Xarajatlarning yig’ma hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalash. Alohida turdagi mahsulotlarning haqiqiy tannarxini me’yoriy usuli bilan hisoblash ishlab chiqarish xarajatlarining yig’ma hisobi qaydnomalarida amalga oshiriladi. Ko’rsatilgan qaydnomaning soddalashtirilgan shakli 8.8-jadvalda keltirilgan.
8.8-jadval
Xarajatlar yig’ma hisobi qaydnomasi
(ming so’m)
Xarajatlar moddalari
TICh oy boshida
Joriy oy xarajatlari
Yaroqsiz mahsulot xarajatlari joriy me’yorlar bo’yicha
TICh kamomadi (-), ortiqchasi (Q) joriy me’yorlar bo’yicha
Ishlab chiqarilgan mahsulot xarajatlariga olib borildi
TICh oy oxirida joriy me’yorlar bo’yicha
joriy me’yorlar bo’yicha
o’zgarishlar bo’yicha
joriy me’yorlar bo’yicha
me’yorlardan og’ish bo’yicha
joriy me’yorlar bo’yicha (s.2 + s.4 –s.6 ± s. 7 - s.12)
me’yorlardan og’ish bo’yicha(s.5)
me’yorlardan o’zgarishlar bo’yicha(s.3)
Haqiqiy tannarx (s.8 ± s.9 ± s.10)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Materiallar
10 000
-500
100 000
+1000
700
-
98 300
+1000
-500
98 800
11 000
Ishlab chiqarish ishchilarning mehnat haqi va boshqalar
5 000
-300
50 000
-500
400
-
49 600
-500
-300
48 800
5 000
Jami
20 000
-1000
200 000
+800
2000
193 000
+800
-1000
192 800
25 000
Ushbu qaydnomadagi TICh oy boshida (2-ustun) qoldiqlari o’tgan oy qaydnomasidan ko’chiriladi; me’yorlarlar o’zgarishidan og’ishlar (3 - ustun) - TICh qoldiqlarini qayta hisoblash qaydnomasidan (8.6-jadval). TICh qoldig’i oy oxirida (12-ustun) inventarizatsiya yoki operativ hisob va hisobot oyida joriy amal qiluvchi xarajatlar me’yorlariga muvofiq aniqlanadi.
Yaroqsiz mahsulotga to’g’ri keladigan xarajatlar (6-ustun), yaroqsiz mahsulotga oid hujjatlar va hisobot oyida amadagi me’yorlar bo’yicha hisoblanadi; TIChni inventarizatsiya qilishda aniqlangan kamchiliklar yoki ortiqchasi (7-ustun) ham hisobot oyida amadagi me’yorlardan kelib chiqqan holda baholanadi. Jadvalning boshqa ustunlari bo’yicha ko’rsatkichlarni hisoblash tartibi jadvalda ko’rsatilgan.
Korxona xarajatlarining yig’ma hisobi ko’rsatkichlari asosida butun mahsulot bo’yicha va alohida turlar bo’yicha hisobot kalkulyatsiyasi tuziladi. Kalkulyatsion hisob-kitoblarining shakllari, tuziladigan kalkulyatsiyalar soni asosan korxonaning ishlab chiqarish xususiyatlariga bog’liq.
8.7. Ishlab chiqarish xarajatlari
Odatdagi faoliyatga doir xarajatlar - mahsulot ishlab chiqarish va mahsulot sotish, tovar sotib olish va sotish bilan bog’liq xarajatlardir. Bunday xarajatlar ishlar, xizmatlarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar ham hisoblanadi.
Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi hisobvaraqlar.Korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblangan mahsulot (ish, xizmat)lar, asosiy ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’ida amalga oshiriladi.
Oldindan (ijara, abonent to’lovi va h.k.) yoki keyingi davrlardagi (hisobdor summasining ortiqcha xarajatlari uchun to’lovlar va boshqalar) - korxona xarajatlari mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga ularning to’langan muddatidan qat’i nazar - qaysi davrga taalluqli bo’lsa, o’sha hisobot davrida kiritiladi.
2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’ining debeti bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bevosita bog’liq bo’lgan to’g’ri xarajatlar, shuningdek yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan egri xarajatlar va yaroqsiz mahsulot hisobiga yo’qotishlar aks ettiriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish bilan bevosita bog’liq bo’lgan to’g’ri xarajatlar 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’iga ishlab chiqarish zahiralari, mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’iga 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvarag’ining kreditidan hisobdan chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan egri xarajatlar 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’iga 2510 “Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari” hisobvarag’idan hisobdan chiqariladi.
Yaroqsiz mahsulot hisobiga yo’qotishlar 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’iga 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar” hisobvarag’idan hisobdan chiqariladi.
2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’ining kreditida tugallangan mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarishning haqiqiy tannarx summalari aks ettiriladi. Ushbu summalar 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’idan 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”, 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi” hisobvaraqlarining debetiga hisobdan chiqarilishi mumkin.
2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’i bo’yicha oy oxiridagi qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini ko’rsatadi.
Analitik hisob xarajatlarning turlari va chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari bo’yicha yuritiladi. Xarajatlarning yuzaga kelish joylari va boshqa belgilari bo’yicha guruhlanishi, shuningdek kalkulyatsion hisob alohida hisobvaraqlar tizimida amalga oshiriladi. Ushbu hisobvaraqlarning tarkibi va foydalanish uslubiyatini har bir korxona o’zining ishlab chiqarish faoliyati, tuzilishi, boshqarishni tashkil etish xususiyatlariga qarab belgilaydi. Agar xarajatlarning vujudga kelish joyi va boshqa belgilari bo’yicha guruhlanishi hamda kalkulyatsion hisob alohida hisobvaraqlar tizimida hisobga olinmasa, 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’ining analitik hisobi ham korxonaning alohida bo’linmalari bo’yicha yuritiladi.
Quyida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Bevosita mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)da qatnashadigan asosiy vositalarning eskirishi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
2) Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatishga taalluqli bo’lgan nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
3) To’g’ri material xarajatlari mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatishga hisobdan chiqarildi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
4) Chorvachilik mahsulotini olish uchun hayvonlarni so’yish (hayvonlar qiymati):
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
5) Materiallar qiymatidagi farq tegishli ulushlarda asosiy ishlab chiqarishga hisobdan chiqarildi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar”.
6) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlash uchun asosiy ishlab chiqarish tsexlariga chiqarish:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
7) Yordamchi tsexlarning xarajatlarini asosiy ishlab chiqarishning mahsuloti va xizmatlari tannarxiga kiritish:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
8) Umumishlab chiqarish xarajatlarining asosiy ishlab chiqarish mahsuloti va xizmatlarining tannarxiga kiritilishi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari”.
9) Yaroqsiz mahsulotlar hisobiga yo’qotishlar asosiy ishlab chiqarish mahsuloti va xizmatlarlari tannarxiga kiritildi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”.
10) Ilgari kelgusi davr xarajatlari sifatida aks ettirilgan xarajatlarning tegishli ulushi mahsulot tannarxiga olib borildi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 3100 “Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
11) Kirim qilingan tayyor mahsulotning ombordan tsexlarga qayta ishlash va hokazo uchun qaytarilishi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”.
12) Tovarlar qayta ishlashga berildi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
13) Ishlab chiqarish uchun bevosita tsexlarga kelib tushadigan moddiy qiymatliklar va xizmatlar olindi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
14) Qondirilmagan da’volar summasi asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlarining tannarxiga kiritildi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”.
15) Asosiy ishlab chiqarishdagi sug’urta xarajatlari:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 6510 “Sug’urta bo’yicha to’lovlar”.
16) Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha maqsadli davlat jamg’armalariga ajratmalar:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 6520 “Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar”.
17) Asosiy ishlab chiqarish xodimlariga mehnat haqi hisoblandi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
18) Hisobdor shaxslar tomonidan amalga oshirilgan asosiy ishlab chiqarish xarajatlari:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
K 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
K 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar” yoki
K 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarz”.
19) Asosiy ishlab chiqarish tsexlariga turli korxonalarga ular tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar uchun qarzlar:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
20) Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarining asosiy ishlab chiqarish ehtiyojlarga qilgan xarajatlari:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
K 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
21) Asosiy tsexlarda inventarizatsiya paytida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarishning ortiqchalari kirim qilindi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
22) Materiallarning asosiy ishlab chiqarishdan qaytarilishi; o’zida ishlab chiqarilgan materiallar, shuningdek qaytariladigan chiqindilarning kirim qilinishi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”.
23) Hayvonlarni o’stirish va bo’rdoqiga boqish bo’yicha joriy xarajatlarning hayvonlar tannarxiga (o’sish va ortgan vaznning) kiritilishi; hayvonlar naslining aks ettirilishi:
D 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”.
24) Tugallanmagan mahsulotni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”.
b) qiymatining kamaytirilishi:
D 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”.
25) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar operatsiyalararo omborlarga kirim qilindi (yarim tayyor mahsulot holida):
D 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”.
26) Asosiy ishlab chiqarishda aniqlangan to’g’irlanmaydigan yaroqsiz mahsulotdan yo’qotishlar hisobdan chiqarildi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”.
27) Mahsulotni haqiqiy tannarx bo’yicha ishlab chiqarish:
D 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”.
28) Asosiy tsexlarda bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatlarning sotilishi; tugallangan va buyurtmachi tomonidan qabul qilingan ishlarning bosqichlari bo’yicha xarajatlar summasining hisobdan chiqarilishi:
D 9130 “Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”.
29) Boshqa chiqib ketgan (tekinga berish va boshqalar) mahsulot tannarxining hisobdan chiqarilishi:
D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”.
30) Tabiiy ofatlar, yong’in va shu kabilar natijasida tugallanmagan ishlab chiqarishdagi yo’qotishlar hisobdan chiqarildi:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”.
31) Asosiy ishlab chiqarishda aniqlangan moddiy qiymatliklarning kamomadi:
D 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”.
O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar.O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning alohida hisobini olib boradigan korxonalarda ularning mavjudligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” hisobvarag’ida amalga oshiriladi.
Ushbu hisobvaraqda korxonaning o’zida ishlab chiqarilgan (ishlab chiqarishning to’liq tsiklida) yarim tayyor mahsulotlardan: qora metallurgiyada qayta ishlanuvchi cho’yan; texnik rezina sanoatida xom rezina va elim; kimyo sanoatining azotli o’g’it kombinatlaridagi sulfat kislota; to’qimachilik sanoatida yigirilgan ip, xom surp va hokazo aks ettirilishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan qiymatliklar boshqa korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida, ya’ni 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" hisobvarag’ida aks ettiriladi.
2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” hisobvarag’ining debetida 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”hisobvarag’i bilan bog’langan holda yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar aks ettiriladi. 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” hisobvarag’ining kreditida 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’i bilan bog’langan holda qayta ishlashga berilgan va 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” hisobvarag’i bilan bog’langan holda boshqa korxonalarga sotilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi aks ettiriladi.
2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob yarim tayyor mahsulotlarning saqlanish joylari va alohida nomlari (turlari, navlari, miqdorlari va shu kabilar) bo’yicha yuritiladi.
Quyida o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar omborga kirim qilindi:
D 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
2) Inventarizatsiya natijasida yarim tayyor mahsulotlarning ortiqcha qismi kirim qilindi:
D 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
3) Ajratilgan bo’linmalardan olingan yarim tayyor mahsulotlar kirim qilindi:
D 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
4) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi:
D 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”
K 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”.
b) qiymatining kamaytirilishi:
D 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
5) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar asosiy va yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun berildi:
D 2010 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 2110 «O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar».
6) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni tuzatishga sarflanishi; yarim tayyor mahsulotlarning yaroqsizligi tufayli yo’qotishlarning aks ettirilishi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
7) Sotish uchun mo’ljallangan o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning tayyor mahsulot sifatida aks ettirilishi:
D 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
8) O’zida ishlab chiqarilib sotilgan yarim tayyor mahsulotlar tannarxini hisobdan chiqarish:
D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
9) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning boshqa korxonalarga tekinga berilishi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
10) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning ajratilgan bo’linmalarga berilishi:
D 4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
11) Tabiiy ofatlar natijasida o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar bo’yicha ko’rilgan zararlarni hisobdan chiqarish:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
12) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar kamomadi aniqlandi:
D 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.