’m;
C) 9 250 000 so’m;
D) 22 250 000 so’m;
E) to’g’ri javob yo’q.
157. Mahsulotlar tannarxini jarayonli usul bilan kalkulyatsiya qilishda korxona nechta 2010 – “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaraqdan foydalanadi: A) bitta;
B) ikkita;
C) uchta;
D) ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiga bog’liq;
E) har bir ishlab chiqarish jarayoniga bittadan.