Moliyaviy hisobotning xolisligi. Moliyaviy hisobotning ishonchliligini ta’minlash uchun unda keltiriladigan axborot yanglishlardan xoli bo’lishi kerak.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholash tamoyili ularning tannarxi yoki sotib olingan narxi baholashga asos bo’lishini nazarda tutadi. Standartlarda ko’zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baholash sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin.
Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning bir-biriga muvofiqligiushbu davrda mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos bo’lgan xarajatlarni aks ettirishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari o’rtasidagi bevosita bog’liqlikni aniqlash qiyin bo’lsa, xarajatlar taqsimlashning biror-bir tizimiga muvofiq tarzda bir necha hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga ham taalluqlidir.